Kerakli hujjatlar
1. 1. Ariza;
2. 2. Qarz oluvchi korxona taʼsischilarining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kredit olish yuzasidan roziligi(Xususiy korxonalarbundan mustasno);
3. Qarz oluvchi korxonaning (tegishli DSIga elektron shaklda taqdim etilgan) oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti (Bank tomonidan 1 va 2-sonli shakllar DSI maʼlumotlar bazasidan elektron olingan hollar bundan mustasno hamda moliyaviy tahlil qilmagan holda kredit ajratilishida talab etilmaydi);
4. Oxirgi davr uchun choraklik buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti(mijoz moliyaviy faoliyat davri ushbu davrni qoplamagan holatlarda tezkortayyorlanganbuxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti);
5. Texnik iqtisodiy asosnoma (TIA);
6. Boshqa banklardagi hisobvaraq aylanmasi to‘g‘risida maʼlumot;
7. Mahsulot sotib olish uchun mahalliy korxonalar bilan oldi-sotdi shartnomasi yoki chet el korxonalari bilan import shartnomasi nusxasi (Shartnomada yoki uning spetsifikatsiyasida asosiy vositaningquvvati, modeli, miqdori, ishlab chiqarilgan yili va xarakteri, qoramol sotib olinayotganda uning nasli, jinsi va og‘irligi, maxsus texnika sotib olinayotganda uning texnik xususiyatlari ko‘rsatilishi lozim);
8. Qarz oluvchi korxonaning debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari yoyilmasi;
9. Loyiha xususiyatidan kelib chiqib boshqa hujjatlar xam so‘ralishi mumkin.
KREDITLASHNING ASOSIY SHARTLARI
Mahsulotning maqsadi
Yosh tadbirkorlik subyektlarining yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi hududida amalga oshiriladigan va boshqa innovatsion, startap hamda ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil qilish, xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha:
- Bino-inshootlar sotib olish uchun
- Asbob-uskunalar sotib olish
- Maxsus texnika vositalari sotib olish uchun
- Investitsion faoliyati bilan bog‘liq avtotransport vositalari sotib olish uchun
Dostları ilə paylaş: |