• hamma iqtisodiy va moliya inqirozlarning chuqurlashuvi, moliyaviy va makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning pasayishining davomiyligi xalqaro va milliy doirada sodir bo’lsa.
Bu o’rinda moliyaviy inqiroz tushunchasining shakllanishiga nisbatan qarashlarni tadqiq qilishni lozim topdik. Dastlab davriy iqtisodiy inqirozlar to’satdan boshlanganligi uchun ham «vahima» tushunchasi bilan ifodalanar edi. Birmuncha muddat o’tgach esa, vahima «depressiya» deb atala boshlandi
Bank inqirozlari va ularning sabablari, oqibatlari
Bank inqirozlarining kelib chiqish sabablari bir qator olimlar tomonidan uzoq yillar mobaynida turilicha muhokama qilinib kelingan. Bu xususida ilk qarashlar asosan omonatchilar, bank mijojozlari va aksiyadorlari tomonidan vahima (panika) qilish natijasida pul mablag‘lari (omonatlari)ni banklardan yoppasiga olish orqali banklarning likvidlilik darajasiga asossiz ravishda ta’sir etishi bilan bog‘liqdir.
Bank inqirozlari xususidagi keyingi qarashlar banklarning to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lmaslik holatini keltirib chiqaruvchi balans aktiv qismidagi yo‘qotishlarga asoslanadi. Banklar aktivlari sifatida uzoq muddat davomida yo‘qotishlarning mavjud bo‘lishi, odatda noho‘sh makroiqtisodiy jarayonlar, bozor tangligi, hukumat siyosati (yoki aralashuvi) va firibgarliklar bilan bog‘liqdir. Shuningdek, mazkur qarashlarning aksariyati iqtisodiyot tamoyillaridagi o‘zgarishlar hamda biznes sikllarining tabiiy mahsuli ekanligiga asoslanadi.