Bank balansi va uning tuzilishi Rajabova shabnam bi-72 reja



Yüklə 23,76 Kb.
səhifə4/10
tarix21.05.2023
ölçüsü23,76 Kb.
#118907
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bank balansi va uning tuzilishi Rajabova shabnam bi-72 reja

Hozirgi kunda xalqaro andozalar asosida faoliyat yuritishga harakat qilayotgan qator banklarda buxgalteriya apparatini Front-ofis va Bek-ofisga ajratish amalga oshirilmoqda.

Tijorat banklari nuqtayi nazaridan buxgalteriya apparatining Bek-ofis va Front-ofisga bo‘linishining ahamiyati shundaki, Front-ofis mutaxassislari mijozlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xizmat ko‘rsatadi, Bek-ofis mutaxassislari esa dastlab Front-ofis xodimlari tomonidan boshlangan, mijoz bevosita qatnashishi va mazkur bosqichning tugatilishini kutishi talab etilmaydigan bosqichda operatsiyalarni qayta ishlab, uni nihoyasiga yetkazadi. Natijada, har bir bank operatsiyasi birbiriga bog‘liq bo‘lmagan ikkita bo‘limda amalga oshiriladi va bank xodimlarini o‘zaro nazorat qilish tizimini yaratadi.

3. Banklarda buxgalteriya provodkalarni bajarish asoslari.

Hozirgi kunda xalqaro andozalarga muvofiq balans ichidagi hisob raqamlari ham, balansdan tashqari hisobvaraqlar ham ikkiyoqlama yozuv asosida olib boriladi. Buxgalteriya hisobining tashkil qilishning asosiy tamoyillaridan biri ham aynan ikkiyoqlama yozuv usulidir.

Hisob siyosatida ikkiyoqlama yozuv usulini amaliyotga tatbiq etilishi maxsus buxgalteriya hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Bu hujjat hisobvaraq bo‘lib, u ikki qismdan iborat bo‘ladi: chap tomoni “debet”, o‘ng tomoni esa “kredit” deb nomlanadi. Har bir hisobvaraqning kun boshiga bo‘lgan boshlang‘ich qoldig‘i (saldo) bo‘lib, operatsiyalar o‘tkazilgandan so‘ng debet va kredit aylanmalarni hisobga olgan holda kun oxiriga bo‘lgan qoldig‘i chiqariladi.

Barcha hisobvaraqlar o‘z mazmuniga ko‘ra aktiv yoki passiv bo‘lishi mumkin. Bankning o‘z mablag‘larini hisobga olishda ishlatiladigan hisobvaraqlar aktiv hisobvaraqlar hisoblanadi. Bank mablag‘larining manbayini hisobga olishda ishlatiladigan hisobvaraqlar esa passiv hisobvaraqlar bo‘lib hisoblanadi.

Barcha hisobvaraqlar o‘z mazmuniga ko‘ra aktiv yoki passiv bo‘lishi mumkin. Bankning o‘z mablag‘larini hisobga olishda ishlatiladigan hisobvaraqlar aktiv hisobvaraqlar hisoblanadi. Bank mablag‘larining manbayini hisobga olishda ishlatiladigan hisobvaraqlar esa passiv hisobvaraqlar bo‘lib hisoblanadi.




Yüklə 23,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin