InstinktlarInstinktlar hayvonlar hatti-harakatlarining murakkab, tug`ma shaklidir. Masalan: qushlarning in yasashda
cho`p,
loy tanlashi
, o`rgimchaklarning to`qish san`ati. Asalari o`z kataklarida go`yo puxta hisob qilib turganday, aniq
reja bilan quradi. Bundan tashqari asalarilarda bir-biriga xabar berish qobiliyati mavjud. Instinktlar bir qator moslashuv
harakatlari tizmasidan iborat. Bir harakatning tugallanishi boshqa harakatni vujudga keltiradi. Instinktiv harakatlar
yuzaki kuzatganda o`zining "maqsadga muvofiqliligi" bilan kishini hayratda qoldiradi. Biroq bu "maqsadga muvofiq"
hatti-harakatlarda maqsadni anglashni uchratmaymiz. Instinktlar ma`lum tashqi qo`zg`atuvchi(lar)ning ta`sir
ko`rsatishiga javob tariqasida yuzaga keladi. Instinktiv hatti-harakat deyarli o`zgarmaydi, lekin bu harakatning bironta
muhim qismi o`zgarib qolsa, u har gal maqsadga muvofiqligini yo`qotadi. Masalan, agar asalarilarning asal saklash
uchun yasalgan uyalarini orqa tomonidan qirqib qo`yilsa (ya`ni tagi teshib qo`yilsa), bunday holda asalari ma`lum
miqdordagi asalni tagi teshik uyaga solib, garchi asal uyaning tagidan allaqachon oqib ketgan bo`lsa ham, uyaning
og`zini ustki tomondan mum bilan berkitib quya beradi. Harakatlarning instinktiv shakllari faqat doimiy sharoitlardagina
maqsadga muvofiqdirlar. Shuni qayd qilib qilib o`tish kerakki, garchi ma`lum instinktlar bir turdagi barcha organizlarga
xos bo`lsa ham, lekin ularni amalga oshirish alohida organizmlarda biroz boshqacharoq bo`ladi. Instinktiv hatti-
harakatlarning ana shunday nisbatan har xil tarzda amalga oshirilishi yashash sharoiti keskin o`zgargan holda
organizmlar turining saqlanib qolishiga imkon beradi.
Ko`NikmalarYUksak taraqqiy etgan hayvonlar hayotida, xususan sut emizuvchilarda hatti-harakatning yanada
aynanroq aks ettirishga yordam beruvchi yangi, ildamroq shakllari ko`proq rol o`ynaydi. Bular - ko`nikmalar
(harakatning individual tarzda orttirilgan shakllari). Ko`nikma deganda hayvonlarda shartli bog`lanishlar asosida yuz
beruvchi va avtomatik ravishda sodir bo`luvchi harakatlar tushuniladi. Instinktlar singari ko`nikmalar ham
taraqqiyotning turli bosqichlarida uchraydi. Lekin yaqqol ifodalangan ko`nikmalarni faqat bosh miyaning po`stiga ega
bo`lgan hayvonlardagina ko`rish mumkin.
Hayvonlar ko`nikmalarining tarkibiga kiruvchi harakat elementlari hayvon mansub bo`lgan turning tajribasini qayta
tiklovchi tug`ma harakatlardan ham takrorlash jarayonida mustahkamlangan tasodifiy harakat namunalaridan iborat
bo`lmog`i mumkin. Hayvonlarda hosil qilingan (bo`lgan) ko`nikmalar sharoit murakkablashishi yoki o`zgarishi bilan
o`zi ham o`zgarishi, yangi, o`zgartirilgan sharoitga ko`chishi mumkin. Ko`nikmalar bir-birlaridan muhim jihatdan farq
qilishlari mumkin: bir holatda ko`nikmalar o`zlarining avtomatizmlariga ko`ra instinktlarga yaqinlashsalar, boshqa bir
holatda intellektual harakatlarga yaqinlashadilar.