Bajardi: Sarvar Qosimov Tekshirdi: Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari va ularning turlari Reja


Tadbirkorlik huquqi sub’ektlari tasnifi



Yüklə 183,38 Kb.
səhifə3/17
tarix16.12.2023
ölçüsü183,38 Kb.
#182809
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
tadbirkorlik faoliyati subektlari va

Tadbirkorlik huquqi sub’ektlari tasnifi
Tadbirkorlik huquqi sub’ektlarini bir necha turlarga ajratish mumkin. Sub’ektlarni turkumlash ularning mulkchilik shakliga (masalan, fuqarolarning xususiy mulki, jamoa mulki yoki davlat mulkiga asoslangan), vakolatlariga (ya’ni bevosita tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar, yoki boshqaruvni amalga oshiruvchi sub’ektlar kabi), shaxslarga (jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar) hamda faoliyat turiga (tijoratchi va notijorat tashkilotlar) qarab belgilanadi.
Shu o‘rinda tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarni faoliyat maqsadiga (turiga) qarab tijoratchi tashkilot va tijoratchi bo‘lmagan tashkilotga ajratilgan ikki turiga tushuncha berib o‘tsak.
Tijoratchi tashkilot - bu foyda olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib qo‘ygan sub’ekt bo‘lib, (xususiy korxonalar, xo‘jalik jamiyatlari, shirkatlari) tijoratchi tashkilotlarning huquqiy holatlari FK va boshqa qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan.
Tijoratchi bo‘lmagan tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari o‘z oldiga muayyan maqsadni ko‘zlagan holda harakat qilib, foyda ko‘rishni ko‘zlamaydi. Bunday sub’ektlarga jamoat birlashmasi, ijtimoiy fond va mulkdor tomonidan moliyaviy ta’minlab turiladigan muassasa va boshqalar kiradi.


Jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyati
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq, jismoniy shaxslarga tadbirkorlik maqomiga ega bo‘lishlik imkoniyati berilib, ular ham tadbirkorlik huquqining sub’ektlari doirasiga kiritilgan.
Yakka tartibdagi tadbirkor. 2012 yil 2 mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi qonunda tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari doirasi kengaytirilib, ular kichik tadbirkorlik sub’ektlari shaklida, jumladan yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar ham kichik tadbirkorlik sub’ekti sifatida mastahkamlandi. Qonunga binoan har qanday fuqaro ham tadbirkor shaxs hisoblanmaydi, balki faqat belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tib, tadbirkor maqomini olgan fuqarolargina etirof etilishi mumkin.

Yakka tartibdagi tadbirkorlik jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmagan holda amalga oshirishdir. (Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun (yangi tahrir) 2012 yil 6-modda)
Yakka tartibdagi tadbirkorlik yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan mustaqil, xodimlarni yollash huquqisiz, mulk huquqi asosida o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulk negizida, shuningdek mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo‘l qo‘yadigan o‘zga ashyoviy huquq asosida amalga oshiriladi.
Hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tovarlar tayyorlash (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) uchun ko‘pi bilan besh nafar shogirdni ularga tegishlicha haq to‘lagan holda jalb etishga haqlidir.
Yakka tartibdagi tadbirkor o‘z faoliyatini amalga oshirayotganda shaxsiy ish hujjatlari blankalaridan, muhr, shtamplardan foydalanishga haqli, ularning matnlari mazkur shaxs yakka tartibdagi tadbirkor ekanligi haqida dalolat berishi lozim.
Yakka tartibdagi tadbirkorlikni amalga oshirish uchun er-xotindan biri er-xotinning umumiy birgalikdagi mol-mulkidan foydalanadigan hollarda, agar qonunda, nikoh shartnomasida yoxud er-xotin o‘rtasidagi o‘zga kelishuvda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, erning (xotinning) roziligi talab qilinadi.
Demak, yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarining shakllari qonunda quyidagi tarzda mustahkamlangan:

  • yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan xodimlarni yollash huquqisiz, mulk huquqi asosida o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulk negizida, shuningdek mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo‘l qo‘yadigan o‘zga ashyoviy huquq tufayli o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulk negizida mustaqil ravishda amalga oshiriladigan yakka tartibdagi tadbirkorlik;

  • er-xotinning umumiy mol-mulki negizida ular tomonidan amalga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlik;

  • ikki yoki undan ortiq yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan foyda olish yoki qonunga zid bo‘lmagan boshqa maqsadga erishish uchun o‘z hissalarini qo‘shish va yuridik shaxs tuzmasdan, birgalikda ish qilish majburiyatini olgan oddiy shirkat;

  • yuridik shaxs tashkil etmagan holda dehqon xo‘jaligini yuritish.

Yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish (davlat ro‘yxatidan o‘tishi) uchun shaxs 18 yoshga to‘lgan bo‘lishi lozim.

Yüklə 183,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin