Bajaruvchi: Mamatov Sardor Sodiq o’g’li Tarkibiy qismi


Kompyuter (monitor, sichqoncha, klaviatura) – noutbuk



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə22/31
tarix30.08.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#141043
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31
World Skilss Elektromantyor Mamatov S.S

Kompyuter (monitor, sichqoncha, klaviatura) – noutbuk


Uskunalar va jihozlarning xizmatga yaroqliligini tekshirish:
- himoya qoplamalarining mavjudligi (tizim blokida);
- sichqoncha va klaviaturaning texnik sozligi;
- monitor ranglarini to'g'riligi;
- ish o’rnida rozetkalar va/yoki boshqa simlarning yo'qligi;
-kompyuter to'liq yuklanganda ish tezligi;
- monitor ekranining burchagi, noqulay holatda va uzoq vaqt ishlaganda tanaga zarar yetkazilmasligi (monitor ko'zdan kamida 50 sm masofada bo'lishi kerak (optimal 60-70 sm);
- qurilmalarning shamollatish teshiklari hech narsa bilan to'sib qo'yilmaganligiga ishonch hosil qiling.

Megommetr


Ob'ektda kuchlanish yo'qligiga ishonch hosil qiling.
O’LCHOV OB'EKTIDA KUCHLANISH MAVJUD BO'LSA O'LCHASHNI BOSHLASH TAQIQLANADI.
-Megohmmetrning mexanik shikastlanmaganligi va ifloslanmaganini tekshirish.
- Himoya qoplamalari va mahkamlagichlarning foydalanishga yaroqliligini tekshirish, izolyatsiyaning yaxlitligini va kabellarning ifloslanmaganini tekshirish.
- Ta’minot qismida mehanik shikastlanishlar yo’qligi va ifloslanmaganini tekshirish.
-Meggometr oxirgi tekshirish sanasini ko’zdan kechirish.
- Tekshirish muddati tugamasligi kerak.

Simsiz akumlatorda ishlaydigan asboblar (lobzik, renovator, shurupovert, drel, fen, changyutgich)

Tekshirish:
- mahkamlash qismlarining to'liqligi va ishonchliligini tekshirish;
- kabel (shnur), uning himoya trubkasi va shtepsel vilkasi yaroqliligini ko’zdan kechirish orqali tekshirish;
- korpusning izolyatsiyalovchi qismlari, tutqich va cho'tka ushlagichi qopqoqlarining yaxlitligini tekshirish;
- himoya qoplamalarining mavjudligini va ularning xizmatga yaroqliligini tekshirish;
- o’chirib-yoquvchi moslama (viklyuchatel) ning to'g'ri ishlashini tekshirish.

Ommetr


Ohmmetrning o'lchash zanjirini kuchlanish ostida bo’lgan ob'ektlarga yoki yerga ulangan simi bo’lmagan katta statik zaryadni to'plashi mumkin bo'lgan ob’yektlarga ulash taqiqlanadi.
- tekshirilishi kerak bo'lgan ommetr yo'riqnomaga muvofiq to'ldirilishi kerak.
- ommetrda uning metrologik va texnik xususiyatlariga, shuningdek, xodimlarning xavfsizligiga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan mexanik shikastlanishlar bo'lmasligi shart.
-O'lchov ob'ektining sirtini bo'yoqlardan, oksidlardan yoki kontakt uchlarini ulash joylarida ifloslanishdan tozalang
-Ommetrni yerga ulangan sim bor va tarmoq ta’minotiga yaqin joyda, gorizontal yuzaga o'rnating.
- Ishlash vaqtida namlik, qor va hokazolarning qurilma romiga kirishiga yo'l qo'ymang.
- Ommetrning yerga ulangan sim (zazemleniye) qisqichini himoya yerga ulangan sim (zazemleniye) konturiga ulang (o'lchov ob'ekti).
- O'lchov kabelining ulagichini ommetrning old devorida joylashgan birlashtiruvchi qismga ulang.

2.7. Har kuni, imtihon topshirig'i boshlanishidan oldin, ish joyini tayyorlash jarayonida:
- ish joyini, shaxsiy himoya vositalarini tekshirish.
- Asboblar va jihozlarning holatini tekshiring.
2.8. Ishtirokchiga imtihon topshirig'ini boshlash taqiqlanadi, agar asbob yoki asbob-uskunalar yaroqsiz yoki nosoz bo’lsa, ulardan foydalanish shikastlanishga olib kelishi yoki favqulodda vaziyatni keltirib chiqarishi mumkin.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin