Orqa tomoni
|
|
|
|
|
_____TEXNOPARK MCHJ____________
|
Hisobvaraq raqami ________________
|
(xo’jalik yurituvchi sub’ektning nomi)
|
|
|
|
|
Lavozimi
|
Familiyasi, ismi, otasining ismi
|
Imzo namunalari
|
Birinchi yoki ikkinchi imzo huquqidan vaqtincha foydalanuvchi mansabdor shaxslarning vakolat muddati
|
Birinchi imzo
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Ikkinchi imzo
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Vakolat va imzolarni tasdiqlayman _____________________________
|
(Yuridik shaxs rahbari)
|
(F.I.O. va imzo)
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Berilgan chek daftarchalari
|
|
|
|
Sana
|
№ dan
|
№ gacha
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Mijozlarga ochilgan hisobvaraqlarni ro’yxatga olish kitobi
T/r
|
Mijozning nomi
|
Soliq to’lovchining identifikatsiya raqami
|
Hisobvaraq ochilgan sana
|
Hisobvaraq raqami
|
Hisobvaraq yopilgan sana
|
Hisobvaraqni yopish uchun asos
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Bankda kassa operatsiyalarini tashkil etilishi, kirim va chiqim kassa operatsiyalarining hisobi va rasmiylashtirishi, naqd pul tushumini inkassatsiya qilish tartibi va operatsiyalar hisobi, kechki kassa ishini:
Respublika moliya bozorida oʻz oʻrnini mustahkamlash maqsadida «TRASTBANK” ATBda 2019-2023 yillarga moʻljallangan strategik rivojlanish rejasi ishlab chiqilgan boʻlib, mazkur strategiya asosida barqarorlikni taʼminlash uchun barcha imkoniyatlardan foydalanilyapti. Moliyaviy muassasaning bugungi kunda 20 ta filiali, 37 ta minibanki, 36 ta xalqaro pul oʻtkazish, 23 ta valyuta ayirboshlash shoxobchasi va 43 ta kommunal, jamgʻarma va maxsus kassasi orqali 22 mingdan ziyod yuridik hamda 600 ming nafardan ortiq jismoniy shaxslarga xizmat koʻrsatish yoʻlga qoʻyilgan. Zamonaviy menejment uslubida va belgilangan strategiya asosida ish yuritishga alohida eʼtibor qaratilayotgani bois salmoqli natijalarga erishilmoqda.
Pirovardida 2019 yilning birinchi choragida bank aktivlari 3,5 trln. soʻmni tashkil etib, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,3 trln. soʻmga yoki 161 foiz koʻpayishiga erishildi. Aktivlarning koʻpayishi, asosan, kredit qoʻyilmalarining 1,5 trln. soʻm va jami bank kapitali 50,2 mlrd. soʻmga ortganligi hissasiga toʻgʻri keladi. Bankning likvidlilik, ishonchlilik, toʻlovga qobiliyatlilik kabi asosiy koʻrsatkichlari barqarorligi taʼminlanib, jami kapitali 106 foiz oʻsib, 924 mlrd. soʻmni tashkil etdi.
Jumladan, joriy yilning oʻtgan davrida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash uchun 314,4 mlrd.soʻm, mikrokreditlarga 21 mlrd. soʻm, ayollar tadbirkorligini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga 34,7 mlrd. soʻm, oilaviy tadbirkorlik va xunarmandchilikni rivojlantirishga 24 mlrd. soʻm, xizmat koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirishga 110 mlrd. soʻm miqdorida kredit mablagʻlari ajratilgani bu boradagi ishlarning amaliy samarasidir.
Shuningdek, “Har bir oila – tadbirkor” dasturi hamda davlatimiz rahbarining “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan, fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish va ularning ish bilan bandligini taʼminlash hamda ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida jami 47,4 mlrd. soʻm miqdorida mikrokreditlar yoʻnaltirildi. Pirovardida koʻplab ish oʻrinlari yaratildi, ayniqsa, yoshlarning bandligi taʼminlandi.
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish maqsadida 841,2 mlrd. soʻm miqdoridagi investitsion kreditlar yoʻnaltirildi. Xususan, qishloq xoʻjaligi uchun 185,6 mlrd. soʻm, yangi obyektlarni qurish va modernizatsiyalash yoʻnalishiga 248,3 mlrd. soʻm, sanoatga 195,7 mlrd. soʻm, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moddiy-texnik bazasini taʼminlash va maishiy xizmat koʻrsatishga 64,5 mlrd. soʻm, transport va kommunikatsiya tarmogʻiga 42,4 mlrd. soʻm va boshqa maqsadlarga 104,7 mlrd. soʻm miqdorida investitsion kreditlar ajratildi. Davlatimiz rahbarining hududlarga tashriflari davomidagi topshiriqlarini bajarish uchun 175 ta loyihani moliyalashtirishga 313,8 mlrd. soʻm kredit mablagʻi berilib, loyihalarning toʻliq ishga tushirilishi natijasida 1 000 tadan ortiq yangi ish oʻrni yaratildi. Bundan tashqari, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida meva-sabzavotchilikni rivojlantirish boʻyicha 25 mln. AQSH dollari va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida chorvachilikni rivojlantirishga 10 mln. AQSH dollari hamda Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida meva-sabzavotchilik tarmogʻi uchun 40 mln. AQSH dollari miqdorida mablagʻlar jalb etilgan.
Shuningdek, mamlakatimizdagi mavjud GESlarni modernizatsiya qilish, yangi kichik GESlarni qurish uchun bugungi kunda Xitoy Eksport-import bankining 58,5 mln. AQSH dollari miqdoridagi kredit mablagʻlarini jalb qilish yuzasidan kelishuv imzolangan boʻlib, loyihalar moliyalashtirilmoqda. Ayni paytda mazkur yoʻnalish boʻyicha Xitoy Eksport-import banki bilan yana qoʻshimcha 85,8 mln. AQSH dollari miqdorida kredit mablagʻlarini jalb qilish yuzasidan kelishuvga erishilib, 4 ta GESni modernizatsiya qilish va 5 ta kichik GESni qurish ishlarini moliyalashtirish boshlab yuborilgan.
Qayd etish joizki, bankniig likvidlilik, ishonchlilik, toʻlovga qobiliyatlilik kabi asosiy koʻrsatkichlari barqarorligi taʼminlangan boʻlib, uning jami kapitali joriy yil 1 iyul xolatiga 852,8 mlrd. soʻmni tashkil etdi. Oʻz navbatida, bank kredit qoʻyilmalari birinchi iyul holatiga koʻra 1427,9 mlrd. soʻmga yetdi.
Ayni damda eng muhim boʻlgan — tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash borasida bank tomonidan birgina 2018 yilda 507,9 mlrd. soʻm miqdorda mablagʻ ajratildi. Bular orasida yosh tadbirkor uchun 2,4 mlrd. soʻm, oilaviy tadbirkorlik va hunarmandlikni rivojlantirish uchun 27,1 mlrd. soʻm, servis sohasiga 260,0 mlrd. soʻm, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etishga 1,9 mlrd. soʻm, ishbilarmon ayollar rahbarlik kilayotgan korxonalarga 52,4 mlrd. soʻm miqdorida kreditlar ajratildi. Mazkur sarmoyalar evaziga koʻplab yangi ish oʻrinlari yaratilganini alohida taʼkidlash oʻrinlidir.
Shuningdek, bank tomonidan Prezidentimizning joriy yil 23 martda qabul qilingan “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida yuzasidan ham qator ishlar qilingan. Jumladan, xizmat isteʼmolchilariga qulayliklar yaratish maqsadida bank tomonidan respublikaning har bir hududiy filiallarida terminallar oʻrnatilib, ular orqali xorijiy valyutani naqd shaklda yechib olish mexanizmi joriy etildi. Shuningdek, bank tomonidan savdo va xizmat koʻrsatish shaxobchalariga oʻrnatilgan 4 059ta terminallar orqali TRASTBANK hamda chet el valyutasidagi plastik kartalariga xizmat koʻrsatish imkoniyatlari yaratildi.
Tizimda “TRASTBANK” mobil ilova joriy etilgan boʻlib, ushbu tizim orqali onlayn tarzda jismoniy shaxslarning TRASTBANK valyutadagi kartalaridan pul mablagʻlarini muddatli omonatlarga oʻtkazish, onlayn tarzda konversiya amaliyotlarini amalga oshirish kabi xizmat turlari koʻrsatib kelinmoqda.
2021 yil 1 iyul holatiga mobil ilova orqali bank mijozlari tomonidan 312,5 ming AQSH dollari sotildi va 121,8 mln. sum pul mablagʻlari TRASTBANK valyutadagi omonatlarga joylashtirilgan. Masofaviy bank xizmatlari qamrovini kengaytirish maqsadida amalga oshirilgan ishlar natijasida “Internet-banking”, “SMS-banking” hamda “Mobil-banking” tizimlari foydadanuvchilari soni bir necha barobarga oshib bormokda. Shuningdek, bank bilan mijoz oʻrtasidagi ish jarayonini yanada soddalashtirish hamda sarflanadigan vaktni tejash maqsadida, xorijiy valyutadagi toʻlov topshiriqnomalarini bank-mijoz dasturi orqali avtomatik tarzda oʻtkazish joriy etilgan boʻlib, ushbu xizmat turi bank tizimini yanada takomillashtirishga imkon yaratdi.
Dostları ilə paylaş: |