Bank balansi va uning tuzilishi Rajabova shabnam bi-72 reja



Yüklə 23,76 Kb.
səhifə7/10
tarix21.05.2023
ölçüsü23,76 Kb.
#118907
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bank balansi va uning tuzilishi Rajabova shabnam bi-72 reja

Hozirgi kunda amalda bo‘lgan hisobvaraqlar rejasi olti bo‘limdan iborat bo‘lib, ulardan beshtasi balans ichidan hisobvaraqlarni o‘z ichiga oladi, oxirgi oltinchi bo‘lim esa balansdan tashqari hisobvaraqlardan iborat. Bank aktivlari, passivlari, kapitali, daromadlari va xarajatlari bo‘yicha hisobvaraqlar alohida bo‘limlarga kiritilgan, ya’ni:



I bo‘lim


10000 – Aktivlar


II bo‘lim

20000 – Majburiyatlar




III bo‘lim

30000 – Kapital




IV bo‘lim

40000 – Daromadlar




V bo‘lim

50000 – Xarajatlar




VI bo‘lim

90000 – Ko‘zda tutilmagan holat bo‘yicha


(ya’ni balansdan tashqari) hisobvaraqlar


Schyotlar tasnifi:

20200 – talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar, bunda:

2 – majburiyatlar kategoriyasini, 02 esa shu majburiyatlarga tegishli asosiy hisobvaraqni bildiradi. Ushbu asosiy hisobvaraq bir qancha yordamchi hisobvaraqlarni (subschyotlarni) o‘z ichiga oladi:

Masalan:

20202– Hukumatning budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari;

5. Bank balansi va uning tuzilishi.

Bankning buxgalteriya balansi – bank moliyaviy faoliyati natijalarini ko‘rsatuvchi buxgalteriya hisobotining asosiy shaklidir.

Balans yordamida bank faoliyati tahlil qilinadi va nazorat olib boriladi.

Banklarda balans har bir ish kuni bo‘yicha kunlik balans tuziladi.

Balansning birinchi bo‘limi “AKTIVLAR” bo‘limi bo‘lib, o‘z ichiga bir qator asosiy hisobvaraqlarni birlashtiradi. Bank aktivlari naqd pullardan boshlab hisobga olinadi. Naqd pullarni hisobga olish uchun 10100 hisob raqami ajratilgan.


Bu hisob raqam nomi “Naqd pullar va boshqa kassa hujjatlari” bo‘lib, o‘z ichiga “Kassadagi naqd pullar”, “Naqd pullar zaxirasi”, “Yo‘ldagi naqd pullar”, “Valuta almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar”, “Bankomatlardagi naqd pullar”, “Bank binosidan tashqarida joylashgan kassalardagi naqd pullar” kabi bir qator subhisob varaqamlarni birlashtiradi.


Yüklə 23,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin