Kompyuter bo’yicha amortizatsiya ajratmalari
Amortizatsiya ajratmalari davri
|
Boshlang’ich (qayta tiklash) qiymat
|
Amortizatsiyaning yillik summasi
|
Тo’plangan amortizatsiya
|
Balans qiymati
|
1-yil oxiri
|
1 100 000
|
40% x 1100000= 440000
|
440 000
|
660 000
|
2-yil oxiri
|
1 100 000
|
40% x 660000= 264 000
|
704 000
|
396 000
|
3-yil oxiri
|
1 100000
|
40% x 396000=158 400
|
862 400
|
237 600
|
4-yil oxiri
|
1 100000
|
40% x 237600=95 040
|
957440
|
142 560
|
5-yil oxiri
|
1 100 000
|
(40%x 142560=57024
«nazorat maqsadida")
1000000-57440= 42560
|
1000 000
|
100 000
|
Keyinchalik har bir kasrni 1000000 so’mga teng bo’lgan amortizatsiyalanadigan qiymatga ko’paytirish yo’li bilan har yilgi amortizatsiya summasi aniqlanadi: yani 5/15, 4/15, 3/15, 2/15,1/15.
Soliq solish maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida asosiy vositalarning boshlang’ich (qayta tiklash) qiymatiga nisbatan foizlarda yillik amortizatsiya meyori belgilangan bo’lib, ular xarajatlarga bir tekisda olib boriladi.
Masalan: kompyuterning boshlang’ich qiymati 1100000 so’m, uning foydalanish muddati oxiridagi qoldiq (tugatish) qiymati 100000 so’m, xizmat muddati 5 yil, O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi bo’yicha yillik amortizatsiya meyori amortizatsiyalanadigan qiymatdan 20 %ni yoki 200000 so’m ((1100000-100000)/5=200000 so’m)ni tashkil etadi.
Hisobot yili davomida, qo’llanilayotgan amortizatsiya hisoblashning usulidan qatiy nazar (ishlab chiqarish usuli bundan mustasno), asosiy vositalar obyektlari bo’yicha amortizatsiya ajratmasi har oyda, yillik summaning 1/12 miqdorida hisoblanib boriladi.
Mavsumiy xarakterli ishlab chiqarishga ega korxonalarda foydalanilayotgan asosiy vositalar bo’yicha yillik amortizatsiya ajratmalari summasi bir tekisda, korxona tomonidan hisobot yilida asosiy vositalardan foydalanish mobaynida, hisoblab boriladi.
Asosiy vositalarning turli guruhlariga nisbatan amortizatsiyani hisoblashning turli usullarining qo’llanilishiga yo’l qo’yilali. Bunda, asosiy vositalarning bir toifadagi obyektlari faqatgina bir usul qo’llaniladi.
Foydalanilayotgan amortizatsiya hisoblash usuli majburiy tartibda korxonaning hisob siyosatila aks ettirilishi kerak. Kalendar yil davomida hisob siyosatini o’zgartirish mumkin emas. Хo’jalik yurituvchi subyektning hisob siyosatini quyidagi hollarda o’zgartirishga yo’l qo’yiladi: subekt qayta tashkil etilganda; mulk egalari almashganda; O’zbekiston Respublikasi qonunlarida yoki O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi me’yoriy tizimda o’zgarishlar bo’lganda; buxgalteriya hisobining yangi usullari ishlab chiqilganda.
Agar asosiy vositalardan foydalanishdan kutilayotgan iqtisodiy manfaatlarda muhim o’zgarish sodir bo’lsa, u holda amortizatsiya hisoblash usuli o’zgarayotgan tendeniiyani to’la aks ettira oladigan tartibda o’zgartirilishi mumkin, qachonki kelib chiqqan bunday holat amortizatsiya usulining o’zgarishini oqlasa.
Bunday o’zgartirish albatta hisob siyosatida aks ettirilishi kerak. Bunda, moliyaviy hisobotning tushuntirish xatida ushbu o’zgarishning sabablarini va ularning iqtisoliy samarasini ochib berish zarur bo’ladi.
Foydali xizmat muddati korxona tomonidan aktivning foydalanilishi kutalayotgan vaqt davri yoki korxona tomonidan ushbu aktivni ishlatishdan kutilayotgan mahsulot (ish va xizmatlar) miqdori. Asosiy vositalarning foydali xizmat muddati, korxona tomonidan asosiy vositalarning holatini yaxshilash maqsadida va shuningdek foydali xizmat muddatini oshirilishiga yoki texnologik o’zgartirishlar hisobiga ushbu muddatni qisqartirilishiga olib keladigan amalga oshirilgan xarajatlarni hisobga olgan holda, qayta ko’rib chiqilishi mumkin.
Тugatish qiymati kutilayotgan foydali xizmat muldati oxirida asosiy vositalarni tugatishda olinadigan aktivlarning taxminiy baholangan summasidan asosiy vositaning chiqib ketishi bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarni ayirib tashlash natijasidagi qiymatdir.
Asosiy vositalarning amortizatsiyalanidigan qiymatini hisoblashda tugatish qiymati muhim tarkibiy qism hisoblanadi. Тugatish qiymatining miqdori jiddiy summani tashkil etmaydigan bo’lsa, bunday holatda, amortizatsiyalanadigan qiymatni hisoblashda u hisobga olinmasligi mumkin.
Agar tugatish qiymati muhim summani tashkil etsa, bunday holda, u asosiy vositalar sotib olingan sanada yoki qayta baholangan sanada belgilanishi shart. Тugatish qiymati asosiy vositalarning xizmat muddati oxirida tugatish bilan bog’liq kutilayotgan xarajatlar summasiga kamaytirilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |