5
KIRISH
Jahon tajribasi ta’lim jarayonida o‘qitishning yangi, zamonaviy usul va
vositalaridan foydalanish va ularni takomillashtirishni dolzarb masalalar sifatida
ko‘rsatmoqda. Shuning uchun respublikamiz ta’lim tizimida o‘qitishning
zamonaviy usul va interfaol metodlardan o‘qitish jarayonida foydalanishiga katta
e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarning kafolatlangan
bilim olish huquqlariga rioya etilishini ta’minlovchi normativ-huquqiy baza
yaratilgan. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20
apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
qarori va mazkur masalaga doir qator hujjatlar bu sohadagi
ishlar samaradorligini
oshirishga xizmat qilmoqda.
Respublikamizda ta’lim tizimi O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim
to‘g‘risida” gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq tashkil
etilgan. Oxirgi yillarda ta’lim tizimini takomillashtirish va hozirgi zamon
talablariga moslashtirish yo‘nalishlarida katta e’tibor berilmoqda. Jumladan
Toshkent Moliya institutida talabalarni o‘qitishda fanlar bo‘yicha o‘quv –
uslubiy majmualarni hozirgi zamon talablaridan kelib chiqib ishlab chiqilishiga
va ularda interfaol metodlardan samarali foydalanish hamda fanlardagi
mavzularni talabalar tomonidan mukammal o‘zlashtirilishini ta’minlash
maqsadida sifatli taqdimotlardan, tarqatma materiallardan va texnik vositalardan
unumli foydalangan holda o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etilishiga katta e’tibor
berilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev- “bank
va moliya
tizimida islohotlarni jadal davom ettirish, sohaga zamonaviy bozor mexanizmlarini
keng joriy etish zarur”
1
– deb ta’kidladilar. Shunga asoslanib, respublikamizda
iqtisodiyotni rivojlantirishda puxta va barqaror bank-moliya tizimini yaratishga
1
Mirziyoyev Sh.M. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. –
Toshkent: ―O‘zbekiston. , 2018y. 7-b.
6
katta e’tibor qaratish. aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining bank tizimiga
ishonchini kuchaytirish hamda bozor mexanizmlarini bank amaliyotiga to’la joriy
etish, tijorat banklari oldidagi eng muhim vazifalardan biridir. Bank tizimidagi
ishonchni ko‘rsatish uchun esa tijorat banklarida o‘tkazilgan auditorlik
tekshiruvlari va u bo‘yicha berilgan xulosalarning ham ahamiyati beqiyosdir.
Tijorat banklarida hisob yuritish va uni xalqaro standartlar
asosida tashkil etish,
banklarda sifatli auditorlik xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish asosiy vazifalardan
hisoblanadi
Zamonaviy talabga javob beradigan barkamol avlodni tarbiyalash, o‘z
kasbini puxta biladigan kadrlar tayyorlashda o‘qituvchining roli beqiyos
hisoblanadi. U ta’lim va tarbiya berish jarayonida markaziy o‘rin egallagan va
doimo shunday bo‘lib qoladi. Shuning uchun xam u har tomonlama ma’lumotli,
o‘z fanini chuqur bilgan mutaxassis, o‘z xalqi va Vataniga sodiq inson, pedagogik
iste’dod va mahoratga ega bo‘lishi va jamiyatda o‘zining mafkuraviy va kasbiy-
pedagogik vazifalarini sidqidildan amalga oshirishi bilan ajralib turishi kerak
.
Respublikamizda olib borilayotgan islohotlar
samarasini yanada oshirish, davlat
va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish,
mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini
liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli
Farmoni bilan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” qabul qilindi.
“
Bank hisobi, tahlil va audit” fanini chuqur o‘rganish orqali talabalar
mamlakatimizning bank siyosatidagi
ishtirokini faollashtirish, makroiqtisodiy
barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish,
milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, investitsiyaviy muhitni
yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy
sarmoyalarni
faol jalb etish, xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish,
jumladan, etakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni
kengaytirish, puxta o‘ylangan tashqi qarzlar dasiyosatini amalga oshirishni davom
7
ettirish, jalb qilingan xorijiy investitsiya va kreditlardan samarali foydalanish
borasida tegishli nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi.
Respublikamiz birinchi Prezidentining "Ta’lim-tarbiya va kadrlar
tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol
avlodni voyaga etkazish
to’g’risida"gi Farmonida "Ta’lim to’g’risida"gi Qonun va Kadrlar tayyorlash
bo’yicha Milliy Dasturni hayotga tatbiq etish davlat siyosatining ustuvor
yo’nalishlaridan biri ekanligi qayd etilgan.
Respublikamizda Oliy ta’limning davlat ta’lim standartining asosiy
qoidalari yildan- yilga takomillashtirilib va xalqaro ta’lim standartlari talablarida
shakllantirildi. (bundan keyin OT DTS deb ataladi).
OT DTS ning asosiy qoidalari quyidagilardan iborat:
-
kadrlar tayyorlash sifatiga, ta’lim mazmuniga qo‘yiladigan
umumiy
talablarni;
-
ta’lim oluvchilar tayyorgarligining zarur va etarli bilim darajasi hamda oliy
ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan umumiy malakaviy talablarni;
-
o‘quv yuklamasining hajmini;
-
ta’lim muassasalari faoliyati va kadrlar tayyorlash sifatini baholash
tartibotlari hamda mexanizmini belgilashni nazarda tutadi.
Shuningdek, hozirgi kunda ushbu fanni o‘qitish “2017-2021 yillarda
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
Harakatlar
strategiyasi”da
belgilangan
iqtisodiyotni
rivojlantirish
va
liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini samarali tarzda amalga oshirishga
qaratilgan mutaxassis kadrlarni tayyorlashda muhim o‘rin tutadi.
Dostları ilə paylaş: