31
yil boshidagi 593 mln so‘mdan yil oxiriga borib umuman o‘zgarmagan, de-
mak bu ikki holatda bo‘lishi mumkin,
birinchidan, bankka yil davomida
boshqa banklar likvidligi va to‘lovga qodirligi pastligi sababli mablag‘larni
qaytara olmagan, yoki ikkinchidan, bank boshqa banklar
bilan operatsiyalari
natijasida pul mablag‘lari teng holatda bo‘lib qolgan.
Davlat obligatsiyalari ham yil boshidan yil oxiriga qadar o‘zgarmagan.
30 kunda qaytarilish kerak bo‘lgan kreditlar yil boshida 2.5 mlrd so‘m bo‘lib
yil oxirida 2.9 mlrd bo‘lgan, bunda o‘sish 400 mln so‘m yoki 15.5 %ni tash-
kil qilgan. Demak, bank bir oy muddat ichida daromadi oshishini kutmoqda.
30 kun ichida qaytarilishi kerak bo‘lgan lizinglar yil boshida yo‘q bo‘lgan,
yil oxiriga kelib esa 30 mln so‘mni tashkil qilgan, bu ikki holatda bo‘lishi
mumkin, bankning lizing muddatlari yil oxiriga kelib tugashi kerak yoki bank
aktivlar portfelini diversifi katsiya qilish jarayonida
lizing operatsiyalarini
ko‘paytirgan, buning natijasida yil oxiriga kelib ham lizing operatsiyalari
oshgan, ham to‘lov muddati kelgan.
Umumiy holda tahlil qiladigan bo‘lsak, bankning yil boshidagi likvid
mablag‘lari tarkibining 36.9 %ini 30 kunda qaytariladigan
kreditlar tashkil qil-
gan, keyingi o‘rinlarda esa kassadagi naqd pullar va vakillik hisobvarag‘idagi
pullar egallagan. Ammo yil oxiriga kelib o‘zgargan salbiy o‘zgarish bu kas-
sali aktivlar (asosan naqd pul) ning salmog‘i kamayganidir. Lekin umumiy
holda bankning likvid mablag‘lari yil boshidagi 6,9 mlrd so‘mdan
yil oxiriga
kelib 375 mln so‘m (5,36 %)ga oshib 7,3 mlrd so‘mni tashkil qilgan. Bunga
ta’sir qilgan asosiy omillar Markaziy bankdagi pul mablag‘lari va muddatini
30 kun qolgan kreditlar tashkil qilgan.
Bankning joriy likvidliligini to‘laqonli ravishda
baholash uchun uning
joriy majburiyatlariga e’tibor qaratmog‘imiz lozim.
2.5-jadval
Dostları ilə paylaş: