VIII-bob bo’yicha o’z bilimini tekshirishga doir nazorat savollari
1.
Bank auditining predmetini tushuntiring.
2.
Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi
qonungan izoh bering.
3.
Bank auditining maqsadida nimalar nazarda tutiladi.
4.
Bank auditining vazifalariga baho bering.
5.
Bank auditini shakllanish bosqichlarini tushuntiring.
122
IX-Bob. Tijorat banklari operatsiyalarini auditorlik tekshuruvidan
o‘tkazish tartibi
Reja:
9.1. Tijorat banklarini hisob-kitob operatsiyalarini auditorlik
tekshiruvidan o’tkazish tartibi.
9.2. Bankning moliyaviy natijalarini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish.
9.1. Tijorat banklarini hisob-kitob operatsiyalarini auditorlik
tekshiruvidan o’tkazish tartibi
Markaziy bank tijorat banklari va ularning filiallari moliyaviy- xo‘jalik
faoliyatini vaqti-vaqti bilan muntazam nazorat qilib turishga katta e’tibor
qaratmoqda. Jaxon tajribasi ko‘rsatishicha, tijorat banklari barqarorligini saqlashda
tashqi va ichki audit katta ahamiyat kasb etadi. Markaziy bankning ichki auditni
kuchaytirishga nisbatan qo‘yayo’tgan qat’iy talablari nazorat organlari va moliya-
kredit muassasalarining o‘z zimmalariga yuklanayo’tgan vazifalarni sifatli va o‘z
vaqtida bajarishiga sharoit yaratmoqda.
Ichki audit xizmatini yo‘lga qo‘yishdan kutilgan maqsad ichki nazorat
tizimi, jumladan, moliyaviy hisobotlarni tuzish ustidan nazorat o‘rnatishdir. Ichki
audit tomonidan bank faoliyati, boshqaruv jarayo’ni sifatini oshirish, bank
faoliyatini yanada yaxshilashga yo‘naltirilgan ob’ektiv baho va maslahat berish
bankning moliyaviy bozordagi o‘rnini mustahkamlashga olib keladi. Tijorat
banklarida ichki auditni tashkil etish bank kengashining zimmasiga yuklatilgan
bo‘lib, ichki nazoratning samaradorligi bilan bog‘liq masalalarni vaqti-vaqti bilan
ko‘rib boradi, bankdagi ichki nazorat ahvolini bank menejerlari, ichki auditorlar
bilan muhokama etadi. Ichki auditorlar nazorat muassasalarining bankda
aniqlangan kamchiliklarni barataraf etishdagi takliflarining bank rahbarlari
tomonidan bajarilishini ta’minlaydi, mavjud tavakkalchilik va limitlarning bank
strategiyasiga mos kelishini kuzatib boradi. Bank rahbariyati xodimlarning o‘z
123
burchlarini og‘ishmay bajarishini ta’minlaydigan vakolat va mas’uliyatini aniq
belgilab berishi kerak. Chunki bank risklarini nazorat qilish va monitoring qilish
uchun birinchi navbatda bank rahbarlari javobgardir.
Ichki audit o‘z faoliyatining maqsadlariga erishish uchun asosan quyidagi
vazifalarni bajaradi:
-
Bank kengashini audit tekshiruvlariga asoslangan bankning haqiqiy
moliyaviy holati va bankning ichki nazorat tizimi samaradorligi to‘g‘risidagi aniq
va mustaqil (holis) ma’lumotlar bilan ta’minlab boradi;
-
ichki audit tizimining samaradorligi va audit tekshiruvini o‘tkazishga doir
qabul qilingan tartib va tadbirlarning amalda qanday qo‘llanilayo’tgani va
ta’sirchanligini baholaydi va tahlil qiladi;
-
bank faoliyatida ko‘zlangan maqsadlarga erishish uchun qo‘llanilgan
ma’muriy va amaliy tadbirlarning samaradorligini tahlil qiladi;
-
tavakkalchiliklarni boshqarishga va ularni baholash uslublariga doir
tartiblarning qo‘llanilishi hamda ularning samaradorligini tahlil qiladi;
-
moliyaviy ma’lumotlar tizimini, jumladan elektron ma’lumotlar tizimi va
elektron bank xizmatlarini tahlil qiladi;
-
buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarning ishonchliligi va
haqqoniyligini tahlil qiladi;
-
bank faoliyatining amaldagi qonun va Markaziy bankning me’yo’riy
-
hujjatlari talablariga muvofiqligini baholaydi;
-
bank kengashi tomonidan qabul qilingan ichki siyo’satlar va bankning ichki
me’yo’riy hujjatlariga rioya qilinishini tekshiradi;
-
doimiy hisobotlarning to‘liqliligi, ishonchliligi va o‘z vaqtida taqdim
qilinishini tekshiradi;
-
buxgalteriya kitobi va moliyaviy hisobotlarning to‘g‘riligi va haqqoniyligini
o‘rganadi;
-
kapital tarkibi va etarliligi, aktivlar sifati va ssuda portfelini tasniflash
asosida zahiralar tashkil qilinishini, balans va balansdan tashqari moddalar
tarkibidagi o‘zgarishlar harakati va jihatlarini, bosh bank tomonidan tasdiqlangan
124
moliya rejasi ijrosining bajarilishini, daromadlar tarkibidagi balansning asosiy
jihatlarini, boshqaruvning iqtisodiy samaradorligini tahlil qiladi;
-
bank kengashi talabiga asosan maxsus tekshirishlar o‘tkazadi yo’ki maxsus
tekshirishlar o‘tkazishga yo’rdam beradi;
-
bank xodimlariga ularning o‘z vazifalarini samarali bajarishda
ko‘maklashish;
-
oylik, choraklik va yillik moliyaviy hisobotlarni joriy auditdan o‘tkazish;
-
buxgalteriya, amaliyo’t va ma’muriy nazorat tizimining monandligini
baholashga yo’rdam beradi.
Bundan tashqari, ichki audit xizmati:
-
bank ichki siyo’sati va boshqa ichki me’yo’riy hujjatlarini ishlab chiqishda
qatnashadi;
-
o‘zaro tajriba almashish va malaka oshirish maqsadida boshqa tijorat
banklari va tashkilotlarning ichki audit xizmatlari bilan hamkorlik qiladi;
-
ma’lumotlarni almashish orqali ichki audit xodimlari tashqi
auditorlarga yo’rdam beradi va ularning ishida ko‘maklashadi;
-
o‘tkazilgan audit tekshiruvlari materiallarini umumlashtiradi va auditorlik
qo‘mitasiga tekshirish natijalari to‘g‘risidagi hisobotni taqdim etadi;
-
audit o‘tkazish jarayo’nida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha
bank kengashi va boshqaruv tomonidan qabul qilingan qarorlarning o‘z vaqtida va
to‘liq ijro etilishi ustidan doimiy nazorat olib boradi.
Audit xizmatiga bank kengashi tomonidan tayinlangan bosh auditor rahbarlik
qiladi. U audit o‘tkazishni rejalashtiradi, siyo’sat va jarayo’nlarni belgilaydi,
xodimlar malakasini oshirish va o‘qitish choralarini ko‘radi, sifatga javob beradi.
Bosh auditorning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-
audit xizmati faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
-
audit xizmatining tarkibiy bo‘limlari to‘zilishini, ularning lavozim
vazifalarini, audit xizmatining nizomini, audit tekshirishlari tartiblarini, audit
xizmatining yillik harajatlar smetasini ishlab chiqadi va ushbu hujjatlarning ichki
audit standartlariga muvofiqligini ta’minlaydi;
125
-
audit xizmatiga malakali xodimlarni jalb qiladi va ular faoliyatini bevosita
boshqaradi;
-
audit xizmati xodimlarining malakalarini oshirish choralarini ko‘rib boradi;
-
bank kengashi va auditorlik qo‘mitasiga audit xizmati faoliyati bo‘yicha
doimiy hisobotlar berib boradi;
-
bosh auditor lavozim yo‘riqnomasida qayd etilgan boshqa vazifalarni
bajaradi.
-
Audit xizmati xodimlarining huquq va vakolatlarining aniq belgilanishi o‘z
faoliyatini sifatli va samarali bajarilishini ta’minlaydi.
Tekshiruv davomida ular:
-
tekshirish o‘tkazish maqsadida bosh bank va bank filiallarining barcha bino
va xonalariga, shu jumladan kassa tarmog‘i, pul almashtirish shoxobchalari,
jamg‘arma kassalariga to‘siqsiz kirish;
-
bank faoliyatiga tegishli bo‘lgan va audit tekshiruvi predmeti hisoblangan
barcha zarur hujjatlarni bank va bank filiallari rahbarlari hamda xodimlaridan talab
qilish;
-
tekshirish davomida bank va uning filiallari rahbarlari, xodimlaridan yuzaga
kelgan savollar bo‘yicha tushuntirishlar olish, zarur hollarda ulardan yo’zma
tushuntirishlar olish;
-
hujjatlardan nusxalar olish;zarur hollarda, belgilangan tartibda (kelgusida
saqlanishi gumon bo‘lgan) hujjatlarning asl nusxalarini olib qo‘yish;
-
alohida bank operatsiyalari va hujjatlari tekshirilayo’tganda rasmiy
so‘rovnoma orqali bank mijozlaridan zarur ma’lumotlar, tasdiqnomalar va
hujjatlarni talab qilib olish huquq va vakolatlariga ega bo‘lishi kerak.
Bundan tashqari, tekshirish jarayo’nida aniqlangan xato va kamchiliklar
bo‘yicha filiallarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilishi to‘g‘risida bank kengashiga
takliflar kiritib borishi lozim.
Audit xizmati xodimlari bank faoliyatining barcha qirralarini tekshirish
huquqi o‘z navbatida, ularga muayyan majburiyatlar ham yuklaydi, hisobotlarning
to‘g‘ri va haqqoniy to‘zilishida katta mas’uliyatga ega bo‘ladilar.
126
Bu jihatdan ular:
-
bank muassasasida tekshirish o‘tkazish haqidagi farmoyish va xizmat
guvohnomasiga ega bo‘lishi;
-
bank va uning filiallarida o‘tkazilgan tekshirish jarayo’nida ma’lum bo‘lgan
bank va tijorat sirlarining maxfiyligini ta’minlashi;
-
audit tekshiruvlarini mutlaq mustaqil ravishda olib borishi;
-
audit tekshiruvlarini o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazishi;
-
tekshirish natijalari bo‘yicha o‘z vaqtida holis audit hisobotlarini tayyo’rlash
va taqdim etishi;
-
audit tekshiruvi o‘tkazishga doir Markaziy bank me’yo’riy hujjatlari va
bankning ichki me’yo’riy hujjatlariga rioya qilishi lozim.
-
Shu bilan birga ichki audit xizmati xodimlari:
-
tekshirish natijalarini bo‘zib ko‘rsatgani, bank va uning filiallari moliyaviy
holatiga holis baho bermagani;
-
tekshirish jarayo’nida ma’lum bo‘lgan bank va tijorat sirlarining
maxfiyligini ta’minlamagani;
-
tekshirish davomida olingan hujjatlarning butligi va qaytarilishini
ta’minlamagani uchun ichki audit xizmati xodimlari O‘zbekiston Respublikasining
amaldagi qonunchiligi va bankning tegishli ichki me’yo’riy hujjatlariga binoan
javobgar bo‘lishi lozim.
Alohida bank operatsiyalari va hujjatlari tekshirilayo’tganda rasmiy
so‘rovnoma orqali bank mijozlaridan zarur ma’lumotlar, tasdiqnomalar va hujjatlar
ham talab qilib olinishi mumkin. Filiallar faoliyati auditdan o‘tkazilayotganda
ayrim holatlarda hujjatlardan nusxalar olinishi, zarur hollarda esa belgilangan
tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgandan so‘ng, hujjatlarning asl nusxalari olinishi
mumkin. Auditorlar tekshiruv o‘tkazish jarayonida ayrim holatlar bo‘yicha yo‘l
qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan filial xodimlaridan tushuntirish xatlari talab
qilishi mumkin.
Audit
tekshiruvining
so‘nggi
bosqichida
tekshiruv
materiallari
umumlashtirilib, dalolatnoma rasmiylashtiriladi va ushbu hujjat auditda qatnashgan
127
barcha audit xizmati xodimlari hamda filial rahbariyati tomonidan imzolanadi.
Filial rahbarlari ushbu materiallarni imzolashdan bosh tortgan hollarda esa yo’zma
ravishda tushuntirish berishlari shart.
Amaliyot kassalari bo‘yicha tuzilgan materiallar maxfiyligi tufayligi alohida
dalolatnoma rasmiylashtiriladi hamda ushbu hujjat filial kassasida ishtirok etgan
auditorlar va kassa uchun mas’ul filial xodimlari tomonidan imzolanadi. Ushbu
hujjatning birinchi nusxasi filialning maxsus bo‘limi orqali Bosh bankka
jo‘natiladi hamda uning to‘laligicha va o‘z vaqtida jo‘natilishi uchun filial
rahbarlari javobgar
isoblanadi.
Audit tekshiruvlari tugashi bilan audit xizmati tomonidan qisqa muddat
ichida auditorlik hisobotlari tayyo’rlanadi. Ushbu hisobotlar bevosita Auditorlik
qo‘mitasiga taqdim etiladi. Boshqarmalarga tegishli bo‘lgan audit xizmatining
materiallarida aks ettirilgan kamchiliklar yuzasidan ularni bartaraf etish bo‘yicha
qanday tadbirlar ishlab chiqilishi, kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlarga
nisbatan qanday choralar ko‘rilishi kerakligi haqida ikki kun muddat ichida tegishli
boshqarmalar o‘z fikr-mulohazalarini yo’zma ravishda audit xizmatiga taqdim
etishlari lozim.
Kredit operatsiyalari auditi Markaziy bankning me’yo’riy hujjatlariga va
bevosita tijorat bankining kredit siyo’satiga asoslangan holda o‘tkaziladi.
Kredit portfeli tahliliga asoslangan holda audit muayyan berilgan kreditga
bankning tavakkalchiligini aniqlaydi. Ushbu bosqich alohida e’tibor berishni talab
etadi. Chunki auditorlar tavakkalchilik darajasiga qarab aniq kreditga nisbatan
hisoblangan zahirani ko‘paytirish yo’ki kamaytirishga haqlidir, bu esa bank
aktivining sifatida o‘z ifodasini opadi.Kredit portfelining holatini tahlil qilishda
auditor kredit berish bilan bog‘liq bir nechta ko‘rsatkichlarni, ya’ni berilgan
kreditning o‘ziga xos xususiyati, uning ta’minlanishi, foizlarning to‘g‘ri
hisoblanishi va o‘z vaqtida daromad hisobvaraqlariga olinishi, qaytarilish
muddatlari va hokazolarni o‘rganishi lozim bo‘ladi.
|