Bank hisobi, tahlil va audit


Bosh buxgalterlarning javobgarligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/112
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177084
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   112
bank-hisobi-tahlil-va-audit-darslik

 Bosh buxgalterlarning javobgarligi
Bosh buxgalter quyidagi hollarda javobgar bo‘ladi: 
a) buxgalteriya hisobi noto‘g‘ri yuritilib, oqibatda pala-partish holatga 
kelgan va buxgalteriya hisoboti buzilganda; 
b) pul mablag‘lari, tovar-moddiy va boshqa qimmatliklarni qabul qilish, 
ularni kirim qilish, saqlash va sarflash yuzasidan qonunchilikda belgilangan 
tartibga zid operatsiyalar bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilgan va ijroga qabul 
qilingan hollarda; 


79 
v) talab qilib olinguncha va boshqa hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalar, 
shuningdek debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar kechikib hamda noto‘g‘ri 
amalga oshirilganda; 
g) kamomadlar, debitorlik qarzlari va boshqa yo‘qotishlarni buxgalteriya 
balans hisobotlaridan chiqarish tartibi buzilganda; 
d) buxgalteriya xodimining aybi bilan noto‘g‘ri buxgalteriya hisoboti 
tuzilganda; 
e) buxgalteriya hisobini tashkil etishga doir boshqa normativ-huquqiy 
hujjatlar talablari buzilganda. 
33. Bosh buxgalter quyidagi holatlar uchun bank rahbari bilan teng javobgar 
hisoblanadi: 
a) moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarining 
buzilishi; 
b) mansabdor shaxslardan ular etkazgan zarar summasini o‘z vaqtida undirib 
olmaslik; 
v) kunlik, oylik, choraklik va yillik balans hisoboti hamda boshqa 
buxgalteriya hisobotlarini tegishli organlarga taqdim etish muddatlarining 
buzilishi; 
g) bankning balans hisobotida aks ettirilgan ma’lumotlar hamda elektron 
to‘lovlar tizimi orqali o‘tkazilgan to‘lov hujjatlarining but saqlanish hamda kunlik 
arxivlash tartibi uchun. 
Bosh buxgalterlarning tartib-intizomi, moddiy va jinoiy javobgarligi 
amaldagi qonunchilikka muvofiq tarzda belgilanadi. Bunda bosh buxgalter 
bo‘ysunish tartibiga muvofiq tegishli yuqori bank tomonidan intizomiy 
javobgarlikka tortilishi mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin