81
VI-Bob. Tijorat banklar faoliyatini tahlil qilish asoslari
Reja:
6.1. Tijorat banklari faoliyatini tahlil qilish va uning uziga xos
xususiyatlari.
6.2. Bank majburiyatlarining tarkibiy jihatdan tahlili.
6.3. Bank aktivlari tarkibining tahlili.
6.1. Tijorat banklari faoliyatini tahlil qilish va uning uziga
xos xususiyatlari
Har qanday jarayonning keyingi taqdiri uni har tomonlama chuqur tahlil
etilishiga asoslanadi. Ayniqsa iqtisodiy jarayonlarning takomillashuvi va
rivojlanishini iqtisodiy tahlilsiz tasavvur etish mumkin emas.
Bozor iqtisodiyoti davrida banklar Prezidentimiz ta’kidlab o’tganlaridek
iqtisodiyotning
qon tomirlari hisoblanar ekan, ular faoliyatini tartibga solish,
muvofiqlashtirish muhim masalalardan bir bo’lib qolaveradi. Chunki, banklar
iqtisodiyotda kredit munosabatlari va hisob-kitoblarda vositachi vazifasini bajarar
ekan, barcha iqtisodiy sub’ektlarning barqaror faoliyat yuritishi bank tizimining
barqarorligi bilan chambarchas ravishda bog’liq bo’lib qoladi. Banklar ish
yurituvchilar faoliyatining uzluksizligini ta’minlash maqsadida ularni doimiy
ravishda kredit mablag’lari bilan ta’minlab turadilar. Bundan tashqari barcha
iqtisodiy sub’ektlar o’rtasidagi hisob-kitoblar banklar orqali amalga oshiriladi.
Shunday ekan, iqtisodiy munosabatlarning barqarorligi
va samaradorligini bank
faoliyatisiz, uning barqaror rivojisiz amalga oshirish mumkin emas.
Banklar barqaror va samarali faoliyat yuritmasa uning mijozlari o’z faoliyatini
uzliksizligini ta’minlashning iloji bo’lmay qoladi. Mijozlar faoliyati ko’p jihatdan
banklarning likvidliligi, to’lov qobiliyati va samarali faoliyat yuritishiga bog’liqdir.
Yuqorida bildirilgan fiklarning barchasi banklar faoliyati bilan butun iqtisodiy
jarayonlarning uzluksiz ravishda bog’liqligini bildiradi.
82
Shunday ekan, banklar faoliyatini izchil, chuqur va ilmiy asoslangan
ravishda uzluksiz tahlil etib borish, ular faoliyatining barqarorligini ta’minlash
muhim iqtisodiy masalalardan bir bo’lib qolaveradi va ulkan ahamiyat kasb etadi.
Bank faoliyatini tahlil etish uchun bank faoliyati bilan bog’liq bo’lgan barcha
iqtisodiy jarayonlarni
har tomonlama chuqur his etmoq, anglamoq zarur bo’ladi.
Buning uchun esa eng avallo bankning mohiyati, bajaradigan vazifalari, ushbu
vazifalarni bajarish asoslari, usullari, xullas, butun bank faoliyatiga tegishli
jarayonlarni his etmoq lozim. Bank faoliyatini yuritish uchun lozim bo’lgan
mablag’lar
va ularning manbalari, o’z mablag’lari hamda majburiyatlari tarkibi,
ular o’rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash masalalari, ushbu mablag’larni samarali
yo’naltirish, bankning likvidliligi, to’lov qobiliyatini ta’minlash asoslari kabilar
chuqur o’rganilmog’i zarur.
Yuqorida bildirilgan fikrlarni umumlashtirgan holda, Bank faoliyati tahlili
fanining predmeti, bank faoliyatini o’zida aks ettiruvchi
iqtisodiy jarayonlarni
uzsluksiz ravishda o’rganishdan iboratdir.
Bank faoliyati tahlili fani banklarda muomaladagi bo’sh mablag’larni o’ziga
jalb etish, o’z mablag’larini to’plash va boshqarish, jamlangan passivlarning aktiv
operatsiyalarga joylashtirish, aktivlarni boshqarish daromad va xarajatlarni
shakllantirish hamda mijozlarga bank xizmatlarini ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan
iqtisodiy jarayonlarni o’rganadi.
Har qanday tahlil kabi, banklar faoliyati tahlili jarayonida birinchidan
haqiqiy holat o’rganiladi, ikkinchidan haqiqiy holat normativ ko’rsatkichlar bilan
taqqoslanadi uchinchidan olingan natijalarga ta’sir etuvchi omillar va ular
ta’sirining bank faoliyatiga ta’siri tahlil qilinib faoliyatni yanada takomillashtirish
yuzasidan bank boshqaruviga takliflar tayyorlanadi. Shunday ekan, Bank
Boshqaruvi tomonidan bank faoliyati samaradorligini
oshirish uchun qabul
qilinadigan qarorlari albatta bank faoliyati tahlil natijalariga asoslanadi. Qabul
qilingan qarorlarning samarasi faoliyat tahlili natijalarining nechog’lik to’g’riligiga
proportsional ravishda bog’liqdir.
Bank faoliyati tahlilining asoslari bo’lib, quyidagilar hisoblanadi:
83
-
birinchidan, bank balansi ma’lumotlari;
-
ikkinchidan bank daromad va xarajatlari (moliyaviy natijalar) balansi;
-
uchinchidan bank buxgalteriyasi analitik va sintetik hisob raqamlari
ma’lumotlari.
Bank faoliyatining o’ziga xos xususiyatlardan bir bo’lib, banklarda kunlik
balans hisobotlari tuziladi. Har bir ish kuni oxirida, bankning har bir filiali
tomonidan
balans
tuziladi
va
u
Respublika
Boshqaruvi
tomonidan
umumlashtiriladi. Bu holat bank faoliyatini tezkor ravishda tahlil qilib borish
imkoniyatini yaratadi.
Bankning daromadlari va xarajatlari balans ma’lumotlariga
asosan uning
daromadlari manbalari, miqdori, xarajatlarining turlari va hajmi hamda faoliyat
samaradorligi tahlil qilinadi.
Bank faoliyatini operativ (tezkor) tahlil qilishda analitik va sintetik hisob
raqamlar oboroti va qoldig’idan foydalanadi. Shunday ekan, 1,2,3 ilovalarda
keltirilgan ma’lumotlar bank faoliyatini tahlil qilishning asosini tashkil etadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday faoliyat yurituvchi korxona faoliyati
tahlilidan asosiy maqsad faoliyat samaradorligi oshirishdan iboratdir.
Bank faoliyati tahlilin amalga oshirishdan ham bosh maqsad bo’lib, bank
faoliyati samaradorligini oshirishga erishishdan iboratdir.
Bank faoliyati natijasida olinadigan sof foydaning miqdori oshishini
ta’minlash, omonatchilar va kreditorlarning
ishonchini qozonish va bank
aktsionerlariga to’lanadigan dividentlar miqdorini oshirib borish uchun bank
faoliyati domiy va uzluksiz ravishda tahlil qilib borilishi lozim.
Bosh maqsadga erishish uchun bank faoliyatining barcha jihatlari uzluksiz
ravishda tahlil etilishi, uning natijalari to’g’ri va aniq talqin qilingan holda Bank
Boshqaruviga xulosa chiqarish va qaror qabul qilish uchun muntazam ravishda
taqdim etib borilmog’i lozim. Bank strategiyasini belgilash,
Bank Boshqaruvi,
Kuzatuv kengashi va Aktsionerlarning umumiy yig’ilishi qarorlari ham bank
faoliyati tahliliga asoslanadi va ushbu qabul qilingan qarorlar samaradorligini
belgilab beradi.