1.3. Bank hisobi, tahlil va auditning banklar faoliyatida o’rni, ahamiyati.
Bank hisobi, tahlil va auditning banklar faoliyatida o’rni
buxgalteriya
hisobining yuritilishi, buxgalteriya ishining to‘g‘ri tashkil etilishi va nazoratning
aniq olib borilishi bankning o‘z vazifalarini to‘g‘ri bajarishini, mavjud va bo‘lg‘usi
investorlar, kreditorlar, hukumat muassasalari, vazirliklar, idoralar, jamoatchilik va
boshqa manfaatdor foydalanuvchilar, shuningdek, bank rahbariyati va xodimlari
uchun bank faoliyatiga haqqoniy baho berish imkonini yaratadigan aniq va foydali
axborot olishni ta’minlaydi.
Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni bank filiali (bundan keyingi
o‘rinlarda bank deb yuritiladi) rahbari amalga oshiradi. Buxgalteriya apparatiga
bankning bosh buxgalteri rahbarlik qiladi. U Bank tizimining bosh buxgalterlari
to‘g‘risidagi namunaviy nizom asosida ish olib boradi. Bosh buxgalter bo‘lmagan
vaqtda uning vazifalarini bosh buxgalter o‘rinbosari bajaradi.
Banklarda buxgalteriya ishlarini yuritish uchun buxgalteriya apparati
tuziladi. Bank buxgalteriya apparatiga shartnoma asosida chetdan jalb qilingan
buxgalterlar yoki buxgalteriya firmasi xodimlarining kiritilishi qat’iyan
taqiqlanadi.
Bank buxgalteriya apparatining tashkiliy tuzilishi va unda tashkil etiladigan
bo‘limlar soni amalga oshiriladigan operatsiyalar hajmiga va ularning
avtomatlashtirilganlik darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Ish hajmi kichik banklarda buxgalteriya apparati bankning yaxlit bo‘linmasi
sifatida faoliyat yuritishi mumkin. Bunda banklararo hisob-kitoblar, chet el
valyutasi bo‘yicha operatsiyalar va bankning ichki hisobvaraqlari bo‘yicha
operatsiyalarning hisobini yuritish maxsus bo‘limlarga topshirilishi mumkin. Ish
hajmi katta banklarda buxgalteriya apparati ushbu Yo‘riqnoma talablarini hisobga
olgan holda tashkil etilishi lozim. SHuningdek, barcha operatsiyalar mas’ul ijrochi
buxgalterlar tomonidan dastlabki va nazoratchi buxgalterlar tomonidan joriy
nazoratdan o‘tishini ta’minlash maqsadida ish hajmidan kelib chiqqan holda
mas’ul ijrochi va nazoratchilar soni o‘rtasida mutanosiblik saqlanishi lozim.
19
Buxgalteriya apparati xodimlarining aniq vazifalari bosh buxgalter
tomonidan belgilab beriladi va bank rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Mas’ul
ijrochi va nazoratchi buxgalterlar zimmasiga muayyan
hisobvaraqlarni yuritish yoki alohida operatsiyalarni amalga oshirish ishlari
yuklatiladi. Hisobvaraqlar xodimlar o‘rtasida bank ichki tartib qoidalari asosida
operatsiyalar hajmi, mijozlar turi va boshqa xususiyatlardan kelib chiqqan holda
taqsimlanadi.
Bank bosh buxgalteri muhrlar, shtamplar va blanklarni ularning yo‘qolishiga
yoki boshqa maqsadlarda ishlatilishiga yo‘l qo‘yilmaydigan tarzda saqlanishi
hamda foydalanishi ustidan nazoratni ta’minlashi shart. Bank muhrlari va bur
chakli shtamplarining hisobi ularni saqlayotgan shaxs familiyasi va lavozimi
ko‘rsatilgan maxsus daftarda yuritiladi. Daftar varaqlari raqamlangan, bog‘langan
va bank muhri, bank rahbari hamda bosh buxgalterining imzolari bilan
tasdiqlangan bo‘lishi va bank rahbarining yozma farmoyishi bilan tayinlangan va
qimmatliklar bilan operatsiyalar olib borishdan ozod etilgan shaxs tomonidan
yuritilishi lozim.
Bank xodimlarining ish joylari shunday joylashtirilgan bo‘lishi kerakki,
bunda mijozlar va boshqa begona shaxslarning bankning muhrlari, shtamplari,
hujjatlari va blanklarini olishlariga imkon bo‘lmasligi lozim.
Xodim mehnat ta’tiliga chiqqan, kasal bo‘lib qolgan yoki boshqa sabablarga
ko‘ra ishda bo‘lmagan hollarda unga biriktirilgan hisobvaraqlar hamda uning
vazifalari muhr va shtamplar bilan birgalikda boshqa xodimga topshiriladi va bu
haqda maxsus daftarda tegishli yozuvlar qayd etiladi.
Bosh buxgalter zimmasiga umumiy nazoratni tashkil etish hamda har kuni
buxgalteriya va kassa ishlarining barcha bo‘g‘inlarida o‘rnatilgan tartibga amal
qilinishini kuzatib borish yuklatiladi. Shuningdek, bank bosh buxgalteriga bosh va
yordamchi kitoblarda operatsiyalarni qayd etish, tegishli buxgalteriya hisobi
hisobotlarini dasturiy ravishda tuzish ishlariga rahbarlik qilish yuklatiladi. Bank
bosh buxgalteri ishda bo‘lmagan vaqtda, ushbu vazifalar bank rahbarining
buyrug‘iga ko‘ra uning o‘pinbosapiga topshiriladi.
20
Mijozlarning bank xodimlarining xatti-harakatlari ustidan shikoyatlari hamda
boshqa murojaatlari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq qabul qilinadi va ko‘rib
chiqiladi. Murojaat qilish tartibi e’lonlar osib qo‘yish yo‘li bilan mijozlarga
ma’lum qilinishi lozim.
Bank rahbari buxgalteriya ishi holatini umumiy kuzatish bilan bir qatorda
balans va boshqa hisobotlarni o‘z vaqtida tuzilishini tekshirib borishi, mijozlarga
o‘z vaqtida va sifatli xizmat ko‘rsatilishini muntazam nazorat qilib turishi shart.
Tarkibiy tuzilmasi Front-ofis va Bek-ofis sifatida tashkil etilgan banklarning
buxgalteriya apparati shu tarkibiy tuzilmalarga mos ravishda tashkil etilishi
mumkin.
Bank hisobi, tahlil va audit fanining banklar faoliyatida o’rniva ahamiyatini
o’zlashtirishda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
-
bank amaliyot kuni - bank ish kunining bir qismi bo‘lib, bankka kelib
tushgan barcha pul hisob-kitob hujjatlarini qabul qilish, rasmiylashtirish va
buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aks ettirish uchun ajratilgan vaqt;
-
bank buxgalteriya apparati - pul hisob-kitob hujjatlarini rasmiylashtirish,
bank operatsiyalarini bajarish va ularni ichki nazoratdan o‘tkazish hamda hisob
registrlarida qayd etish va buxgalteriya hisobotlarini tayyorlash bilan
shug‘ullanuvchi xodimlar guruhi;
-
bank ish kuni - qonun hujjatlari bilan belgilangan kun ichida o‘rnatilgan ish
vaqti;
-
bank operatsiyalari ichki nazorati (bundan keyingi o‘rinlarda ichki nazorat
deb yuritiladi) - bank rahbariyati va barcha bank xodimlari tomonidan kunlik bank
operatsiyalarini amalga oshirish jarayonida ularning qonunchilikka mosligi,
samaradorligi, yuqori malakada bajarilishi va moliyaviy hisobotlarning
ishonchliligini ta’minlash tizimi;
-
Ichki nazorat ma’lum yoki aniq vaqt mobaynida amal qilinishi lozim
bo‘lgan tartib yoki qoida bo‘lmasdan, balki u bankning barcha bo‘g‘inlarida kunlik
bank operatsiyalarning boshlanishidan tortib tugagunga qadar doimiy yuritiladigan
bank faoliyatining ajralmas qismidir.
21
Ichki nazorat o‘z navbatida dastlabki nazorat, joriy nazorat va yakuniy
nazoratga bo‘linadi;
-
bosh kitob - hisobvaraqlar rejasidagi ikkinchi tartibli hisobvaraqlar ro‘yxati;
-
buxgalteriya hisobi registrlari - ikkiyoqlama yozuv usulida operatsiyalar
qayd etiladigan jurnallar, qaydnomalar, daftarlar va tasdiqlangan blanklar;
-
Bek-ofis - bankning tarkibiy qismi bo‘lib, Front-ofis tomonidan dastlabki
nazoratdan o‘tgan va ijro uchun taqdim qilingan operatsiyalarni joriy nazoratdan
o‘tkazish va bank operatsiyalarini amalga oshiruvchi buxgalterlar guruhi.
Bek-ofisning asosiy vazifasi Front-ofis tomonidan dastlabki nazoratdan
o‘tkazilib, ma’qullangan barcha bank operatsiyalarni qaytadan joriy nazoratdan
o‘tkazib, ularni ikkiyoqlama yozuv yordamida buxgalteriya registrlarida qayd etish
va tegishli hisobotlar tayyorlashdan iborat.
Bek-ofis mijozlar bilan bevosita muloqotda bo‘lmaydi. U, mijozlar
operatsiyalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish bo‘yicha Front-ofis bilan,
bankning ichki moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobida aks
ettirish bo‘yicha bank ma’muriyati bilan aloqada bo‘ladi.
-
Bek-ofisga Bek-ofis boshlig‘i rahbarlik qiladi va u o‘z navbatida bank
rahbariga bo‘ysunadi;
-
dastlabki nazorat - Front-ofis yoki mas’ul ijrochi buxgalter tomonidan
operatsiyalarni bajarmasdan oldin ularning qonunchilikka mos ekanligini aniqlash
bo‘yicha amalga oshiriladigan nazorat;
-
yordamchi kitob - bosh kitob hisobvaraqlariga ochiladigan shaxsiy
hisobvaraqlar, shuningdek alohida mablag‘lar turi va qimmatliklar bo‘yicha
yuritiladigan kartochka, kitob yoki jurnallar;
-
joriy nazorat - Bek-ofis yoki nazoratchi buxgalter tomonidan Front-ofis yoki
mas’ul ijrochi buxgalter ma’qullagan barcha bank operatsiyalarining qonunchilikka
mosligini aniqlash maqsadida qaytadan amalga oshiriladigan nazorat. Joriy nazorat
pul hisob-kitob hujjatlarining asl va elektron nusxalarining bir-biriga mosligini
tekshirishni ham o‘z ichiga oladi;
22
-
mas’ul ijrochi buxgalter - mijozlarning pul hisob-kitob hujjatlarini to‘g‘ri
rasmiylashtirilganligi va bank operatsiyalarining qonuniyligini dastlabki
nazoratdan o‘tkazib, ularni buxgalteriya hisobida aks ettirishga tayyorlovchi
buxgalter;
-
bank xizmatlari ofisi - bank filiali binosidan tashqarida joylashgan va
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tegishli normativ-huquqiy
hujjatlariga muvofiq faoliyat yurituvchi bank filialining tarkibiy tuzilmasi. Bank
xizmatlari ofisi turli xil nomlanishi ("Minibank", "Chakana xizmatlar markazi",
"Bank xizmatlari markazi" va boshqalar) mumkin;
-
nazoratchi buxgalter - mas’ul ijrochi buxgalter tomonidan dastlabki
nazoratdan o‘tkazilgan barcha bank operatsiyalarini joriy nazoratdan o‘tkazib
amalga oshiruvchi buxgalter;
-
Front-ofis - bankning tarkibiy qismi bo‘lib, qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan bank operatsiyalarini amalga oshirishda bank mijozlari bilan bevosita
muloqotda bo‘lgan holda ularga barcha bank xizmatlari ko‘rsatuvchi xodimlar
guruhi. Ushbu guruhga Front-ofis boshlig‘i rahbarlik qiladi.
-
Front-ofisning asosiy vazifasi mijozlar topshirig‘i hamda bank ichki faoliyati
bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan operatsiyalarning qonunchilikka mos
ekanligini aniqlash va ularni buxgalteriya hisobida aks ettirishga tayyorlashdan
iborat;
-
yakuniy nazorat - amaliyot kun tugagandan so‘ng, keyingi bank ish kunidan
kechikmagan holda bankda amalga oshirilgan barcha bank operatsiyalarini
buxgalteriya hisobida to‘g‘ri aks ettirilganligini, shu jumladan birlamchi hujjatlar
asosida o‘tkazilganligini tekshirish maqsadida amalga oshiriladigan nazorat;
-
Banklar faoliyatini izchil, chuqur va ilmiy asoslangan ravishda uzluksiz
tahlil etib borish, ular faoliyatining barqarorligini ta’minlash muhim iqtisodiy
masalalardan bir bo’lib qolaveradi va ulkan ahamiyat kasb etadi.
Bank faoliyatini tahlil etish uchun bank faoliyati bilan bog’liq bo’lgan barcha
iqtisodiy jarayonlarni har tomonlama chuqur his etmoq, anglamoq zarur bo’ladi.
Buning uchun esa eng avallo bankning mohiyati, bajaradigan vazifalari, ushbu
23
vazifalarni bajarish asoslari, usullari, xullas, butun bank faoliyatiga tegishli
jarayonlarni his etmoq lozim. Bank faoliyatini yuritish uchun lozim bo’lgan
mablag’lar va ularning manbalari, o’z mablag’lari hamda majburiyatlari tarkibi,
ular o’rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash masalalari, ushbu mablag’larni samarali
yo’naltirish, bankning likvidliligi, to’lov qobiliyatini ta’minlash asoslari kabilar
chuqur o’rganilishi zarur.
Banklarni audit qilishda asosiy vazifalardan biri moliyaviy faoliyatni va
boshqaruv sifatini to‘la tahlil qilish hisoblanadi. Shu bilan birga oxirgi yillarda
bank kredit portfeli sifatida o‘zgarishlarni aniqlash bank boshkaruvchilarining
likvidlilik, ishonchlilik va daromadlilik ko‘rsatkichlarini ta’minlash qobiliyatini
aniqlashga imkon beradi. Bank moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun
bank balansi va balansdan tashqari moddalaridagi aktiv va passivlariga bog‘liq
likvidlilik, to‘lov qobiliyati va risklar to’g’risida ishonchli ma’lumot berishdan
iborat.
Ijobiy audit xulosasi bankka bo’lgan ishonchni oshirib, uning imidjini
oshiradi, mijozlar sonini ko’paytirib, bank samaradorligini oshirishga xizmat
qiladi. Yuqoridagilarga asoslanib shuni aytish mumkinki, “Bank hisobi, tahlil va
audit” fanining banklar faoliyatida ahamiyati juda katta va beqiyos hisoblanadi
Dostları ilə paylaş: |