12
o‘quv fanlari bloki — o‘quv rejalari va fanlar dasturlarining kadrlar tayyorlash
jarayonida aniq maqsad va vazifalarga erishish uchun
muayyan bilim sohasi yoki
faoliyatning o‘zlashtirilishini ta’minlaydigan o‘quv fanlarini birlashtiruvchi
tarkibiy qismi;
o‘quv rejasi
— oliy ta’limning muayyan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi yoki
magistratura mutaxassisligi bo‘yicha o‘quv faoliyati turlari, o‘quv
fanlari va
kurslarining tarkibi, ularni o‘rganishning izchilligi va soatlardagi hajmini
belgilaydigan hujjat;
o‘quv fani
— ta’lim muassasasida o‘rganish uchun fan, texnika, san’at,
ishlab chiqarish faoliyatining muayyan sohasidan
saralab olingan bilimlar, o‘quv
va ko‘nikmalar tizimi;
o‘quv yili
— oliy ta’lim muassasasida bir ta’lim kursini yakunlashga
mo‘ljallangan o‘quv faoliyati davri. O‘quv yili ikki kalendar yil bilan belgilanadi,
masalan, 2018/2019 o/quv yili;
o‘quv semestri
— oliy ta’lim muassasasida o‘quv
yilining yarmini tashkil
etuvchi o‘zaro bog‘langan fanlarning ma’lum majmuini o‘zlashtirishga
mo‘ljallangan va ular bo‘yicha yakuniy nazorat bilan tugallanadigan qismi;
Dostları ilə paylaş: