OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI FIZIKA VA TEXNOLOGIK TA’LIM FAKULTETI 123-21 GURUH TALABASI MIRZAQULOV LAZIZBEKNING FIZIKA VA ASTRONOMIYA TARIXI FANIDAN TAYYORLAGAN
REFERATI
BAJARDI MIRZAQULOV L QABUL QILDI ESHTUXTAROVA O Qo’y qirilgan qal’a astronomik rasadxonasi Reja: 1.Qo’y qirilgan qal’a tarixi
2.Qo’y qirilgan qal’a astronomiyasi
Ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan va bugungi kungacha saqlanib qolgan xar bir buyum o‘tmish to‘g‘risida guvohlik beradi. Yurtboshimiz ta’kidlab o‘tganidek, «Bu ko‘hna tuproqda milodgacha bo‘lgan davrda va undan keyin qurilgan murakkab suv inshootlari, hali-xanuz o‘zining ko‘rk-u tarovatini saqlab kelayotgan osori atiqalarimiz qadim-qadimdan o‘lkamizda dehqonchilik va hunarmandchilik madaniyati, me’morlik va shaharsozlik san’ati yuksak darajada rivojlanganidan dalolat beradi».1 O‘tmish tarixni xolisona o‘rganish kelajak zamini mustahkam bo‘lishini ta’minlaydi. Qadimgi Xorazm hududidagi noyob obidalardan biri Qo‘yqirilgan qal’a bo‘lib, u bugungi Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l shahridan 22 km shimoli- sharqda joylashgan. Qo‘yqirilgan qal’a miloddan avvalgi IV- milodiy III asrlarga oid. Bu yodgorlikni dastlab S. P. Tolstov boshchiligidagi Xorazm arxeologik- etnografik ekspeditsiyasi a’zolari tomonidan 1938 yilda topilgan va arxeologik tadqiqotlar ishlari 1951-1957 yillar mobaynida olib borilgan. Qurilish uslubi jihatdan Qo‘yqirilgan qal’a alohida ajralib turadi. Qo‘yqirilgan qal’a tashqi devori ortida qal’ani aylana bo‘ylab to‘liq o‘rab olgan, eni 15 m, chuqurligi 3 m suv bilan to‘ldirilgan xandaq bo‘lgan.2 Qadimgi Xorazm harbiy istehkomlari va qal’alari devorining mudofaa xususiyatini kuchaytirish uchun proteyxizma (qo‘shimcha devor) ko‘tarilib, u eski devorni o‘rab olgan. Tashqi mudofaa devorda xar 20 metrdan burjlar joylashgan. Bu burjlar ichkariga ham, tashqariga ham devor chizig‘idan turtib chiqmagan. Bu antik Xorazm arxitekturasida juda noyob hisoblanib, xozircha uning o‘xshashi topilmagan. Mil. avv. IV – II asrlarda va undan keyingi davrda qal’a devorlarida shinaklar bilan birga yorug‘lik tushishi uchun tuynuklar ham bo‘lgan. Bulardan tashqari, qo‘shimcha tarzda yoritish maqsadida ajabtovur tuynuklardan – toqlardan foydalanilgan. Qal’aning sharqiy qismida darvozasi bo‘lib, darvoza oldi labirint (pandus- nishab yo‘lka) shaklida qurilgan.3 Qal’a aylana shaklda qurilgan. Markaziy qismida ark joylashgan. Shuning uchun Qo’yqirilgan qal’a arkining atrofi 2 qator mudofaa devori bilan o’ralgan. Bu devor qalinligi 1 metr, balandligi 7 metr bo’lgan.4 Qal’a devor konstruksiyasiga kiruvchi har ikkala (tashqi va ichki) devor umumiy platforma – paxsa asos ustiga qurilgan. Bu qal’adan mil. avv. IV – III asrlarga oid doira shaklidagi ikki qavatli markaziy ibodatxona binosi (diametri 44.4 m, balandligi 9.5 m ga yaqin) qazib o’rganilgan.5 Shuningdek, u rasadxona sifatida ham foydalanilgan. Asosiy kuzatishlar quyosh va yulduzlarga qaratilgan. Yil bo’yi quyosh botishini o’rganish orqali ular bahorgi tengkunlik, yozgi quyosh turishi, kuzgi tengkunlik va qishki quyosh turishini aniqlaganlar. Bu tengkunlik va quyosh turishlari qishloq ho’jaligi rivojiga katta ta’sir ko’rsatgan. Bu kunlar qishloq ho’jaligi kalendarida belgilangan va qishloq ho’jaligi ishlari shu asosda olib borilgan. Tengkunlik va quyosh turishlari o’rtacha 41-45 kundan so’ng yana qaytarilgan. Bu yerdan oramiy xatiga asoslangan qadimgi Xorazm yozuvi topilgan. U mil. avv. VII-VI asrlarda vujudga kelgan. Oromiy yozuv 22 ta harfdan iborat. Oromiy yozuvidan Parfiya, Baqtriya, So’g‘d, xorazmlik amaldorlar o’zlarining ma’muriy va davlat ishlarini rasmiylashtirishda foydalanganlar. O’rta Osiyo oromiy xatining yeng qadimgi namunasi miloddan avvalgi V-IV asrga oiddir.6 Qo’yqirilgan qal’adan topilgan buyumlar turli davrga oid. Shuning uchun tadqiqotchilar arxeologik topilmalarni buyum toifasi, ishlatilish maqsadi bo’yicha guruhlaganlar va tahlil yetganlar. Bu holatdagi tahlil har xil davrga tegishli, lekin bir joyda topilgan buyumlarni isbotlash yo’lini beradi. Qo’yqirilgan qal’adan qurol –aslahaga oid topilmalar kam topilgan. Ular asosan 3 ta bronza va 4 ta temirdan yasalgan kamon o’qi uchlaridir.7 Tahlillarga ko’ra o’q uchlari miloddan avvalgi VII-VI asr boshlariga oid. Temirdan yasalgan kamon o’qi uchlari sarmatlar mozorlarida ham uchraydi. Bunday o’qlarning O’rta Osiyo va Qozog‘iston hududlarida qachon paydo bo’lganligi aniq yemas. Xorazmning o’zida yesa bunday o’qlar Qo’yqirilgan qal’adan tashqari Tuproq qal’adan ham topilgan (milodiy III asr). Bundan kelib chiqqan holda Qo’yqirilgan qal’adan topilgan kamon o’qi uchi xronologik sanasini miloddan avvalgi I - milodiy IV asr bilan belgilash mumkin. Qo’yqirilgan qal’adan topilgan kamon o’qi uchi yonida kamon uchun suyakdan yasalgan detal topilgan. Tuproq qal’adan kamon o’qi bilan birgalikda topilgan. Bunda bu detal kamonni bezatish uchun ishlatilganligi aniqlangan. Kamonning bezak o’rnatiladigan chuqurchasi ichida tekis bo’lmagan bo’rtma chiziqlari bo’lgan. Bu yesa bezakni kamonga o’rnatganda siqilib zich turishi va tushib qolmasligi uchun xizmat qilgan. Shuningdek, toshdan yasalgan juda kichik hajmdagi idishlardan (miniatyura) bir nechtasi topilgan. Bular asosan, yumshoqroq tosh turlaridan yasalgan bo’lib, quticha ko’rinishida bo’lgan. Qutichaning tashqi tomoni qo’lda berilgan parallel shakldagi chiziqlar bilan bezatilgan. Qo’yqirilgan qal’adan bronzadan yasalgan ko’zgular, munchoqlar, uzuklar, suyakdan yasalgan oshiqlar va turli-tuman ro’zg‘or buyumlari topib o’rganilgan.Ko’zgular asosan bronzadan dumaloq shaklda ishlanib, o’rtasi bo’rttirilgan, yarim doira shaklida chetlari buklangan. Bunday ko’zgular sarmatlar mozorlaridan (mil. avv. IV-II asrlar) ham topilgan. Ular mil. avv. I - milodiy I asrlarda ham keng taqalgan.8 Bunga asoslanib aytish mumkinki, Qo’yqirilgan qal’adan topilgan ushbu ko’zgu miloddan avvalgi IV- II asrlarga tegishli. Yodgorlikdan juda kam miqdorda taqinchoq va bezaklar topilgan. Shuning uchun ham o’sha davrdagi Xorazmliklarning taqinchoqlari va bezaklari haqida ma’lumot berish qiyin. Bu yerdan sariq rangdagi tog‘ billuridan yasalgan osma taqinchoq topib o’rganilgan. Olim G.G. Lemmleyn shunday taqinchoqlarni Qora dengiz, Dnepr va Don qirg‘oqlarida, Kuban dalalarida, G‘arbiy Gruziyada topib, solishtirib, miloddan avvalgi III -milodiy IV asrlarida tarqalganligi haqida ma’lumotlar beradi.9 Munchoqlar asosan agatdan yasalgan, katta, pastki qismi silindrik shaklga yega qora rangda bo’lgan. Bunday munchoqlar Xorazmdagi Jonbos qal’adan ham topilgan, u olim I.V. Ptashnikova tomonidan tahlil yetilib, mil. avv. III - I asrlarga tegishliligini aniqlagan.10 Yodgorlikdan temirdan ishlangan uzuklar ham topilgan. Tuzilishiga ko’ra silliq, ovalsimon, gorizontal holatdagi asosga yega. Qo’yqirilgan qal’adan juda ko’p qo’y suyaklaridan oshiqlar topilgan.
Qoyqirilgan qa`la- tahminan ikki yarim ming yil ilgari bunyod etilgan jahon madaniyatining mashur yodgorliklaridan biri. To`rtkul shahridan 22km shimoliy-sharqida joylashgan bu bebaho xazina qadimgi Grek va Rim madaniyatining durdonalari bilan bir qatorda turadi. Erta zamonlarda qumlar arosida qolib ketgan bu yodgorlikni tabiyatning uzi qadrlab, uni bizning kunlarimizgacha yaxshi saqlanib kelgan. Ikki qavatli qurilishning birinchi qavatining tahminan ikki ming yil vaqt to`liq saqlanishi uning yaqqol dalili bula oladi. .
Qa`la ilmda birinchi marotaba 1938-yili aniqlanib, 1952-1957- yillarda arxeologlar tamonidan tuliq tadqiqot ishlari olib borildi.
Markaziy Osiyoning qadimgi arxitekturaviy madaniyatining cho`qqilarining biri bo`lgan Qoyqirilgan qa`la oldin ola tayyorlangan reja buyicha diyametri 90 metr doira shaklida solingan. Qa`la atrofida ikki qavatli uq otish dahlizi bulib, ikki qator (tashqi va ichki) qurg`on devorlar bilan qursholgan. Uning devorlari buylab sakkiz joyda tupxonalar u`rnatilgan. Qurg`on devorlarni aylantirib eni 15 m, terangligi 3 m or qazilib, u suv bilan tuldirilgan. Qoyqirilgan qa`laning qurilish ishlarida Amudaryoning pastgi buyidagi xalqlar bilan aloqada qo`shni sak-massaget qavmlarinig tasiri kuchli bo`lgan. Tarixning otasi bo`lgan Gerodotning yozishi buyicha “kun” massagetlarning bosh xudosi bo`lgan. Shunday qilib “Xorazm” degan so`zning o`zi qadimgi Iran tilida “Kun vatani” degan ma`noni anglatgan. Demak, plani buyicha kun shaklidagi doira, odam yasashga beyimlashmagan, Qoyqirilgan qa`laning markaziy qurilishi mavzoley- xram. Qa`laning asosiy turg`unlari bo`lgan jrets-astronomlar ularning xizmatkorlari, qa`laga kelgan sayoxatchi- ziyoratchilar qo`rg`on ichida xramni aylantirilib solingan joylarda yashagan. Shuning uchun devorlari qalin pahsa loydan solingan bu joylar yozda salqin, qishda issiq yashishi uchun juda qulay etib solingan. Eramizdan oldingi uchunchi asrga tegishli qa`ladan topilgan yozuvdagi “Asbaraq” yoki “Aspadak” xramning shu vaqtdagi bosh jretsi va astronomi bulishi ehtimol. Qa`la turg`unlari astronomik tadqiqot natiyjasida mahalliy xalq madaniyat, adabiyot, xunarmandchilik, dexqonchilik bilan shug`ullangan. Unga qa`la devorlarida saqlangan sariqjoyshi nomli freska, bilan arfa, lyutnya chaliyotgan sozandalar releflari misol bo`la oladi. Shunday qilib bizning eramizga qadar IV-II asrlarda mavzoley- xram astronomic markaz xizmatini bajargan qoyqirilgan qa`la antik davrning eng ajoyib durdona yodgorligi xisoblanadi. .
“Qoyqirilgan qa`la” so`zining etimologiyasi sodda bo`lib, u XX asrning birinchi yarmida paydo bo`lgan. Professor S.P.Tolstovning aytishicha yodgorlik ichida o`lib qolgan qoyga bog`liq qo`yilgan atama. Shunday voqya Qoyqirilgan qa`laning sharq tarafida, uzoq emas yerda joylashgan ikki yodgorlikda joy olib, ular ilmga “Qo`ziqirilgan qa`la I” va “Qo`ziqirilgan qa`la II” degan atamalar bilan kirgizildi. Bizningcha Qoyqirilgan qa`ladan topilgan yozma ma`lumotlar asosida qa`lani Aspabaraqning qa`lasi deb nomlasak bo`ladi.
Qo'yqirilganqal'a tilsimlari. Qo'yqirilgan qal'a — qadimgi otashparastlar ibodatxonasi bo'lib, To'rtko'l shahridan 22 kilometr shimoli-sharqda joylashgan. Ayrim mutaxassislar tomonidan uning asl tarixiy nomi Xadarkat sifatida keltiriladi.
Qo'yqirilgan qal'a nomini esa fanga arxeolog S.P.Tolstov kiritgan bo'lib, u 1937 yilda Qadimgi Xorazm qal'alarini o'rganish chog'ida hamroxlik qilgan mahalliy aholi vakillariga asoslanib, arxeologik ob'ektni "Qo'yqirilganqal'a" deb nomlagan. Bu borada ellikqal'alik tarixshunos olim Samandar Ismoilov quyidagicha izoh berib o'tgan:
"Qal'aning bunday nomlanishi, aniqrog'i, shu nomda ilmda qayd etilishining sababi: o'tgan asrning o'ttiz yettinchi yilida Amudaryoning o'ng sohilidagi tarixiy obidalarni aniqlash va ularni ro'yxatga olish maqsadida kelgan arxeolog S.P. Tolstov kichik ekspeditsiya — fotograf Y.A.Polyakov va Beruniy tumanidagi “Sakson bir” ovulida istiqomat qiluvchi tuyakash Sansizboy O'rumov bilan birgalikda tuyalarda sahro kezib, mashaqqat chekib, mavjud ko'hna obidalarning barchasini birma-bir suratga olib, ro'yxatga tirkab chiqadi. Shaxsan men arxeolog Sergiy Tolstov rahbarligidagi ekspeditsiya a'zolaridan so'nggi nafasimgacha minnatdorman.
O'sha kezlarda aksariyat qadimiy qal'a va qo'rg'onlarning haqiqiy nomi unut bo'lib, ba'zilari mahalliy aholi tomonidan turlicha nomlanib, ayrimlari butunlay nomsiz edi. Xullas, Bozorqal'a, Qo'yqirilganqal'a, Qizilqal'a, Teshikqal'a, Dumonqal'a, Qavatqal'a, Burgutqal'a kabi o'nlab yodgorliklar yerli kishilar tomonidan qanday atalgan bo'lsa, xuddi shu nomda tarix sahifasidan o'rin olgan. Bundan tashqari, keksa otaxon Sansizboy O'rumov ayrim nomsiz qal'alarni tashqi ko'rinishiga qarab o'zicha nomlab ketavergan. Bu odat mahalliy aholiga xos bo'lib, obidalarni nomlashda uning tashqi ko'rinishiga ko'proq e'tibor berishgan. Masalan, Teshikqal'a — shu kungacha saqlanib qolgan devorlaridan birida kattakon teshik bo'lgani uchun, Burgutqal'a — bir devori qo'nib turgan burgutday qo'nqayib turgani sabab, Qizilqal'a — quyoshning chiqish va botish paytida qal'a devorlarining qizarib ko'rinishi tufayli shunday nomlangan.
Qo'yqirilganqal'aga kelsak, aytishlaricha, qaysi bir zamonda qal'a poyida o'tlab yurgan qo'y suruvi bo'rilarning kutilmagan hamlasidan nobud bo'lgan va Qo'yqirilganqal'a degan nom shundan qolgan ekan", — deya aytib o'tgan Samandar Ismoilov.
Qo'yqirilganqal'a obidasi miloddan avvalgi IV-III asrlarda bunyod etilgan bo'lib, markazida ikki qavatli doira shaklidagi ibodatxona mavjud. Uning atrofi ikki qator paxsa va xom g'ishtdan tiklangan mudofaa devori bilan o'ralgan. Qal'a atrofida eni 15 metr, chuqurligi 3 metrlik xandaq mavjud bo'lgan va suv bilan to'ldirilgan. Qo'yqirilgan qal'a devorida quldorlik davridagi O'rta Osiyo, Yaqin va O'rta Sharq shaharsozlik uslubiga xos bo'rtib chiqib turgan maxsus burjlar bo'lib, ularda o'q otish uchun nishon tuynuklari bor.
Devor bilan markaziy bino oralig'ida xo'jalik inshootlari joylashgan. Ravoqlar uchun trapetsiya shaklidagi maxsus g'isht qo'llanilgan. Qal'aning sharqiy qismida darvozasi bo'lib, darvoza oldi labirint shaklida qurilgan. Qo'yqirilgan qal'a markazidagi ikki qavatli binoga maxsus zinapoyalarda chiqilgan.
Binoning tomi tekis bo'lib, birinchi qavatda alohida-alohida 8 ta gumbazli xonalar mavjud bo'lgan. Ular ichidan sopoldan yasalgan tobutlar, idish-tovoqlar, har-xil rasmlar solingan yog' idish (xum va ko'zacha)lar, naqshinkor suvdonlar topilgan. Topilmalar ichida ma'budlarning terrakota haykalchalari, devorga ishlangan rangli naqshlar, osmon jismlarini kuzatishga mo'ljallangan buyumlar bor. Aynan shu topilmalarga asoslanib, xulosa qilinishicha, Qo'yqirilganqal'a tarixiy obidasi o'z vaqtida ibodatxona bo'lish bilan birgalikda rasadxona vazifasini ham o'tagan.
Qo'yqirilganqal'adan topilgan ostodonlar dafn marosimlaridan, sopol idishlardagi yozuvlar esa qadimgi xorazmliklarning tili va yozuvi haqida qimmatli ma'lumotlar beradi.
Qo’yqirilgan qal’a – qadimgi otashparastlar ibodatxonasi va qishloq xarobasi (miloddan avvalgi 4 — milodiy 4-asr). To’rtko’l shahridan 22 kilometr shimoli-Sharqda. Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi (rahbari S.P.Tolstov) ro’yxatga olgan (1938). 1951-57 yillardagi qazishmalar natijasida qadimgi Xorazmliklarning maqbara-qasri va miloddan avvalgi 4-3-asrlarga oid doira shaklidagi ikki qavatli Markaziy ibodatxona binosi (diametri 44,4 metr, balandligi 9,5 metrga yaqin) qazib o’rganilgan. Ibodatxona atrofi 2 qator paxsa va xom g’ishtdan tiklangan mudofaa devori bilan o’ralgan. Qal’a atrofida xandaq (eni 15 metr, chuqurligi 3 metr) bo’lib, qadimda suv bilan to’ldirilgan. Qo’yqirilgan qal’a devorida O’rta Osiyo, yaqin va O’rta Sharq quldorlik davri shaharlar qurilishi uslubiga xos bo’rtib chiqib turgan maxsus burjlar bo’lib, ularda o’q otish uchun nishon tuynuklari bor. Devor bilan Markaziy bino oralig’ida xo’jalik inshootlari joylashgan. Ravoqlar uchun trapesiya shaklidagi maxsus g’isht qo’llanilgan. Qal’aning Sharqiy qismida darvozasi bo’lib, darvoza oldi labirint shaklida qurilgan. Qo’yqirilgan qal’a markazidagi 2 qavatli binoga maxsus zinapoyalarda chiqilgan. Uyning tomi tekis. 1-qavatda alohida-atohida 8 ta gumbazli xonalar bo’lib, ular ichidan sopoldan yasalgan tobutlar, idish-tovoqlar, har xil rasmlar solingan yog’idish (xum va ko’zacha)lar, naqshinkor suvdonlar topilgan. Topilmalar ichida ma’budlarning terrakota haykalchalari, devorga ishlangan rangli naqshlar, osmon jismlarini kuzatishga mo’ljallangan buyumlar bor. Ostodonlar dafn marosimlaridan, sopoldagi yozuvlar esa qadimgi xorazmliklarning tili va yozuvlari haqida qimmatli ma’lumotlar beradi.
Minglab qal’alar xarobalari Xorazm cho‘llarining bepoyon kengliklarida tarqalgan, biroq O‘lik qo‘chqorlar qal’asi – Qo‘y-Qrillgan-qal’a xarobalari haqiqatdan ham noyobdir. Qal'a 1938 yilda Xorazm ekspeditsiyasi arxeologlari tomonidan tasodifan topilgan. Arxeologlarni, birinchi navbatda, Xorazmda ilgari hech qachon ko'rilmagan qadimiy binoning shakli hayratda qoldirdi: mudofaa devori qoldiqlari bo'lgan qudratli qal'a ular ko'rishga odatlanganidek, na kvadrat, na to'rtburchak bo'lib chiqdi. , lekin dumaloq. Tashqi tomondan, istehkomlar muntazam doira shakliga ega bo'lib, uning markazida minoralar bilan tashqi mudofaa devori bilan o'ralgan qal'a joylashgan edi. Markaziy bino va devor orasidagi bo'shliq - an'anaviy ravishda "halqa" deb nomlangan - butunlay qurilgan. Loy konstruktsiyasi ulkan edi: markaziy binoning diametri 42 m, eng yaxshi saqlanib qolgan qismida balandligi taxminan 8 m, butun strukturaning diametri taxminan 90 m edi.
Qal’a atrofidagi qumtepalar va uning xarobalari ustiga minglab ajoyib kulolchilik parchalari sochilib ketgan. Ulardan, shuningdek, boshqa topilmalardan, xususan, bronza o'q uchlaridan arxeologlar Qadimgi Xorazmning o'sha paytda ma'lum bo'lgan eng qadimiy yodgorliklarini ko'zdan kechirayotganini aniqlash mumkin edi. Eng qadimgi topilmalar 4-3-asrlarga oid. Miloddan avvalgi e.
1950 yilda qal'a xarobalarida qazish ishlarining yangi bosqichi boshlandi. Natijada qal’a o‘z taraqqiyotining ikki bosqichini bosib o‘tganligi ma’lum bo‘ldi. Dastlabki bosqich miloddan avvalgi IV-III asrlarga to'g'ri keladi. Qal'a hayotining ikkinchi davri eramizning birinchi asrlariga to'g'ri keladi. Aniqlanishicha, rivojlanishning dastlabki bosqichlarida qal'aning markaziy qismi yong'in natijasida vayron bo'lgan. Bu tasodifmi yoki qasddanmi, hozirgacha sirligicha qolmoqda.
Qo’y-Qirilgan-qal'a kuchli, mustahkam mustahkamlangan qal'a bo'lib, bir nechta mudofaa devorlari vaqt o'tishi bilan vayron bo'lgan, ularni faqat kichik hududda kuzatish mumkin edi. Xuddi shunday istehkomlar Xorazmning barcha antik va ilk oʻrta asr yodgorliklariga xosdir.
Arxeologlarning izlanishlari asosida “O‘lik qo‘chqorlar qal’asi” qadimiy Xorazm davlatchiligining eng qadimiy yodgorliklaridan biri bo‘lib, qisman qadimiy podshoh yoki malika dafn etilgan joy vazifasini o‘tagan ibodatxona majmuasidir.
Qal'aning aholisi zardushtiylar bo'lib, ular suv va daryo ma'budasi - Anaxita va quyosh xudosi - Siyovushga sig'inardilar. Bu yodgorlikning qiziq tomoni shundaki, markaziy majmua joylashgan. Uning gʻarbiy qismi Anaxita maʼbudasi sharafiga, sharqiy va janubiy qismi esa quyosh xudosi Siyovush sharafiga quyosh chiqishiga qaragan holda oʻrnatilgan boʻlib, xudolar tasviri tushirilgan haykalchalar va idish parchalari guvohlik beradi.
Qo’y-Qirilgan-qal'aning tarixi ming yillarga borib taqaladi. Bu yerda Oʻrta Osiyodagi eng qadimiy assuariylarning qoldiqlari, qadimgi xorazm tilidagi rasmlar va yozuvlar topilgan. Bu qal'a hanuzgacha tarixiy sirni ifodalaydi va Qadimgi Xorazmning boshqa qal'alari orasida o'zining dizayni bilan o'ziga xosdir.
Qalʼaning qadimiy haqiqiy nomi “Xadarkat”dir. Qadimda Xadarkat, endilikda Qoʻyqirilgan qalʼa degan nomga ega boʻlgan yodgorlik oʻtmishiga chuqur nazar tashlaganimiz sayin koʻzimizga u oʻzgacha koʻrinib, qalbimizda hayrat hissini tuya boshlaymiz. Biroq, bundan uch ming yil narisida donishmand ajdodlarimiz samoviy yoritgichlarning oʻrni va holati hamda harakat qonuniyatlarini aynan, ushbu nuqtadan turib kuzatishganini idrok etishimiz baribir oson kechmaydi. Ammo bu ayni haqiqat – oʻtgan asrning elliginchi yillarida bir guruh arxeolog olimlar bilan qalʼada qazish ishlarini olib borgan S.P. Tolstovmazkur obida nafaqat rasadxona, balki meʼmorchiligi jihatidan Markaziy Osiyodagi eng qadimgi qalʼaligi haqida Moskvaga hisob berib turilgan. Oʻsha paytda ayrim yodgorliklar, jumladan, Qoʻy qirilgan qalʼaning yoshi ham bir necha asrga yoshartirgan holda koʻrsatilishi arxeologlardan qatʼiy tarzda talab qilingan. Arxeologlar bu yoʻriqqa soʻzsiz itoat etmoqqa majbur boʻlishgan. Bu bilan demoqchimanki, qadimiy bu rasadxona dunyoning boshqa joylariga nisbatan ancha burun, yaʼni miloddan avvalgi IV asrda emas, balki miloddan burungi VIII asrda bunyod etilgan. Bu oʻz-oʻzidan arifmetika, matematika, geometriya, trigonometriya, fizika kabi fanlar bizda ancha oldin rivojlanganini bildiradi. Bu holatni tarixiy maʼnaviy taraqqiyotga taqqoslab, miloddan avvalgi IV asrda yashab oʻtgan antik davrining buyuk olimlari Platon va Aristotel dunyoviy fanlar rivojida katta ishlar qilishganini nazarda tutar boʻlsak, bizda bu saʼy-harakat ancha burun boshlanganini idrok etish qiyin emas. Diyorimizda rasadxona qurilishi va dunyoviy fanlar rivojlanishi davri hozirga qadar tarix kitoblarida yozilganiga nisbatan qariyb ming yil oldinga toʻgʻri keladi.
Bilimga oid suhbatlar hamisha bahsli kechadi. Tabiiy, orada bu fikrga qarshi chiqqanlar ham boʻldi. Ana shunda Samandar aka qalʼa tuprogʻidan bir siqim olib, oʻychan alfozda qadimgi Arkaim shahrini esga oladi. Kamina bu koʻhna shahar tarixidan boxabarligim bois, u haqda qisqacha toʻxtalib oʻtaman:oʻtgan asrda bir guruh arxeologlar janubiy Ural togʻ yonbagʻirligida miloddan avvalgi XVII asrga oid yodgorlik – Arkaim shahri qoldiqlarini qazib oʻrganish paytida, shahar markazida aynan, Qoʻy qirilgan qalʼaga oʻxshash bir yodgorlikka duch keladi. Bu obidada ham quyosh ibodatxonasi, osmon jismlarini oʻrganuvchi rasadxona va shuningdek, kunu tun olov alangalanib turuvchi oʻtxonani mavjud edi. Xoʻsh, bu ikki yodgorlikdagi oʻxshashlik nimani anglatadi? Oʻshanda bu jumboq barcha arxeologlarni chuqur oʻyga toldirgan va keyingi izlanishlar natijasi oʻlaroq, bu ikki qalʼa bir-biriga bogʻliq holda bir davrda faoliyat koʻrsatgan, deya bir toʻxtamga kelingan. Arxeolog olimlarning bu fikri Qoʻy qirilgan qalʼa miloddan avvalgi IV asrda emas, balki undan oldingi davrda bunyod etilgani va qadimgi ajdodlarimiz ilm bilan jiddiy mashgʻul boʻlganini bildiradi. Bu fikrni tarixchi Tohir Karimning “Muqaddas Avesto izidan” kitobidagi (118-124-betlar) quyidagi maʼlumotlar ham toʻla tasdiqlaydi: “Aqchadaryoning oʻng sohilida joylashgan Xadarkat (Qoʻyqirilganqalʼa) butun Xorazm, shuningdek, zardushtiylik dinidagi barcha elatlarning eʼtiqod markaziga aylangan edi. Bu yerda asosan ziyoratchilarga xizmat koʻrsatadigan yuqori martabali kohinlar, mehmonxona xizmatchilari, jumladan, shahar markazida qurilgan Amudaryo (“Avesto”da Dahya) maʼbudasi Ardvi Sura Anaxita sharafiga bunyod etilgan markaziy otashkada xizmatchilari istiqomat qilar edi. Otashkadaga tutash shifoxonada tabiblar, ikkinchi bir tomonidagi oʻquv maskanida diniy va dunyoviy bilimlardan saboq oluvchi talabalar istiqomat qilar, markazdan oʻrin olgan rasadxona (observatoriya)da oʻnlab olim va munajjimlar faoliyat koʻrsatgan. AmmoFarazman podsholigi davriga kelib Xadarkat inqirozga yuz tutadi va mamlakat poytaxti Nuzkatga koʻchiriladi.
Bu maʼlumotni bejiz keltirmadik, chunki eramizdan burungi IV asrda Aleksandr Makedonskiy Markaziy Osiyoga hujum qilgan paytda haqiqatdan Xorazm podshosi Farazman boʻlgan va uning hukmdorligi uzoq asrlar gullab-yashnagan Xadarkatning tanazzuli vaqtiga toʻgʻri kelgan. Shu oʻrindan, yana bir maʼlumot, Qoʻyqirilganqalʼa nafaqat astronomik kuzatishlar markazi, balki dastlabki Xorazm yozuvining beshigi ham boʻlgan. Arxeologlar fikriga koʻra, Markaziy Osiyoga taalluqli yozuvning eng qadimgi namunalari aynan, ushbu qalʼadan topilgan. Bu yozuvlar Oromiy xati asosidagi Xorazm alifbosida bitilgan boʻlib, olimlar bu noyob osor miloddan avvalgi III asrga taalluqli ekanini aniqlashga muyassar boʻlgan. Xorazm yozuvi dunyodagi dastlabki yozuvlar – Fors mixxati, Finiqiy va Oromiy alifbolari bilan deyarli bir davrda paydo boʻlgan. S. Ismoilov bunga qoʻshimcha qilib shunday deydi: “Gar “Avesto”ning milloddan avvalgi VIII asrda yozilganligini nazarda tutar boʻlsak, Xorazm yozuvi undan ancha oldin paydo boʻlgan.”
Shundan keyin u kishi Qoʻyqirilganqalʼdan topilgan yana bir osor haqida soʻzlaydi. Bu osor qalʼa devoriga bitilgan matematik formulalar ekan. S. Ismoilov qalʼa boʻlmalaridan birining oʻtgan grek olimlari Gipparx va Ptolomey asarlarida uchraganidek, Kosinus atamasi V–XIII asrlarda hind olimlari asarlarida ham mavjud ekan. Markaziy Osiyoda dastlab Abul Vafo Buzjoniy sinuslar jadvalini tuzgan. XIII asrda yashab oʻtgan Nasriddin At-Tusiy “Toʻla toʻrtburchak haqida” asarida bu atamalar haqida maʼlumot bergan. Abu Rayxon Beruniy, Ulugʻbek, Koshiy asarlarida trigonometrik teoremaga oid atamalar yanada boyitilgan. Yevropada uygʻonish davrida dastlab ingliz olimi Broduardin (1290-1349-y.) asarida ham bu atamalar ishlatilgan. Keyinchalik bu fan oʻn beshinchi asrda yashab oʻtgan nemis olimi Iogan Myuller, polyak olimi Kopernik hamda Lobachevskiy asarlarida rivojlantirilib, hozirgi zamon fani darajasiga koʻtarilgan. Xoʻsh, bu nimani anglatadi? Qoʻyqirilganqalʼa devoridan topilgan teorema formulalari, shuningdek, kosinus teoremasi formulasi yer yuzining boshqa joylariga nisbatan qariyb 900-yil oldin bizda yaratilgan ekan. Bu noyob osorlarning devor yuzida saqlanib qolishiga kelsak, rasadxonada talabalarga dars ham berilganini unutmaslik lozim.
Darvoqe, keyingi paytda ilm ahlidan ayrim kishilarni bu darajada murakkab qalʼa loyihasini tuzish hamda uni qurishda qanday oʻlchov uskunasi qoʻllanilgani juda qiziqtirgan. Axir, bu qadar aniq, bu darajada murakkab oʻlchamdagi loyihani yaratishning oʻzi boʻlmaydi. Ammo, aksiga olganday,qalʼada qazishma ishlarini olib borgan arxeologlar tomonidan oʻlchov uskunalari haqida hech qanaqa maʼlumot qoldirilmagan. Bu esa olimlar orasida turli qarashlarning yuzaga kelmogʻiga sabab boʻlgan. Qadimshunos M. S. Lapirov-Skoblo oʻz ilmiy maqolalaridan birida quyidagi fikrni olgʻa surishga uringan: “Qoʻyqirilganqalʼa qurilishida oʻlchov uskunasi sifatida arqondan foydalanilgan, yaʼni arqondagi bir tugun xonaning enini, ikkinchi tugun xona uzunligini, boshqa tugunlar paxsaning qalinligi, balandligi va boshqalarni belgilab olish vositasi boʻlgan.” S. Ismoilov bu fikrga qatʼyan qarshi chiqadi: “Fan yutuqlari asosida bunyod etilgan murakkab qalʼa qurilishida uzunlik oʻlchovi sifatida oddiy arqondan foydalanilgan, degan fikr mutloqa asossiz. Agar olim “Avesto”dan boxabar boʻlganda, bu gapni aytmoqdan tiyilgan boʻlardi. Chunki bu muammo yechimi muqaddas “Avesto”da aniq keltirilgan. Bu fikrga qoʻshilishni istamagan odam “Avesto”ning – taniqli olim M. Isʼhoqov tomonidan tarjima qilingan – “Videvdod” va “Yasht” kitoblarini bemalol varaqlab koʻrmogʻi mumkin.” Agar mazkur kitoblarni varaqlaydigan boʻlsak, quyidagi maʼlumotlar bilan tanishmoq mumkin: “xatra” – bir chaqirim masofaga, “ashtr” – boʻgʻin yoki barmoq eniga, “ashti” – toʻrt barmoq eniga tengligi va shuningdek,“vetosiy” – oʻn ikki barmoq hajmdagi uzunlik oʻlchovi, “frabazu” – bilak hajmidagi uzunlik oʻlchovi, “vaybazu” – miqdori tugal boʻlmagan, yaʼni turlicha aytilgan uzunlik oʻlchovlarini bildirgan. Xoʻsh, endi mushohada qilib koʻraylik,“Avesto”ni oʻqigan va undagi bilimlardan toʻla bahramand boʻlgan qadimgi ajdodlarimiz nahotki, oʻlchov asbobi sifatida arqondan foydalangan boʻlsa? Qadimgilar har qanday qurilish ishlarida, astronomik kuzatishlarda, yer va masofani oʻlchashda turli oʻlchov birliklari va uskunalaridan hamisha unumli foydalanib kelishgan va bu narsa tarixiy bitiklarda ham oʻz aksini topgan. S. Ismoilov taʼbiri bilan aytganda, oʻsha davrda fan va madaniyat nechogʻli rivojlanganini qalʼa bagʻridan topilgan turli haykallar ham aytib turibdi. Otashparastlik dini maʼbudasi – Anaxita, onalar maʼbudasi – Xorazm madonnasi, maʼbuda Mina va boshqa shu kabi osorlar oʻz-oʻzidan paydo boʻlmagan. Bu kabi misollarni istagancha keltirish mumkin.