39
β - koeffitsient investitsiya bozoridagi umumiy holatning har bir qimmatli
qog’ozlarga bo’lgan ta’sirini quyidagi mezonlar asosida aniqlab beradi: β =1 -
o’rtacha risk darajasi; β >1 - yuqori risk darajasi; β <1 - past risk darajasi.
Har bir real investitsiya loyihasini amalga oshirish aniq bir risklar bilan
bog’liq bo’lganligi sababli, investor “risk uchun mukofot”ni talab qiladi va shu
bois kapitalning “bahosi” (diskont normasi) risksiz investitsiyalarga qaraganda
yuqori bo’ladi.
Risk uchun mukofot investor tomonidan talab qilinadigan qo’shimcha
daromad hisoblanib, u risksiz investitsiyalardan keladigan daromadlardan
yuqoriroqdir. Bu qo’shimcha daromad investitsiya loyihalarining risklilik
darajasiga to’g’ri proportsional ravishda o’zgarishi lozim. Bunda shunga alohida
etibor qaratish kerakki, risk uchun mukofot loyihaning umumiy risklilik
darajasiga qarab emas, balki loyihaning tizimli riskka nisbatan proportsional
ravishda o’zgarishi lozim. Tizimli risklar β –koeffitsient yordamida
aniqlanishini hisobga olgan holda risk uchun mukofotning risk darajasiga
bog’liqligini ifodalovchi rasmni quyidagicha tasvirlaymiz (11-rasm).
1>
Dostları ilə paylaş: