78
vazirligida, Agrobankniki esa «Paxtasanoat sotish» kompaniyasida. Tijorat
banklari aksiyalarini jismoniy shaxslar ham sotib olishgan.
Umuman aksiyalar oddiy va imtiyozli bo‘lib, O‘zbekistonda aksiyalarning
ko‘pchilik qismini oddiy aksiyalar tashkil etadi. Respublika aksiyadorlik tijo-
rat banki «Agrobank» 2003-yilda o‘zining sakkizinchi emissiya aksiyalarini
1,5 mlrd. so‘mga chiqargan va shu yil davomida ularni to‘liq joylashtirgan.
Aksiyalar Fond birjasining «A», «V», «S», «D»
toifadagi listing maydoncha-
lariga joylashtiriladi. «A» toifadagi listing maydonchasida respublikamizning
ko‘zga ko‘ringan kompaniyalari, tijorat banklari aksiyalari sotuvga qo‘yiladi.
«V» listing maydonchasiga ishonchli banklar va yirik korxonalar aksiyalari
sotiladi. «S» toifadagi listing maydonchasida xususiylashtirilgan korxonalar
va «D» toifadagi listing maydonchasida korxonalarning
korparativ oblagatsi-
yalari sotuvga qo‘yiladi.
Obligatsiya emitantning qarzdorligini tasdiqlovchi qimmatbaho qag‘ozdir.
Tijorat banklari qarz mablag‘larni jalb etish uchun obligatsiyalar va depozit
serti
fi
katlarini chiqaradi.
Demak, tijorat banklari qimmatbaho qog‘ozlar bo‘yicha quyidagi ope-
ratsiyalarni amalga oshirishi mumkin:
– qimmatbaho qog‘ozlarni (aksiya, obligatsiya, bank serti
fi
katlari) mu-
omalaga
chiqarish;
– qimmatbaho qog‘ozlarni sotib olish, saqlash kabi operatsiyalar;
– mijozlar topshirig‘iga asosan qimmatbaho qog‘ozlarni boshqarish;
– fond bozori, qatnashchilariga qimmatli qog‘ozlar operatsiyalari bo‘yicha
maslahatlar berish;
qimmatli qog‘ozlarni baholash va qimmatli qog‘ozlar
bozorini tadqiq qi-
lish;
– qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida axborot va boshqa xizmatlar
ko‘rsatish.
Dostları ilə paylaş: