Bank hisobi va audit


Bankning nomoddiy aktivlari hisobi



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/185
tarix21.09.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#146442
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   185
Bank hisobi va audit

 
3.Bankning nomoddiy aktivlari hisobi. 
Nomoddiy aktivlar – bu moddiy va jismoniy shaklga ega bo‘lmagan foydali 
xizmat muddati bir yildan ortiq bo‘lgan bank xizmatlari ko‘rsatish va ma’muriy 
maqsadlar uchun foydalanishga mo‘ljallangan aktivlardir. Nomoddiy aktivlarga 
patentlar, mualliflik huquqlari, savdo markalari, kompyuter dasturiy ta’minotlari, 
litsenziyalar kiradi. Sotib olingan nomoddiy aktiv boshlang‘ich qiymati bo‘yicha 
baholanadi va hisobga olnadi. Nomoddiy aktivlarning hisobi 16601 hisobvaraq 
bo‘yicha yuritiladi. Nomoddiy aktivlarning analitik hisobi har bir nomoddiy 
aktivlar bo‘yicha olingan alohida shaxsiy hisobvaraqda yuritiladi. 
Nomoddiy aktivlar qiymatining oldindan to‘liq yoki qisman to‘lanishi 
quyidagi buxgalteriya yozuvlari bilan rasmiylashtiriladi: 
Debet
19909 – “Ko‘rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy qimmatliklari uchun 
to‘langan mablag‘lar” 
Kredit
10301,16103 – “Bankning vakillik hisobvarag‘i yoki mijoz 
hisobvarag‘i” 
Aktivlar kelib tushganda: 
Debet
16601 – “Nomoddiy aktivlar” 
Kredit
19909 – “Ko‘rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy qimmatliklari uchun 
to‘langan mablag‘lar” 
Agar bank nomoddiy aktivlar kelib tushgandan keyin to‘lovni amalga oshirsa, 
quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi: 
Nomoddiy aktivlar kelib tushganda balansda quyidagicha aks ettiriladi: 
Debet
16601 “Nomoddiy aktivlar” 
Kredit 
29802 “Ko‘rsatilgan xizmatlar va moddiy tovar qimmatliklari uchun 
to‘lanadigan mablag‘lar hisob-kitobi” 
Nomoddiy aktivlar qiymati to‘langanda: 
Debet
29802 “Ko‘rsatilgan xizmatlar va moddiy tovar qimmatliklari uchun 
to‘lanadigan mablag‘lar hisob-kitobi” 
Kredit
10301,16103 – “Bankning vakillik hisobvarag‘i” 
Nomoddiy aktivlar bepul olinganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi 
rasmiylashtiriladi.
Bepul olingan nomoddiy aktivlar haqiqiy qiymatiga: 
Debet
16601 – “Nomoddiy aktivlar” 
Kredit
30905 “Tekinga olingan mulklar” 
Foydalanishdan to‘xtatilgan va hisobdan chiqarish uchun mo‘ljallangan 
nomoddiy aktivlarning hisobi, aktivning foydalanishdan chiqarish sanasidagi 
ularnig balans qiymati bo‘yicha hisobga olinadi. 
Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarishda, qoldiq qiymat quyidagicha 
aniqlanadi: 
Jamg‘arilgan eskirish summasiga: 
Debet
16545 «Nomoddiy aktivlarning yig‘ilgan eskirish summasi» (kontraktiv) 
Kredit 
16601 «Nomoddiy aktivlar» 


122 
Ushbu nomoddiy aktiv bo‘yicha 31501-hisobvaraqda qolgan qoldiq 
summasiga: 
Debet 
31501 “Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan qayta baholangandagi 
qo‘shimcha qiymat” 
Kredit
31203 “Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)” 
Hisobdan chiqarilayotgan nomoddiy aktivlar sotilayotganda quyidagi 
buxgalteriya provodkalari bajariladi: 
Nomoddiy aktivlar jo‘natilganday keyin xaridor tomonidan to‘lov amalga 
oshirilgan holda: 
Debet
19909 – “Ko‘rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy qimmatliklari uchun 
to‘langan mablag‘lar” 
Kredit
16601 “Nomoddiy aktivlar” 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin