Bajardi: 21ppp09-gurux talabalari; Abdug'aniyva, Sultonova Z,Abdurashidov A,Abdimaniyeva G



Yüklə 20,04 Mb.
tarix21.12.2023
ölçüsü20,04 Mb.
#188396
2gurux ekologiya


Inson ekalogiyasi. Zamonaviy ekologik muammolar.
Bajardi: 21PPP09-gurux talabalari; Abdug'aniyva, Sultonova Z,Abdurashidov A,Abdimaniyeva G
DAI MING CI
Reja:
01
02
03
04
Ekologiya to’g’risida tushuncha.
Inson ekalogiyasi
Ekologik muammolar
“Ekologiya” so’zi yunoncha bo’lib, “oykos” –uy va “logos” fan degan ma’nolarni anglatadi.Bu fan tabiiy uyda yashayotgan va shu uyda hayot uchun kerakli funksional jarayonlarni o’tayotgan hamma tirik organizmlarni o’rganadi.Shuning uchun ham ekologiya organizmlarni “o’z uyida” o’rganadigan fan deb nomlanadi.
“Ekologiya” atamasi buyuk nemis darvinisti Ernest Gekkel tomonidan 1866-1869 yillari birinchi bor fanga kiritildi.
Bugungi kunga kelib ekologiya sof biologik fanlar tizimidan chiqib, mazmuni kengayib bormoqda. Atrof-muhitga zamonaviy fan va texnika taraqqiyotining ta’siri natijasida ekologiya tushunchasi o’ta kengayib ketdi. Fanga “inson ekologiya”si degan atama ham kirib keldi. Insonni tashqi muhitga munosabati boshqa tirik organizmlardan tubdan farq qiladi.
Bugungi kunga kelib ekologiya sof biologik fanlar tizimidan chiqib, mazmuni kengayib bormoqda. Atrof-muhitga zamonaviy fan va texnika taraqqiyotining ta’siri natijasida ekologiya tushunchasi o’ta kengayib ketdi. Fanga “inson ekologiya”si degan atama ham kirib keldi. Insonni tashqi muhitga munosabati boshqa tirik organizmlardan tubdan farq qiladi.
Inson ekologiyasi – antropoekologik sistemalarning kelib chiqishini, yashash sharoitini, rivojlanishini hamda atrof – muhit bilan bo’lgan munosabatini o’rganadigan bo’lim hisoblanadi. Antropoekologik sistema bu – muhit bilan dinamik munosabatda bo’lgan va shu muhitdan o’z ehtiyojlarini qondirib kelgan ongli jamoa tizimidir.
Inson hayotning har bir jabhalarida ongli ravishda rivojlanib kelayotgan ekan, uning tashqi muhitga bo'lgan munosabati bilan bog'liq holda kechadi. Antropoekologik sistema odam paydo bo'lgandan boshlab, hozirgi kungacha o'z dinamik muvozanatini ko'rsatib kelmoqda. Bu tabiiy muhit bilan inson o'rtasida 2 xil ta'sir yuzaga keladi: 1. Muhit ta'sirida biologik va ijtimoiy munosabat o'zgaradi; 2. Inson ehtiyojilarini qondirish uchun muhitning o'zi ham o'zgarib boradi.
Inson ekologiyasi fani nima uchun kerak va u nimalarni bajarmog'i lozim? Bu savolga uning vazifalari javob beradi:
- Yashash muhitini idora qilishning usullarini ishlab chiqish.
- Tabiat zahiralaridan oqila foydalanish chora - tadbirlarini ishlab chiqish.
- Insonlarning yashash muhitlarini optimizatsiyalash choralarini o'rganish.
- Insonlarning yashash muhitiga ekologik adaptatsiyani o'rganish
Inson ekologiyasida ilmiy - texnikaviy revolyutsiya ham yotadi. Bu insoniyat tarixining faqat 1%iga teng, qolgan 99%ini asosan iqlim, alimentar omillar, biologik omillar, geokimyoviy jarayonlar tashkil etadi. Bu inson ekologiyasining differensiatsiyasiga, ya'ni adaptiv tipga olib keladi.
Adaptiv tip - "adaptatio" ma'nosidan kelib chiqqan bo'lib, insonni ma'lum bir muhitga morfologik, immunologik, geografik, biokimyoviy jihatdan eng yaxshi moslashgan reaksiya normasidir. Buning negizida o'zgaruvchanlik yotadi. O'zgaruvchanlik tashqi muhitga moslashib embrion davridan boshlab yashayotgan muhitiga moslashish demakdir. Adaptiv tipga quyidagilar kiradi:
Arktik adabtiv tipi - sovuq iqlim, asosan oziq - ovqat mahsulotlaridan hayvon mahsulotlari ko'pligi sharoitida moshlashgan.
Tropik adaptiv tipi - jazirama va nam iqlim, ovqat ratsionida esa hayvon mahsulotlari kam uchraydi. Bu tipdagi xususiyatlarga quyidagilar kiradi: somatik ko'rsatkichlar turlicha bo'lishi, muskul massasining kamligi, oyoq - qo'llarning uzunligi, kuchli ter ajralishi, asosiy va yog' almashinuvining sustligi va qonda xolesterin miqdorining kamligi kabilardir.
Enter title
Click here to add content of the text,and briefly explain your point of view
Cho'l - sahro adaptiv tipi - quyosh radiatsiyasi o'ta kuchli, quruq, jazirama, kontinental iqlim sharoitlarida shakllanadi. Xususiyatlariga issiqlikning uzatilishi yuqoriligi, suv ko'p iste'mol qilinishi, ter bezlarining yaxshi rivojlanganligi kabilar kiradi.
Tog' adaptiv tipi - atmosfera bosimi past, kislorodning parsial bosimi kam, sovuq, gipoksiyaning mavjudligi, ovqat ratsionining nisbatan bir xilligi kuzatiladi. Bu tipning o'ziga xos xususiyatlariga esa eritrotsitlarning soni, gemoglobin miqdorining yuqoriligi, qonda kislorod sig'imi yuqori bo'lishi, gaz almashinuvi esa yengil kechishi kabilar kiradi.
Tabiiy muhitda inson ekologiyasi bilan birgalikda o'simliklar, hayvonlar hamda sun'iy ekologiya mavjuddir. Ularni esa ekosistema birlashtirib turadi. Ekosistemaning tarkibida faqatgina jonli mavjudotlar tashkil etibgina qolmasdan, jonsiz tabiatning ham barcha qirralari tarkib topgan. "Ekosistema" tushunchasini birinchi bo'lib angliyalik biolog olim A.Tensli 1935 - yilda fanga kiritdi va yunoncha "oykos" - yashash joyi, sistema - uyushma degan ma'noni anglatadi. Ekosistema bu Yer yuzining asosiy tabiiy birliklari demakdir. Ekosistemani biz mavzudan chetlashmagan holda, antropoekosistemaga to'xtalamiz.
Antropoekosistema insonlar jamoasidan tashkil topgan bo'lib, 2ta turga bo'linadi:
- Agroekosistema (yunoncha "agros" - dala) - turlar tarkibi cheklangan bo'lib, o'simlik va hayvon turlarining xilma - xilligi bilan shahar ekologiyasidan ancha farq qiladi. Bu ekosistemada o'simliklarning turlichaligi yerning kengligi hamda almashlab ekishning mavjudligi odam organizmining fiziologik o'zgarishlariga mehnat unumdorligini, og'irligini va qancha energiya sarflangaligini belgilab beradi.
Hayvon turlarining xilma - xilligi esa zararli tomonini olib qaraganda, infeksion va surunkali kasalliklarning tarqalishiga zamin yaratadi. Bularga misol qilib, tibbiyot nuqtai nazaridan antropozoonozlar (exinokokkoz, trixinelloz), geogelmintozlar (askaridoz, ankilostomoz), biogelmintozlar (shistosamoz)ni aytishimiz mumkin. Ularning morfologiyasini, profilaktikasini hamda davolash uslublarini o'rganib chiqish inson organizmiga foydali tomondan qaragan bo'lamiz.
Ubanoekosistema (lotincha "urts" - shahar) - inson tomonidan sun'iy yaratilgan va boshqariladigan ekosistema hisoblanadi. Bu ekosistema tabiiy va sun'iy komponentlaróan tashkil topgan bo'lib, tabiiy komponent^ (yoгug'lik, suv, havo, tupгoq, zambuгug'laг, mikгooгganizmlaг, hayvonlaг, o'simliklai) nisbatan kamroq, asosan sun'iy komponent^ (sanoat koгxonalaгi, aгxitektuгa quгilish obyektlari, dam olish va yashash joylari) ko'pгoq uchraydi.
STEP 01
STEP 03
STEP 04
Sun'iy komponentlaг tabiiy komponentlarning ishlanmasidan tashkil topib, inson tomonidan yaratilgan komponentlardir. Inson tomonidan yaratilgan ikkinchi komponent ko'pgina yirik shahañaráa abiotik va biotik qismla^a sezilaгli daгajada ta'siг ko'гsatib kelmoqda. Jumladan, shaharlarda sanoat korxonalari hamda avtotransport tizimlarining gaz bilan to'lishi, ko'pgina hayvon va o'simliklaT tunning kamayishiga, kartonat angidiгid va is gazining ortishi ularning zaharlanishiga va yana bir qancha tuproq unumdorligining pasayishi, ta^ibining sho'rianishi, suvda chiqindilaming oгtib boгishiga olib kelmoqda.
Jumladan, shaharlarda sanoat korxonalari hamda avtotransport tizimlarining gaz bilan to'lishi, ko'pgina hayvon va o'simliklaT tunning kamayishiga, kartonat angidiгid va is gazining ortishi ularning zaharlanishiga va yana bir qancha tuproq unumdorligining pasayishi, ta^ibining sho'rianishi, suvda chiqindilaming oгtib boгishiga olib kelmoqda. Shahar tarmoqlariga antennalaг va aloqa vositalarining o'matilishi shovqinning ko'payishiga, inson asab tizimining faoliyatiga va yovvoyi hayvonlami cho'chitib yuboгilishiga sabab bo'lmoqda, bu agraeksistemadan 1,5 - 2 baravar yuqori ko'reatkichga ega.
O'simlik va sut mahsulotlarining nisbatan kam iste'mol qilinishi, tug'ilish ko'reatkichi ancha pastligi bilan odamga zararii oqibatlami olib keladi. Buni oldini olish maqsadida texnologik nazariyadan kelib chiqqan holda, quyosh batareyalari va energiyani nisbatan kamroq sarflaydigan yoritish uskunalaridan foydalanilmoqda. Sanoat korconalarida ishlab chiqarishni oqilona yo'llarini ishga tushirishga harakat qilishmoqda.
Tabiatda biotik va abiotik qismlar umumiy bitta biologik tizimni tashkil etadi. Biologik tizim o'z - o'zini hosil qilish hamda o'zining dinamik muvozanatini teskari aloqa signallariga muvofiqlashtirishdan iboгat.
O'z - o'zini hosil qilish deganda, biologik, kimyoviy hamda fizik ichki va tashqi ta'siriaT natijasida vujudga kelgan Ыг yangi organizmni tushunishimiz mumkin. Biotik qismlarga yuqorida sanab o'tganimizdek, tirik oгganizmlaг kiгadi. Abiotikka esa o'sha tiгik oгganizmlaгning hayot faoliyatini qondiruvchi tuproq, suv, havo, quyosh va boshqalar kiradi. Bu ikkalasi insonning foydasi uchun, dinamikasi uchun zarur bo'lgan omillar hisoblanadi. Biotik omillaming o'zi yana ikkiga bo'linib, geteгotгof va avtotгoflaгdan tashkil topadi.
Bundan roppa-rosa 10 yildan soʻng dunyo manzarasi qanday boʻlishi haqida hech oʻylab koʻrganmisiz? Insoniyatning hayot kechirish tarzi qay tarzda oʻzgarishi mumkinligi haqida-chi? Hozirgi anʼanalarimiz qay darajada oʻzgarishi mumkin deb hisoblaysiz? Shunisi maʼlumki, yer sharining ekologik vaziyati oʻtgan asrga nisbatan misli koʻrilmagan darajada oʻzgarishga ulgirishi bilan bir qatorda avlodlarning chinakamiga qargʻishiga sabab boʻluvchi muammolarni ham vujudga keltirdi
Masalaga huquqiy jihatdan yondashadigan boʻlsak, ekologik qonun talablari buzilganda amaldagi qonunlarimizga muvofiq ekologik-huquqiy javobgarlikning quyidagi javobgarlik turlarini keltirib oʻtish oʻrinlidir:
Intizomiy javobgarlik
Maʼmuriy javobgarlik
Fuqarolik javobgarlik
Jinoiy-huquqiy javobgarlik
Global ekologik oʻzgarishlarning salbiy oqibatlari nimalarda aks etadi? Muammolarning ildizi qayerda?
Global ekologik oʻzgarishlarning salbiy oqibatlari nimalarda aks etadi? Mamlakatlarning iqtisodiy va siyosiy hukmronlikka intilib, ulkan obroʻ qozonish maqsadida mamlakat ishlab chiqarishiga alohida urgʻu berib kelayotganligi global ekologik inqirozni keltirib chiqarmayaptimikan? Yoki bu muammolarga biz insonlarning yashash tarzimiz sabab boʻla oladimi?
Oʻtgan asrga nisbatan insoniyat yashash tarzi shunchalik darajada oʻzgardiki, insoniyat sivilizatsiyasida hali mutlaqo kuzatilmagan global isish, dengiz va yer ekotizimlarining misli koʻrilmagan darajada kamayib borishiyu, yer yuzining turli mintaqalarida qurgʻoqchilik, suv toshqinlari kabi bir qator salbiy holatlar ham yuz berayotganligi barchamizga birdek ayondir. Bir soʻz bilan aytganda insonning tabiatga aralashuvi aqlga sigʻmaydigan darajaga yetishga ulgurdi.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 4-boʻlimi “Ekologiya sohasidagi jinoyatlar” deb nomlangan boʻlib, yuqoridagi qonunbuzarlik holati uchun 198-moddada jinoiy javobgarlik masalasi nazarda tutilgan: Olovga ehtiyotsizlik bilan munosabatda boʻlish natijasida ekinzor, oʻrmon yoki boshqa dov-daraxtlarga shikast yetkazish yoki ularni nobud qilish koʻp miqdorda zarar yetkazilishi yoki boshqacha ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Ekologik madaniyatni shakllantirishda, ekologik ong va dunyoqarashni shakllantirish va rivojlantirishda muhim oʻrin tutadigan maktab tarbiyasiga, oʻrta va oliy taʼlim muassasalariga eʼtibor qaratilishi lozim. Ekologik bilimlar tashviqoti, aholini ekologik tarbiyalash va ularni oʻqitish boʻyicha ishlar avj oldirilganligiga qaramay, Respublikamiz oliy va oʻrta maxsus bilim yurtlarida atrof muhit muhofazasi, yaʼni ekologiya sohasida boshqa sohalar kabi Davlat noziri singari mutaxassislarni tayyorlash hozirgi kunga qadar yoʻlga qoʻyilmagan. Ushbu soha uchun bu kabi mutaxassislarni tayyorlash hozirgi kun talabidir.
Xulosa qiladigan boʻlsak, taʼkidlash joizki, butun dunyoda ekologik barqarorlikka erishish, yer yuzining hozirgi holatini tubdan oʻzgartirish uchun xalqaro hamkorlik, ekologik qonun talablarini buzganlik uchun javobgarlikning qatʼiy boʻlishi, aholining yuqori darajadagi ekologik ong va madaniyatini oshirishning oʻzigina kifoya qilib qolmasdan, balki barchamizni masʼuliyat hissi bilan yashashga undashga ham chaqiradi. Tabiat inʼom etgan tuhfalarni buzadigan xalq oʻz ildiziga bolta uradi deb Franklin Delano Ruzvelt tomonidan bildirilgan fikrlar barchamizni ogohlikka chorlab qolishi shubhasizdir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1.N.Nishonboyev, J.N.Hamidov "Tibbiy biologiya va genetika" Toshkent 2005 - yil
2. P.S.Sultonov "Ekologiya va atrof - muhitni muhofaza qilish asoslari" Toshkent 2007 - yil
3. T.Raximov, Tilovov "Inson ekologiyasi" Qarshi 2015 - yil
4. Internet sahifalari
Yüklə 20,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin