Bajardi: Kamolob B. B tekshirdi: Yusupov I. X toshkеnt 2023 1-vazifa



Yüklə 481,11 Kb.
səhifə2/3
tarix05.06.2023
ölçüsü481,11 Kb.
#125510
1   2   3
Mashinali o\'qitish

.insert() metodi
Ro'yxatning istalgan joyiga yangi element qo'shish uchun .insert() metodidan foydalanamiz. .insert() metodi ichida yangi elementning indeksi va qiymati beriladi:
cars = ['Lacetti', 'Nexia 3', 'Cobalt']
cars.insert(0, 'Malibu') # 1-o'ringa yangi qiymat qo'shamiz
print(cars)
Natija: ['Malibu', 'Lacetti', 'Nexia 3', 'Cobalt']
cars.insert(2, 'Damas') # 3-o'ringa yangi qiymat qo'shamiz
print(cars)
Natija: ['Malibu', 'Lacetti', 'Damas', 'Nexia 3', 'Cobalt']
Elementni o'chirish
Ro'yxatdan biror elementni olib tashlash uchun uning indeksini yoki qiymatini bilishimiz lozim.
Inedks yordamida olib tashlash uchun del operatoridan foydalanamiz:
mevalar = ['olma', 'anjir', 'shaftoli', "o'rik", 'anor']
del mevalar[1] # 2-element (anjir) ni o'chirib tashlaymiz
print(mevalar)
Natija: ['olma', 'shaftoli', "o'rik", 'anor']
Element qiymati bo'yichi o'chirish uchun esa .remove(qiymat) metodidan foydalanamiz. Buning uchun qavs ichida o'chirib tashlash kerak bo'lgan qiymatni yozamiz
mevalar = ['olma', 'anjir', 'shaftoli', "o'rik", 'anor']
mevalar.remove('shaftoli') # Ro'yxatdan shaftolini o'chirdik
print(mevalar)
Natija: ['olma', 'anjir', "o'rik", 'anor']
.remove(qiymat) metodi ro'yxatda uchragan birinchi mos keluvchi qiymatni o'chiradi. Agar ro'yxatning ichida 2 va undan ko'p bir hil qiymatli elementlar bo'lsa, ulardan eng birinchisi o'chadi.
hayvonlar = ['it', 'mushuk', 'sigir', 'qo\'y', 'quyon', 'mushuk']
hayvonlar.remove("mushuk") # Ro'yxatda 2 ta mushuk bor, ulardan birinchisi o'chadi
print(hayvonlar)
Natija: ['it', 'sigir', "qo'y", 'quyon', 'mushuk']


3-Vazifa
For operatori qanday ishlashini to‘liq o‘rganish. For operatori va input funksiyasini jamlab ro‘xat tuzish. Ixtiyoriy ro‘yxat tuzilsin.

FOR BILAN TANISHAMIZ
Dasturlash davomida kodimizning biror qismini bir necha marta takrorlash talab etilishi mumkin. Misol uchun, ro'yxat ichidagi har bir elementni alohida qatordan konsolga chiqarish, yoki bo'lmasa har bir elementni kvdartaga oshirish va hokazo.
Mana shunday vaziyatlarda bizga for operatori yordam beradi. Dasturlashda bu tsikl (loop) deb ataladi.
Keling quyidagi misolni ko'ramiz. Bizda mehmonlar ro'yxati bor, biz har bir mehmonning ismini yangi qatordan chiqarmoqchimiz. Buning uchun quyidagi kodni yozamiz:

Keling, kodni tahlil qilaylik.

  • 1-qatorda biz mehmonlar degan ro'yxat yaratdik va uni mehmonlarning ismi bilan to'ldirdik.

  • 2-qatorda for tsiklini bohladik. Bu qator Pythonga mehmonlar degan ro'yxatdan har bir elementini olib uni yangi, mehmon degan o'zgaruvchiga yuklashni buyuryapti (o'zgaruvchiga istalgan nom berishingiz mumkin. Biz tushunarli bo'lishi uchun mehmon deb atadik)

  • 3-qatorda biz mehmon degan o'zgaruvchining qiymatini konsolga chiqardik. Bu tsikl to mehmonlar ro'yxatida elementlar tugagunga qadar takrorlanadi.

"For" so'zi ingliz tilidan "uchun" deb tarjima qilinadi.
Yuqoridagi kodni oddiy tilga tarjima qilsak "Mehmonlar ro'yxatidagi har bir mehmon uchun uning ismini konsolga chiqar" degan ma'noni beradi.



Yüklə 481,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin