Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti “Amaliy psixologiya” fakulteti 3- kurs 302- guruh talabasi Urolova Gulhayoning ”O’zbek tilining sohada qo’llanishi” fanidan bajargan mustaqil ishi. . Bajardi: Urolova G. Tekshirdi: Nuriddinova O.V. Mavzu: - A.Navoiy oʻzbek adabiy tilining asoschilaridan biri.
Alisher Navoiy - O’zbek adabiy tilining rivojida 15-asrning ikkinchi yarmi juda muhim davr hisoblanadi. Bu davrda Alisher Navoiy o’zining muborak ijodi bilan o’zbek adabiyotini yuksak darajaga ko’tarish bilan birga, o’zbek tilining taraqqiyotiga ham o’zining salmoqli hissasini qo’shdi. Navoiy o’z asarlarida, albatta «grammatika» yoki «fonetika» so’zini qo’llagan emas. Lekin tilning grammatik va fonetik qonunyatlarini yaxshi bilgan, ularni bir-birlaridan yaxshi farqlagan va o’ziga xos arabcha-forscha va turkcha-o’zbekcha atamalar bilan nomlangan: amr, harf, harakat, hamza, voze (voz-yasovchi yoki so’z yasovchi); tajnis va ihom – ko’p ma`noli so’z; alam-ism, ot; atmutakallim-so’zlovchi; lafz, kalom, alfoz kabilar haqida o’z davriga nisbatan juda muhim fikr va mulohazalar bayon qilgan.
Jumladan, Navoiy turkiy (o’zbek) tilining grammatik xususiyatlari haqida yetarli darajada fikr bildirgan. - U, xususan, so’z yasash yo’llari haqida maxsus to’xtaladi. O’zbek tilida fe`llardagi birgalik va orttirma darajalarini yasovchi –sh/-ish, -t, qo’shimchalari orqali chopishmoq, topishmoq, ko’chishmoq, o’pishmoq, yugurt, qildurt, yashurt, chiqart kabi so’zlar yasalganligini, sifatlarda belgining ortiq-kamligini esa p, m, vositasi orqali op+oq qop+qora, qip+qizil, sap+sariq, yum+yumaloq, yap+yassi, op+ochuq, yam+yashil, bo’m+bo’sh tarzida ifodalanishini aytadi.
. - Shuningdek, ravishdoshning – g’ach/-gach, -qach/-kach affiksi orqali tergach, borg’ach, yorg’och, topqoch, sotqoch kabi fe`l formalarining yasalishini; harakatni bajarishga intilish, tayyorlanish kabi ma`nolarni ifodalashda esa – gu/-g’u affiksi bilan yasalgan sifatdosh formasiga – dek ravishdosh yasovchi qo’shimchaning qo’shilishi orqali borg’udek, yorg’udek, qayg’udek, urgudek, surgudek fe`llarning hosil qilishini misollar bilan ko’rsatadi.
Alisher Navoiy o’zbek tiliga ya`ni o’z ona tilimizga diqqat bilan qaradi. - Navoiyning afsus bilan ta`kidlashicha, hatto, ko’pgina o’zbek shoirlari ham, ona tili boyliklari va keng imkoniyatlaridan foydalanishga kam e`tibor berardilar. «Bu til dag’al til, unda yuksak san`at asarlari yaratib bo’lmaydi» degan fikrlarga uzil-kesil zarba berish, o’zbek tilining yashirin qolib kelayotgan xazinalarini ochish va uni ilm ahllariga, she`riyat muxlislariga tushintirish o’zbek xalqining buyuk farzandlari oldida muhim vazifa bo’lib turardi.
Ana shu ulkan ishning uddasidan Alisher Navoiy chiqa oldi. - Navoiy «Bu alfoz va iboratda bir nav daqoyiq ko’pdurkim, bu kunga deguncha hech kishi haqiqatig’a mulohaza qilmag’on jihatdin bu yashurun qolibdur. Va filhaqiqat agar kishi yaxshi mulohaza va taammul qilsa, chun bu lafza muncha vus`at (kenglik) va maydonida buncha fushat (ochiqlik) topilur…» deb yozdi va o’zbek shoirlarini o’z ona tilini faqatgina xalq ommasi emas, balki shoirlar ham qo’llashi, shu tilda, iloji boricha, o’z iqtidor va mahoratlarini ko’rsatishlari kerak edi.
Bobur tili bilan aytganda, Navoiy o’zbek tilida barchadan «ko’p» va «xo’p» yozib, qalam kuchi bilan qalblardan joy oldi. - Alisher Navoiy til bilimiga doir «Muhokamat ul-lug’atayn» asari bilan o’zbek adabiy tilining, xususan o’zbek tilshunosligining ilmiy-nazariy asoslarini yaratib berdi.
. - Navoiy ikki tilni – o’zbek va fors (tojik) tillarini qiyoslar ekan, birining ahamiyatini kamaytirib yoki rad etib, ikkinchisining ahamiyatini bo’rttirib ko’rsatmaydi, bu sohada hech qanday mubolag’aga yo’l qo’ymaydi, aksincha, ularning har birini o’z holicha olib qaraydi. Boy materiallarga asoslangan holda o’zbek tilining fors tili bilan teng huquqligi va go’zalligini, ayrim hollarda esa bu tomonlarning ustunligini isbotlab ko’rsatadi.
«Sab`at abxur» - Navoiy asarlari tili 15-asr o’zbek adabiy tilining yuksak namunasi bo’lib, til tarixini o’rganishda katta manba va boylikdir. Uzoq va mashaqqatli izlanishlar tufayli uning yana bir qimmatli asari borligi aniqlanganligi, bu asar tili lug’ati bo’lib, «Sab`at abxur» (Yetti dengiz) nomi bilan mashhurligi, hozirgi vaqtda Turkiya olimi Ogah Sirri Lavand Alisher Navoiyning ana shu lug’ati ustida tadqiqot olib borayotganligi matbuotda xabar qilgan edi.
Navoiy o’zbek tilida 100 ta fe`lni yuzaga kelishi sabablarini ko’rsatadi va ularning tahlilini beradi. - Bunday fe`llarning ko’plari fors tilida uchramasligini qayd etadi, u qator fe`llardagi sinonimlarni misol keltiradi. Navoiy asarlari tilini singormonizmsiz shevalarga asoslangan deb qaraydi. E.D.Polivanov esa uning asarlari O’rta Osiyo tilida yozilganligini qayd etadi.
“XAMSA” - “Navoiy turk tilining o’lgan jasadig’a jon bag’ishladi”.
- Husayn Boyqaro
Rahmat!
Dostları ilə paylaş: |