Darslikni yaratishda Oʻzbekiston radiotexnika, elektronika va aloqa ilmiy-texnika jamiyati raisi oʻrinbosari,
texnika fanlari doktori, professor Muhitdinov Muhsin Moʻminovich, hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi
ixtisoslashtirilgan maktab oʻqituvchilari Norqobilov Farhod, Qutlimurodov Bekmurod, Mirgʻiyozov Mirjambil
va Fayziyev Ibrohimlar ish olib borishmoqda.
Elektron darslikning asosiy maqsadi oʻquvchilarning fizika faniga boʻlgan qiziqishini oshirish va oʻqitish
samaradorligini oshirishga qaratilgan. Shuni taʼkidlash kerakki, yangi elektron darslik oʻquvchilarning bilim
olishlari uchun qoʻshimcha manba sifatida xizmat qiladi.
Yangi loyiha odatiy oʻquv darslariga qatnasha olmaydigan nogironligi bor oʻquvchilar uchun uy sharoitida
fizika fanini mustaqil oʻrganish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, mamlakatimizning chekka hududlarida
ham fizika fanini samarali oʻqitish imkoniyati yaratiladi.
Elektron darslik oʻquvchilarga maktab darsligida berilishi imkoni boʻlmagan maʼlumotlarni yetkazish
mumkin. Abituriyentlar darslikdan oliy taʼlim muassasalarining kirish imtihoniga tayyorgarlik koʻrishlari uchun
yordam beradi. Darslik elektron boʻlgani uchun uni muntazam yangilab va toʻldirib borish imkoniyati mavjud.
Fizika boʻyicha elektron darslik maʼruza matni, video darslar, taqdimotlar, topshiriqlar, laboratoriya ishlari
va testlardan iborat.
Maʼruza matnlari qoʻshimcha maʼlumotlar, mavzuga oid rasmlar va animatsiyalar bilan boyitilgan.
Oʻquvchilar topshiriqlar, test va laboratoriya ishlari yordamida nazariy bilimlarini mustahkamlaydilar.
Elektron darslikdagi har bir mavzuni tushuntiruvchi video darslar, koʻp yillik bilim va tajribaga ega boʻlgan
oʻqituvchilar tomonidan zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida oʻtilgan. Video darslarda alohida
zamonaviy texnologiya va laboratoriya jihozlaridan foydalanilgan.
Dostları ilə paylaş: