117
foydalaniladi. Shu tariqa ichki audit tashkilotning o‘z maqsadiga erishishi uchun
xizmat qiladi. Bank faoliyatining ichki audit vazifalari yuqorida sanalganlar-dan
farq qilmaydi, ammo bank faoliyatining xususiyatlari, bank mahsulotlari,
buxgalteriya hisobi, ishni tashkil etish jarayoni, risk omillarining ko‘pligi bilan
o‘zgacha xususiyatga egadir.
Ichki audit jarayonida topshiriqlarning bajarilishi turli-tuman bo‘lib, uning
maqsadi va tashkilot faoliyati xarakteriga bog‘liqdir. Qo‘yilgan vazifalarni har xil
mezonlarga suyangan hol-da turli yo‘llar, har xil teranlik va detallar bilan echish
mumkin. Bunda standartlar katta o‘rin tutadi.
Moliyaviy hisobotlarni audit qilishdan maqsad operatsiyalar buxgalteriya
hisobi talablariga rioya etilgan holda bajarilgan yoki bajarilmagani xususida
auditor fikrini olishdan iborat. O‘zbekiston, umuman ko‘pgina rivojlangan va
rivojlanayotgan mam-lakatlar tijorat banklarining moliyaviy hisobotlari haqqoniy-
ligini tasdiqlovchi hujjat bu moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlaridir.
Audit xizmatlari o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi qo-nunlari, Markaziy
bankning me’yoriy hujjatlari, bankning ichki me’yoriy hujjatlari hamda o‘z
nizomlari asosida olib boradi.
Audit xizmati, bugungi kunda, aytish mumkinki, tijorat ban-ki va uning
barcha filiallari va boshqa tarkibiy tuzilmalari faoliyatini auditdan o‘tkazish orqali
Bank kengashiga bank fao-liyati istiqbollari va maqsadlariga erishishda haqiqiy
ko‘makchi bo‘lmoqda. Audit xizmati mustaqil tarkibiy tuzilma bo‘lgani bi-lan o‘z
faoliyatini bankning boshqa mustaqil boshqarmalari bilan hamkorlikda olib boradi.
Audit xizmati bevosita Bank kengashi va uning auditorlik qo‘mitasiga bo‘ysunadi.
Audit xizmatining tarkibiy tuzilishi va shtat birligini ham Bank Kengashi
tasdiqlaydi.
Dostları ilə paylaş: