Umumiy ma’lumotlar. Analog integral mikrosxemalarning negiz elementlari.
OK ikkita kirishga ega: inverslaydigan (aylana yoki “-” ishora bilan belgilangan) va
inverslamaydigan. Agar signal OKning inverslaydigan
kirishiga berilsa, u holda
chiqishdagi signal 1800
ga siljigan, ya’ni inverslangan bo‘ladi. Agar signal OKning
inverslamaydigan kirishga berilsa, u holda chiqishdagi signal kirish signali bilan bir xil
fazada bo‘ladi.
OKda ikki qutbli (±3 V... ±20 V) kuchlanish manbai qo‘llaniladi. Bu manbalarning
ikkinchi
qutblari, odatda, kirish va chiqish signallari uchun umumiy shina bo‘lib
hisoblanadi va ko‘p hollarda OKga ulanmaydi.
OKlar o‘z xususiyatlariga ko‘ra ideal kuchaytirgichlarga yaqin. Ideal kuchaytirgich:
cheksiz katta kuchaytirish koeffitsiyentiga; cheksiz
katta kirish qarshiligi; nolga teng
bo‘lgan
chiqish qarshiligiga; inverslaydigan va inverslamaydigan kirishlarga,
bir xil
signal berilganda nolga teng bo‘lgan chiqish kuchlanishiga, cheksiz katta keng o‘tkazish
polosasiga ega.
OKlar rivojlanishning uch bosqichidan o‘tdilar.
Birinchi bosqichda universal OKlar ishlab chiqilgan. Birinchi avlod OKlari n – p – n
turli tranzistorlar asosida uch kaskadli tuzilma sxemasi bo‘yicha qurilgan bo‘lib, ularda
yuklama sifatida rezistorlar qo‘llanilgan. Bunday OKlarga K140UD1 va K140UD5
turdagi kuchaytirgichlar kiradi. Bu OKlarning asosiy kamchiligi uncha katta bo‘lmagan
kuchaytirish koeffitsiyenti (KU = 300÷4000) va kichik kirish qarshiligi (RKIR ≈ 4 kOm)
edi.
Ikkinchi bosqich OKlarida bu kamchiliklar yo‘qotilgan, chunki ular ikki kaskadli
sxemalardan tuzilgan. Tok bo‘yicha katta kuchaytirish koeffitsiyentiga ega bo‘lgan
tarkibiy tranzistorlar qo‘llash va yuklamadagi rezistorlarni
dinamik yuklamalarga
almashtirish yo‘li bilan xarakteristikalarning yaxshilanishiga erishilgan.
Barqaror tok generatorlari dinamik yuklamalar bo‘lib, ular o‘zgaruvchan tokka
nisbatan katta qarshilik qiymatini ta’minlaydilar.
Ikkinchi avlod ba’zi OKlarida kirish kaskadi p – n o‘tish bilan boshqariladigan n –
kanalli MTlar asosida differensial sxema bo‘yicha bajarilgan.
Bu holat OK kirish
qarshiligini oshirishga imkon berdi. Ikkinchi avlod integral OKlariga КU = 45000 bo‘lgan
K140UD7 turdagi kuchaytirgich kiradi. Uning kamchiligi – tezkorligining
chegaralanganligi.
Uchinchi bosqich OKlari bir vaqtning o‘zida
yuqori kirish qarshiligi, katta
kuchaytirish koeffitsiyenti va yuqori tezkorlikka ega. Bunday OKlarning o‘ziga xosligi
shundaki, ularda tok bo‘yicha juda katta kuchaytirish koeffitsiyenti (β = 103 ÷ 104) ga
ega bo‘lgan tranzistorlar qo‘llanilgan. Uchinchi avlod integral OKlariga K140UD6
turdagi kuchaytirgichlar kiradi. To‘rtinchi avlod (maxsus) OKlarining ba’zi parametrlari
rekord qiymatlarga ega. Ularga, masalan, kuchlanish bo‘yicha
juda katta kuchaytirish
koeffitsiyenti (КU = 106) ga ega bo‘lgan K152UD5 turdagi, chiqish kuchlanishining
ortish tezligi yuqori (75 В/mks dan katta) bo‘lgan K154UD2 turdagi va kichik iste’mol
toki (0,5 mA dan kam) ga ega bo‘lgan K140UD12 turdagi OKlar kiradi.
Xulasa:
Kuchaytirgichning nochiziqli siljish koeffitsienti, Foydali ish koeffitsienti, Shovqin kuchlanishi va shu kabi
boshqa parameter va xarakteristikalari bu kurs loyihasida ishlanmadi. Buning boisi, texnik masalada bunday
shartlar qo’yilmagan. Bu mustaqil ishni loyihasini tayyorlash davrida analogli elektronika bo’yicha bilimlarni
chuqurroq o’rgandim. Yana ham aniqroq aytadigan bo’lsam, Past Chastotali Kuchaytirgich haqida ko’p kerakli
ma’lumotlarga ega bo’ldim. Worpench dasturi yordamida elektr zanjirlarini modellashtirish va uni ishlatish kabi
bilimlarni va ko’nikmalarni o’zimga qabul qildim.
Dostları ilə paylaş: