Bajardi To’ychiyeva Fotima o Reja



Yüklə 306,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/6
tarix28.11.2023
ölçüsü306,7 Kb.
#168214
1   2   3   4   5   6
Презентация1

Ong
haqida
tushuncha
Ob`ektiv borliq inson miyasida turli xil darajada aks etadi. Ong psixikaning eng yuksak darajasi bo`lib, u faqat
insongagina xosdir. Ong ijtimoiy-tarixiy sharoitda, mehnat faoliyatida boshqa odamlar bilan til yordamida munosabatda
bo`lishi natijasida shakllangan. Ontogenetik taraqqiyot jarayonida ham ong ijtimoiy muhit ta`siri ostida faoliyat va
muloqot
jarayonida
shakllanadi.
Ongning mohiyatini to`g`ri tushunish uchun uning tuzilishini ko`rib chiqish lozim. Ong quyidagi to`rt muhim psixologik
xarakteristika
bilan
aniqlanadi.
I. Ongning birinchi xarakteristikasi uning nomida aks ettirilgan:
ong, anglash.
Inson ongi tevarak-atrof, tashqi va
insonning o`zining ichki dunyosiga oid bilimlar to`plami, yig`indisidan iboratdir. Agar inson tashqi olam va o`zi ichki
dunyosi haqida bilimlarni o`zlashtirish va anglashdek muhim xususiyatdan mahrum bo`lganda, unda hech qanday bilim
va ong shakllanmagan bo`lar edi. Bizning bilimlarimiz ongning birlamchi asosini tashqil qiladi. Bilimlar turli psixik
jarayonlar (bilimlar sezgi, idrok, diqqat va h.k. yordamida o`zlashtiriladi, xotirada saqlanadi, tafakkur jarayonida tahlil
qilinadi) yordamida o`zlashtiriladi va boyitib boriladi. Bilish jarayonlaridan birining buzilishi, kasallanishi (batomom ishdan
chiqishi
haqida
gapirmasak
ham
bo`ladi)
ongning
buzilishiga
olib
keladi.
II. Ongning ikkinchi xarakteristikasi - unda
sub`ekt va ob`ekt
o`rtasidagi farq o`z ifodasini topadi. Boshqacha qilib
aytganda inson o`zini boshqalardan
va tashqi olamdan farqlaydi
, unda "men" va "men emas" tushunchasi mavjud. Odam
organiq olam tarixida birinchi marta undan ajralib chiqdi va o`zini tashqi olam, tevarak-atrofdagi muhitga qarshi kuydi.
Bunday xususiyatning paydo bo`lishining natijasi
insonning o`z-o`zini bilishi va uzligini anglashida, o`z-o`zini
baholashida
aks etadi. Insongina o`zining tashqi olamdan, predmetlardan, boshqa kishilardan farqini, ustunligi va
kamchiliklarini anglay oladi. Shunday anglash va taqqoslash kishining shaxs sifatida rivojlanishining asosini tashqil qiladi.
Nafaqat alohida shaxsning,
balki millatning
, xalqning rivojlanishi ham uning uzligini anglashi bilan bog`liq. III. Ongning
uchinchi xarakteristikasi -
maqsad quyish va maqsadga yo`nalganlik
bilan belgilanadi. Har qanday faoliyat maqsadini
aniqlash ongning funktsiyasi. Har qanday faoliyatni amalga oshirishda maqsad kuyiladi, faoliyat motivlari yuzaga keladi,
irodaviy qarorlar qabul qilinadi, harakatlarni bajarish yo`llari ishlab chiqiladi va sharoitni hisobga olgan holda zaruriy
tuzatishlar kiritib boriladi. Ma`lum sabablar ta`sirida maqsad ko`zlash yoki uni boshqarish, koordinatsiya qilishdagi
buzilishlar ongning buzilishiga olib keladi.



ETIBORINGIZ UCHUM RAHMAT.

Yüklə 306,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin