Suv - baliq go‘shtida erkin va bog‘liq holda
bo‘ladi. Erkin holdagi suv ikki xil: 1. Tarkibiy-erkin va 2. Immobil holida uchraydi. Birinchisi asosan
hujayralararo bo‘shliqlarda uchraydi va u qon hamda
limfa tarkibiga ham kiradi. U baliq tanasida o‘rtacha
5-10% bo‘lishi mumkin. Ikkinchisi - baliqning tanasida 65-70% bo‘lib, hujayra membranalari oraligida, mikropora va mikrokapillyarlarda uchrashi aniqlangan. U baliq to‘qimalarida osmotik bosim va adsorbsiya hisobiga saqlanar ekan. Umuman, baliq go‘shtidagi suv miqdori uning oziqaviy qiymatiga bog‘liq bo‘ladi. Binobarin, baliqlar muzlatilsa, qaynatilsa, qovurilsa, quritilsa, tuzlansa, uning tarkibidagi suv miqdorida ko‘plab texnologik o‘zgarishlar yuz beradi.