Bajardi: 690-21 guruh talabasi Olimjonova D. O



Yüklə 116,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix24.12.2023
ölçüsü116,94 Kb.
#192251
1   2   3   4   5   6   7   8
“Elektronika va sxemalar” Olimjonova D.O 690 21 2

inverslaydigan 
(aylana yoki “-” ishora bilan belgilangan) va 
inverslamaydigan
. Agar signal Okning inverslaydigan kirishiga berilsa, u holda 
chiqishdagi signal 180

ga siljigan, ya’ni inverslangan bo‘ladi. Agar signal Okning 


inverslamaydigan kirishga berilsa, u holda chiqishdagi signal kirish signali bilan bir xil 
fazada bo‘ladi.
Okda ikki qutbli (±3 V... ±20 V) kuchlanish manbai qo‘llaniladi. Bu manbalarning 
ikkinchi qutblari, odatda, kirish va chiqish signallari uchun umumiy shina bo‘lib 
hisoblanadi va ko‘p hollarda Okga ulanmaydi.
Oklar o‘z xususiyatlariga ko‘ra ideal kuchaytirgichlarga yaqin. Oklar rivojlanishning 
uch bosqichidan o‘tdilar.
Birinchi bosqichda 
universal 
Oklar ishlab chiqilgan. Birinchi avlod OKlari
n – p – n 
turli tranzistorlar asosida uch kaskadli tuzilma sxemasi bo‘yicha qurilgan bo‘lib, ularda 
yuklama sifatida rezistorlar qo‘llanilgan. Bunday Oklarga K140UD1 va K140UD5 
turdagi kuchaytirgichlar kiradi. Bu Oklarning asosiy kamchiligi uncha katta bo‘lmagan 
kuchaytirish koeffitsienti (
K
U
= 300÷4000) va kichik kirish qarshiligi (
R
KIR
≈ 4 kOm) edi.
Ikkinchi bosqich Oklarida bu kamchiliklar yo‘qotilgan, chunki ular ikki kaskadli 
sxemalardan tuzilgan. Tok bo‘yicha katta kuchaytirish koeffitsientiga ega bo‘lgan 
tarkibiy tranzistorlar qo‘llash va yuklamadagi rezistorlarni dinamik yuklamalarga 
almashtirish yo‘li bilan xarakteristikalarning yaxshilanishiga erishilgan. Barqaror tok 
generatorlari dinamik yuklamalar bo‘lib, ular o‘zgaruvchan tokka nisbatan katta qarshilik 
qiymatini ta’minlaydilar. Ikkinchi avlod ba’zi Oklarida kirish kaskadi 
p – n 
o‘tish bilan 
boshqariladigan 
n
– kanalli Mtlar asosida differensial sxema bo‘yicha bajarilgan. Bu 
holat OK kirish qarshiligini oshirishga imkon berdi. Ikkinchi avlod integral Oklariga K
U
= 45000 bo‘lgan K140UD7 turdagi kuchaytirgich kiradi. Uning kamchiligi – 
tezkorligining chegaralanganligi.
Uchinchi bosqich Oklari bir vaqtning o‘zida yuqori kirish qarshiligi, katta 
kuchaytirish koeffitsienti va yuqori tezkorlikka ega. Bunday Oklarning o‘ziga xosligi 
shundaki, ularda tok bo‘yicha juda katta kuchaytirish koeffitsienti (
β
= 10
3
÷ 10
4
) ga ega 
bo‘lgan tranzistorlar qo‘llanilgan. Uchinchi avlod integral Oklariga K140UD6 turdagi 
kuchaytirgichlar kiradi. To‘rtinchi avlod (maxsus) Oklarining ba’zi parametrlari rekord 
qiymatlarga ega. Ularga, masalan, kuchlanish bo‘yicha juda katta kuchaytirish
koeffitsienti (
K
U
= 10
6
) ga ega bo‘lgan K152UD5 turdagi, chiqish kuchlanishining ortish 


tezligi yuqori (75 V/mksdankatta) bo‘lgan K154UD2 turdagi va kichiki ste’mol toki (0,5 
mAdankam) ga ega bo‘lgan K140UD12 turdagi Oklar kiradi.
OKlarga inersiyasiz rezistiv (chiziqli) teskari aloqali zanjirlarning ulanishi.
(ОК) deb, analog signallar ustidan turli amallarni bajarishga mo‘ljallangan, 
differensial kuchaytirish prinsipiga asoslangan, kuchlanish bo‘yicha katta kuchaytirish 
koeffitsiyentiga ega bo‘lgan (КU=104÷106) integral o‘zgarmas tok kuchaytirgichiga 
aytiladi. Bunday amallarga qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish, bo‘lish, integrallash, 
differensiallash, masshtablash kabi matematik amallar kiradi. Hozirgi kunda OKlar 
analog va raqamli qurilmalarda kuchaytirish, cheklash, ko‘paytirish, chastotani filtrlash, 
generatsiyalash, signallarni barqarorlashda qo‘llanilib kelmoqda.
Buning uchun OKlarga musbat va manfiy teskari aloqa (TA) zanjirlari kiritiladi. TA 
zanjirlari yordamida OKlar yuqorida qayd etilgan amallarni (operatsiyalarni) bajaradilar.
Qurilmalarning nomi ham shundan kelib chiqadi.
OKning elektr sxemalarda keltiriladigan shartli belgisi ko‘rsatilgan bo‘lib, uning 
tarkibidagi ulanish elektrodlari, umumiy shina va tashqi tahrirlovchi elementlar 
ko‘rsatilmaydi. OKlarning standart grafik belgilanishi ko‘rsatilgan. Sxemada kuchlanish 
manbaiga ulanish elektrodlaridan tashqari, kuchaytirgichning talab etilgan logarifmik
ACHX ko‘rinishini shakllantiruvchi chastotani korreksiyalovchi elektrodlar ham 
ko‘rsatilgan.

Yüklə 116,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin