Bajardi: Tekshirdi: : Toshkent 2023 Reja


TARAFLARNING JAVOBGARLIGI



Yüklə 26,73 Kb.
səhifə6/6
tarix20.11.2023
ölçüsü26,73 Kb.
#166293
1   2   3   4   5   6
Mustaqil ish 3

4. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI
4.1. Ushbu shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmaganlik yoki (lozim darajada bajarmaganlik uchun taraflarning javobgarligi amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
4.2. Mazkur shartnomaning tuzilishi, uning shartlarining oʻzgarishi, buzilishi, ijro etilishi, bekor boʻlishi, tugatilishi va haqiqiyligi yuzasidankelib chiquvchi barcha nizolar, kelishmovchiliklar va talablar Taraflar o‘rtasida kelib chiqadigan nizolarni ko‘rib chiqadigan sud nomi sudi tomonidan koʻrib chiqiladi.
4.3. Ushbu shartnoma bilan nazarda tutilmagan barcha masalalar Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, «Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida» gi va «Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida»gi Qonunlari bilan tartibga solinadi.


5. SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI
5.1. Shartnoma tomonlar imzolagan kundan kuchga kiradi va Shartnomaning amal qilish muddati tugaydigan sana ga qadar amal qiladi.
5.2. Shartnoma 2 nusxada tuzilib, ikkala nusxasi ham huquqiy jixatdan teng kuchli hisoblanib, bir nusxasi “Buyurtmachi”da, ikkinchisi “Buyurtmachi” da saqlanadi.


TARAFLARNING REKVIZITLARI :
5. Audit dasturini tuzish va undan foydalanish tartibi
Audit dasturi - bu auditorlik umumiy rejasida belgilangan vazifalarni bajarish bosqichlari, bajarish muddati va vaqti, vazifalarni bajaruvchilarning to’liq tarkibi, tekshiruvda bajariladigan auditorlik amallari hamda auditorlik ish hujjatlari batafsil aks ettirilgan auditorlik ish hujjatidir.
Dastur audit umumiy rejasini rivojlantirish hisoblanadi va audit rejasini amalda qo’llash uchun zarur bo’lgan auditorlik amallari mazmunining batafsil ro’yxatini o’z ichiga oladi. Dastur auditor yordamchilari uchun batafsil yo’riqnoma bo’lib, bir vaqtning o’zida auditorlik tashkiloti va auditorlik guruhining rahbari uchun ish sifatini nazorat qilish vositasi hisoblanadi. Audit dasturi shunday tuzilishi kerakki, undan foydalanuvchi hech qanday xatoliklarga yo’l qo’ymasdan korxona faoliyatini belgilangan muddatda, to’liq va sifatli o’tkazish imkoniyatini ta’minlasin.
Auditor audit dasturini hujjat shaklida rasmiylashtirishi, har bir bajariladigan auditorlik amallarini o’zining ish hujjatlarida aniq bayon etish maqsadida ularni ketma-ketlik asosida raqam bilan tartiblashi lozim. Amaldagi 3-son AFMSning 33-bandida dastur o’zaro bog’liq bo’lgan hujjatlar shaklida ya’ni, “auditorlik dasturini nazorat vositalari testlari dasturi ko’rinishida va mohiyatiga ko’ra auditorlik rusum-qoidalari dasturi ko’rinishida tuzish kerak”1ligi belgilab qo’yilgan. Bunda, nazorat vositalari testlari dasturi korxona buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini baholash bo’yicha test yoki savolnomalar majmui shaklida tuziladi. Buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimi ishonchliligini baholash natijalariga asosan, auditorlik tashkiloti tomonidan tekshirishda bajariladigan ishlar hajmi, shuningdek, tekshiruv muddati va qiymati belgilanadi, bunda nazorat vositalari testlarini o’tkazish orqali xo’jalik yurituvchi sub’ekt nazorat vositalarining jiddiy kamchiliklari aniqlanadi.
Mohiyatiga ko’ra, auditorlik amallari dasturi buxgalteriya hisobida hisobvaraqlar bo’yicha oborotlar va saldo to’g’ri aks ettirilganligini batafsil tekshirishni o’zi ichiga qamrab olib, ular buxgalteriya hisobi ob’ektlari yoki umumiy rejada belgilangan vazifalarni bajarish bo’yicha auditorlik amallari ro’yxatidan iborat bo’ladi. Auditor bunday amallarni qo’llash orqali buxgalteriya hisobining aynan qanday bo’limlarini tekshirishni belgilaydi va bu esa auditordan buxgalteriya hisobining har bir bo’limini tekshirish bo’yicha auditorlik dasturini tuzishni talab etadi. Auditorlik tekshiruvini o’tkazish shartlari va auditorlik amallari natijalari bog’liq holda audit dasturi qayta ko’rib chiqilishi mumkin. O’zgarishlarning sabablari va natijalari o’zgartirilgan dasturda hujjatlashtirilishi lozim.
Audit dasturining har bir bo’limi bo’yicha auditorning ish hujjatlarida aks ettirilgan xulosalari auditorlik hisoboti (xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyatiga yozma axborot) va auditorlik xulosasini tuzish hamda moliyaviy hisobot to’g’risida auditorning fikrini shakllantirish uchun asos bo’lib hisoblanadi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda asosiy vositalar auditining dasturini quyidagi 9-jadvalda keltirilgan shakl va mazmunda tuzishni tavsiya etamiz.
Fikrimizcha, yuqoridagi shakl va mazmundagi auditning umumiy rejasi va dasturi tuzilganidan so’ng, auditorlik tashkilotining rahbari yoki auditorlik guruhi rahbari mijoz-korxona faoliyatini tekshiruvida qatnashuvchi auditor va ekspertlar ishtirokida tekshiruvni boshlashdan avval kichik yig’ilish tashkil etishi hamda unda tuzilgan umumiy reja va dasturni muhokamadan o’tkazishi maqsadga muvofiqdir. Agarda yig’ilishda tuzilgan reja va dasturga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritish shart deb hisoblansa, unga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritish, shundan so’ng uni barcha tekshiruvda qatnashuvchi auditor va ekspert-mutaxassislar e’tiboriga kitob shaklda etkazilishini ta’minlash talab etiladi.
Xulosa: Xulosa qilib aytganda, auditni rejalashtirish jarayonini yuqorida tavsiya etilgan tartib-qoidalar asosida amalga oshirilishi auditorlik tashkilotlari tomonidan tekshiruvlarni oldindan puxta va aniq belgilangan ketma-ketlik asosida o’z muddatida va sifatli tarzda o’tkazish imkoniyatini yaratadi.
Yüklə 26,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin