Bank ishi fanining predmeti va vazifalari



Yüklə 32,91 Kb.
səhifə3/9
tarix25.12.2023
ölçüsü32,91 Kb.
#196743
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bank ishi

BANK BO‘LMAGAN BANKLAR

MASHG‘ULOTI

1.

Ipoteka
Kompaniyalari

· tijorat maqsadida foydalaniladigan bino yoki yashash uyla­ridan samarali foydalanish uchun qisqa muddatli kredit berish bilan shug‘­ullanadilar

2.

Faktoring
Kompaniyalar

· vaqtinchalik moliyalashni ta’min­lash maqsadida (asosan debitorlar schyotidan) korxona­lardan qisqa muddatli aktiv­larni sotib oladilar

3.

Trast
Kompaniyalar

· korxona, xususiy shaxslar va zarar bilan ishlaydigan tash­kilotlar mulklarini boshqaradi va ularni himoya qiladi. Mijozlarning qimmatli qog‘ozlarini xususiy investorlarga joylashtiradi­lar

4.

Ma’lumotlarni qayta ishlash kompaniyalari

· ma’lumotlarni kompyuter ish­lab ularni uzatish bilan shug‘­ullani­shadi

5.

Sug‘urta kompaniyalari

· sog‘liqni va kishilar hayotini turli xavflar va baxtsiz hodisalardan sug‘urta qilish bilan shug‘ullanadi. SHu bilan bir qatorda ular bilan bog‘liq bo‘lgan kreditlarni beradi­lar

6.

Qimmatli qog‘ozlar sav­dosi
bilan shug‘ulla­nuvchi brokerlik firma­lari

· opsion shartnomalari, valyu­tali moliyaviy fyucherslar, muomaladagi qimmatli qog‘ozlarning oldi-sotdisi bo‘yicha mijozlar­ning buy­ruqlarini bajaradilar

7.

Moliyaviy
masalalar bo‘yicha maslahat beruvchi firmalar

· aktivlarni boshqarish va inve­stitsiya masala­lari bo‘yicha mi­jozlarga kiradilar

8.

Qimmatli
qog‘ozlarni tarqatish bilan
shug‘ul­lanuvchi firmalar

· davlat va munitsipal zayom­larni, korporatsiya­lar aksiya­larini, qimmatli qog‘ozlarni, kor­poratsiya­larning qarz maj­buriyatlarini, mi­jozlar schyotlari bilan ta’min­langan qim-matli qog‘ozlarni sotib oladi, shuningdek, yuqorida qayd qilingan qimmatli qog‘ozlarni investorlarga tak­roriy sotishni taklif qiladilar

9.

Moliyaviy
Kompaniyalar

· korxonalar va xususiy shaxs­larga qisqa va uzoq muddatli kapital miqdorlarini aniqlash bilan shug‘­ullanadilar

10.

Kredit kartochkalari bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar

· chakana savdo korxonalarini qo‘llab quvvatlash va xususiy shaxslarga qisqa mud­datli kre­ditlar berish bilan shug‘ulla­nadi­lar

11.

Lizing
Kompaniyalari

· aktivlarni sotib oladi va muhtoj korxona­larga, xususiy shaxslarga ularni ijaraga be­radi

12.

Sug‘urta
Agentliklari

· kredit yoki moliyaviy xizmatlar bilan bog‘liq bo‘lgan sug‘urta poli­slarini sotadilar yoki to‘la-to‘kis brokerlik va sug‘ur­taviy xizmat­larni bajaradi­lar

13.

Ko‘chmas mulk operatsiya­lari bilan bog‘liq xiz­matlarni bajaruvchi firmalar

· ko‘chmas mulkni baholash va ular bilan bog‘liq bo‘lgan ti­jorat loyihalarni moliyalash­tirish bilan shug‘ullanadilar

14.

Omonat, ssuda berish bilan shug‘ullanuvchi
as­sotsiatsiyalar

· asosan xususiy shaxslar va oi­lalarga omonat depozitlarga jamg‘ariladigan mablag‘lar re­jalarini, shuningdek uy-joy qurish uchun kredit taklif qiladilar

Tovar-pul munosabatlarining vujudga kelishi va ularning rivojlanib borishi banklarning paydo bo‘lishiga asos soladi. O‘rta asrlarda banklar dastlab puldorlar tomonidan pulni qabul qilish va boshqa dav­lat shahar puliga almashtirib berish asosida kelib chiqqan. Keyinchalik puldorlar bo‘sh turgan mablag‘lari­dan foyda olish maqsadida qarz so‘ragan subektlariga vaqtinchalik foydalanishga bergan. Bu hol pul almashti­ruvchi puldorlarning bankirlarga aylanishga olib kel­gan.
Dastlabki banklar jirobanklar nomi bilan XVI asrlarda (aniqrog‘i 1587 yilda) Florensiya va Venetsiyada kichik banklar vujudga kela boshlagan. Ular turli shaharlar va mamlakatlarning pul belgilarini almash­tirishga ixtisoslashgan bo‘ladilar. Keyinchalik shunday banklar Amsterdamda (1605 y), Gamburgda (1618 y), Milanda, Nyurnbergda, Genuyada vujudga kelgan. Bu banklar asosan o‘z mijozlari-savdogarlarga xizmat qilishgan. Ular hisob-kitobni asosan naqd pulsiz amalga oshirishgan.
 Tarixda birinchi yirik bank 1694 yilda Angliyada tashkil etilib, unga davlat tomonidan banknotlar chiqarishga ruxsat berilgan. U bank aksiyador-emmission bank deb hisoblangan. Keyingi ijtimoiy-iqtisodiy ta­raqqiyot, xususan, sanoatning rivojlanishi natijasida banklar boshqa mamlakatlarda ham tashkil qilina bosh­lanadi.
 Natural xo‘jalik munosabatlarining tugashi, savdo-sotiq munosabatlarining rivojlanishi pullik hisob-kitoblar olib borishiga, kreditning rivojlani­shiga yo‘l ochdi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi yol­lanma mehnatni borgan sari ko‘p jalb qilishga olib kel­gan. g‘llanma mehnat uchun haqning pul shaklida to‘lanishi doimiy pul aylanishni yuzaga keltiradi. Pul aylanishi esa muayyan boshqaruvni talab qildi. Bu vazi­fani banklar bajara boshladi.

Yüklə 32,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin