Bank balansi va uning tuzilishi Rajabova shabnam bi-72 reja



Yüklə 23,76 Kb.
səhifə1/10
tarix21.05.2023
ölçüsü23,76 Kb.
#118907
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bank balansi va uning tuzilishi Rajabova shabnam bi-72 reja


Bank balansi va uning tuzilishi Rajabova shabnam bi-72 reja

Bank balansi va uning tuzilishi

Rajabova shabnam BI-72

reja:

1. Banklarda buxgalteriya hisobining mazmuni va uni tashkil etishning ahamiyati.

2. Bank hisob-operatsion apparatining tuzilishi.

3. Banklarda buxgalteriya provodkalarni bajarish asoslari.

4. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejalari va ularning tavsifi.

5. Bank balansi va uning tuzilishi.

1. Banklarda buxgalteriya hisobining mazmuni va uni tashkil etishning ahamiyati.

Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil etish asoslari O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonunida o‘z ifodasini topgan. Ushbu qonundan kelib chiqqan holda banklarda buxgalteriya hisobini yuritishning metodologik asoslari quyidagilar hisoblanadi:

1) xo‘jalik faoliyati haqidagi ma’lumotlarni dastlabki hujjatlarda aks ettirish;

2) xo‘jalik operatsiyalarini, bank mulkini puldagi ifodasini belgilash;

3) barcha operatsiyalarni ikkiyoqlama yozuv asosida guruhlash, bunda

yozuvlarni hisobvaraqlar rejasidagi hisob raqamlari asosida olib borish;

4) hisob-kitob va boshqa operatsiyalar yakunida ma’lum sanaga bank xo‘jalik faoliyatiga tavsif berish, ya’ni bank balansini tuzish.

Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil qilishda quyidagi huquqiy va me’yoriy hujjatlar asos qilib olinadi:

1. O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni.

2. O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni.

3. O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida” gi Qonuni.

4. “O‘zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomasi.


Yüklə 23,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin