8
I-Bob. “Bank hisobi, tahlil va audit” fanning maqsadi va vazifalari
Reja:
1.1 “Bank hisobi, tahlil va audit” fanning maqsadi, predmeti va
vazifalari.
1.2. Iqtisodiyotda bank hisobi, tahlil, auditning o’zaro va boshqa fanlar
bilan bog‘liqligi.
1.3. Bank hisobi, tahlil va auditning banklar faoliyatida o’rni, ahamiyati.
1.1.
“Bank hisobi, tahlil va audit” fanining maqsadi, predmeti va
vazifalari
Banklar har kuni bir necha yuz minglab operatsiyalarni amalga oshiradi va
turli xil bank xizmatlarini ko‘rsatadi. Bularning barchasi banklarda buxgalteriya
hisobida aks ettiriladi va tegishli hisobotlarda tahlil va qayd etiladi hamda
auditorlik tekshiruvidan o’tkaziladi. Banklarda buxgalteriya hisobini yuritish va
hisobotlarni tuzish nafaqat bank mijozlari va aholiga sifatli bank xizmatlarini
ko‘rsatish, balki bank aksiyadorlari, kreditorlari, investorlari, mijozlari va davlat
moliya muassasalarini zarur axborot bilan ta’minlash hamda bankning moliyaviy
barqarorligi va iqtisodiy samaradorligini nazorat qilishda muhim o‘rin tutadi.
Ayniqsa, keyingi yillarda mamlakatimiz bank tizimi buxgalteriya hisobini yuritish,
mijozlarga bank xizmatlarini ko‘rsatish va hisobotlarni tayyorlash, ularni tahlili
hamda auditini o’tkazishda juda ko’plab o‘zgarishlar va yangiliklar amalga
oshirildi.
Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarda O‘zbekiston Respublikasi bank
tizimi, banklarda buxgalteriya hisobini yuritilishi, bank auditini tashkil etish va
amalga oshirish, undagi islohotlar va rivojlanish yo‘nalishlari, shuningdek dunyo
bank tizimidagi sodir bo‘layotgan jarayonlar xususida aniq bilim va ko‘nikmalarni
shakllantirish orqali tanlagan yo‘nalishiga bo‘lgan tassavur va qiziqishni
oshirishdir.
Fanning vazifalari - talabalar uchun mutaxassislik fanlari mazmuni
to‘g‘risida ma’lumot berish hamda ushbu fanlarning maqsadi, vazifalari, predmeti,
9
boshqa iqtisodiy fanlar bilan aloqadorligi, ahamiyati, o‘qitish uslublari va baholash
mezonlari xususida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi va dunyo
bank tizimidagi sodir bo‘layotgan jarayonlar to‘g‘risida chuqur va atroflicha bilim
berish hisoblanadi.
“Bank hisobi, tahlil va audit” fani bakalavriatning “Bank hisobi va audit”
ta’lim yo‘nalishida ta’lim oladigan talabalar uchun ixtisoslikka kirish fani
hisoblanadi. Shu sababli, ushbu fanda “Bank hisobi va audit” ta’lim yo‘nalishi
talabalariga O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi, undagi islohotlar, hisob-
kitoblar, bank buxgalteriya hisobini yurilishi va rivojlanish yo‘nalishlari,
shuningdek dunyo bank tizimida sodir bo‘layotgan jarayonlar, o’zgarishlar
xususida dastlabki nazariy va amaliy bilimlarni berish muhim ahamiyat kasb etadi.
“Bank hisobi, tahlil va audit” fani umum kasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs
hisoblanib, uning 1-kursda o‘qitilishi maqsadga muvofiq. Mazkur fan
mutaxassislik fanlarining nazariy va uslubiy asosini tashkil qilib, o‘z rivojida aniq
yo‘nalishdagi iqtisodiy fanlar uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi.
“Bank hisobi, tahlil va audit” fanining predmeti bo‘lib, bank faoliyati bilan
bog’liq munosabatlar va uning turli operatsiyalari hisoblanadi. Ular “Bank
hisobi, tahlil va audit” fanining o‘rganish ob’ekti bo‘lib hisoblanadi.
Har qanday fan o‘z ob’ektini ma’lum usullarni qo‘llash yordamida
o‘rganadi. Bank faoliyati, undagi sir-sinoatlarni ilmiy asosda o‘rganish, tahlil
qilishda “Bank hisobi, tahlil va audit” fani turli xil usul va metodlardan
foydalanadi.
-
Tizimli yondoshuv.
-
Iqtisodiy matematik yondoshuv.
-
Kuzatish usuli.
-
Tajriba usuli.
-
Taqqoslash va boshqalar.
“Bank hisobi, tahlil va audit” fanini o‘qitishda foydalaniladigan intrefaol
ta’lim metodlar:
-
Aqliy hujum metodi.
10
-
Muammoli vaziyat metodi.
-
Klaster metodi.
-
Venn diogrammasi.
-
Bumerang metodi.
-
Munozara medtodi va boshqalar.
“Ta’lim to’g’risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risoda”gi
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini bajarish yuzasidan va oliy ma’lumotli yuqori
malakali kadrlar tayyorlash, ta’limning uzluksizligi va davomiyligini ta’minlash,
jahon ta’lim tizimiga qo‘shilish, shuningdek oliy ta’limning o‘quv-metodik va
normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi 2001
yil 16 avgustdagi 343-sonli qarorni qabul qilgan.
Unga asosan:
1.Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartini asosiy qoidalarga asosan
,
Oliy
ta’limning Davlat ta’lim standarti va Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari
klassifikatoriga muvofiq tasdiqlash.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga oliy
ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda:
- ta’lim sohalarining davlat ta’lim standartlarini, bakalavriat ta’lim
yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun malaka talablari, o‘quv
rejalari va fanlar dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash, ular asosida darsliklar va
o‘quv qo‘llanmalarining yangi avlodini yaratish;
- oliy ta’lim tizimi uchun normativ-huquqiy hujjatlarni, shu jumladan “Oliy
ta’lim to‘g‘risidagi nizom” va “Oliy ta’lim muassasasining vasiylik kengashi
to‘g‘risida”gi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash;
- Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga zaruriyat
bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
- oliy va o‘rta maxsus ta’lim, kasb-hunar ta’limi kadrlarini tayyorlash, qayta
tayyorlash va ularning malakasini oshirishni muvofiqlashtirish nazarda tutilgan.
Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartida quyidagi atamalar qo‘llaniladi:
|