Muammoli ta’lim. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta’lim oluvchi
faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni obyektiv qarama-
qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushoxadani shakllaitirish va
rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qullashni mustaqil ijodiy
faoliyati ta’minlanadi.
Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qoʻllash - yangi komiyuter va axborot texnologiyalarini oʻquv jarayoniga qoʻllash.
Oʻqitishning usullari va texnikasi. Ma’ruza (kirish, mavzuga oid,
vizuallash), muammoli ta’lim, keys-stadi, pinbord, paradoks va loyixalash usullari,
amaliy ishlar.
Oʻqitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorlik va
oʻzaro oʻrganishga asoslangan frontal, kollektiv va gurux.
Oʻqitish vositalari: oʻqitishning an’anaviy shakllari (darslik, ma’ruza
matni) bilan bir qatorda - kompyuter va axborot texnologiyalari.
Kommunikasiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga
asoslangan bevosita oʻzaro munosabatlar.
Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blis-surov, oraliq va joriy va
yakunlovchi nazorat natijalarini taxlili asosida oʻqitish diagnostikasi.
Boshqarish usullari va vositalari: oʻquv mashgʻuloti bosqichlarini belgilab
beruvchi texnologik karta koʻrinishidagi oʻquv mashgʻulotlarini rejalashtirish,
qoʻyilgan maqsadga erishishda oʻqituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati,
nafaqat auditoriya mashgʻulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning
nazorati.
Monitoring va baholash:oʻquv mashgʻulotida ham butun kurs davomida
ham oʻqitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test
topshiriqlari yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari
baholanadi.
“Балиқlarni
oziqlantirish”
fanini
oʻqitish
jarayonida
kompyuter
texnologiyalaridan, “Exsel” elektron jadvallar dasturlaridan foydalaniladi. Ayrim
mavzular boʻyicha talabalar bilimini baholash test asosida kompyuter yordamida,
masalalarni yechish, ozuqa ratsionlari va retseptlarni tuzish shaklda bajariladi.
Tarqatma materiallar tayyorlanadi, test tizimi hamda tayanch soʻz va iboralar
asosida oraliq va yakuniy nazoratlar oʻtkaziladi.