Bank ishi va auditi


Foyda va zararlar toʻgʻrisida hisobot boʻyicha ishchi jadval



Yüklə 1,32 Mb.
səhifə14/17
tarix19.06.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#132363
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Xisobot123

Foyda va zararlar toʻgʻrisida hisobot boʻyicha ishchi jadval
(hisoblash usulida )

Koʻrsatkichlar

Yanvar

Fevral

Mart

Aprel

May

Iyun

Daromad

10000

1700

2500

80000

3000

1000

Xarajat

1200

800

1200

25000

1250

500

Foyda

8800

900

1300

55000

1750

500

Bank faoliyati moliyaviy natijalarining hisobi, bank buxgalteriya hisobotlarining turlari, bankning kunlik va oylik hisobotlari va ularni tuzish tartibi, yillik hisobotning mazmuni, uni tuzish va tasdiqlash tartibini o’rganadi:
















MOLIYaVIY HOLAT TO’G’RISIDAGI HISOBOT

______ yil 31 dekabr holatiga ko’ra

__________________________________________________ bank







(bankning to’liq nomi)



Bank ro’yxatga olingan raqam _________________________________________














(ming so’mda)

Aktivlar

O’tgan hisobot davri

Joriy hisobot davri

Pul mablag’lari va pul mablag’lari ekvivalentlari

20000

14000

Boshqa banklardagi mablag’lar

5000

2500

Qarz qimmatli qog’ozlariga kiritilgan investitsiyalar

800

300

Ulushli qimmatli qog’ozlarga kiritilgan investitsiyalar

2500

1250

Hosilaviy qimmatli qog’ozlarga kiritilgan investitsiyalar

3000

1400

Mijozlarga berilgan kreditlar, shu jumladan moliyaviy ijara

1500

1100

Asosiy vositalar

2500

3000

Nomoddiy aktivlar

1230

4000

Foydalanish huquqi bilan olingan aktivlar

1450

2800

Soliq majburiyatlari bo’yicha bo’nak to’lovlari

8000

4000

Boshqa moliyaviy aktivlar

4500

2000

Boshqa aktivlar

1200

200

Jami aktivlar

51680

29750


































______ yil 31 dekabr holatiga ko’ra

__________________________________________________ bank







(bankning to’liq nomi)


































Asosiy vositalar obektlarining chiqib ketishidan ko’rilgan moliyaviy natijani aniqlashda, ilgari qayta baholangan asosiy vositalar obektlarini qo’shimcha baholash summasining qoldig’i, ya’ni avvalgi qo’shimcha baholash summalarining asosiy vositalar ushbu obyektining avvalgi arzonlashtirilgan summasidan oshib ketgan qismi, asosiy vositalarning chiqib ketishidan olinadigan daromad tarkibiga kiritilib, ayni vaqtda 8510 - «Mol-mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar" schyoti bo’yicha zaxira kapitali kamayadi.


O’zbekiston Respublikasining "Buxgalteriya hisobi to’g’risida"gi qonuniga muvofiq, asosiy vositalarning haqiqiy mavjudligini aniqlash va ularning saqlanishini nazorat qilish maqsadida korxona tomonidan asosiy vositalarning inventarizatsiyasi vaqti-vaqti bilan, lekin ikki yilda kamida bir marta, kutubxona fondlari bo’yicha esa besh yilda bir marta o’tkaziladi.

Ushbu mavzu bo’yicha ishlab chiqarish amaliyoti hisobotiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:


1. Bank asosiy vositalari va nomoddiy aktivlarini hisobga olish bilan bog’liq bo’lgan hujjatlar;
2. Kunlik balans, joriy, oylik va yillik buxgalteriya hisobotlari.
IV. MALAKAVIY AMALIYOTNI O‘TISH JARAYONIDA TALABANING MAJBURIYATLARI

Talaba ishlab chiqarish amaliyotini o’tash davrida quyidagilarga rioya qilishi lozim:



  • amaliyot dasturida ko’zda tutilgan va amaliyotga rahbarlik qiluvchi pedagog-xodim tomonidan berilgan topshiriqlarni to’liq bajarish;

  • bankda joriy etilgan kun tartibi va ichki mehnat intizomiga doir qoidalarni o’rganib, ularga rioya qilish;

  • bankda ofis texnikalaridan foydalanish, texnika xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish va boshqa mehnat faoliyatiga tegishli qoidalarni o’rganib, ularga qat’iy rioya qilish;

  • hisobot uchun materiallarni yig’ish va o’rganish bilan doimiy ravishda shug’ullanish;

  • amaliyot bo’yicha reja-jadval (kundalik)tutish, bajarilgan ishlarni qayd etib borish;

  • dastur va rejada ko’zda tutilgan barcha topshiriqlarni to’liq bajarish, hamda bajarilayotgan ish va uning natijalariga mas’uliyatli bo’lish;

  • bank jamoasining ijtimoiy hayotida va jamoat ishlarida faol ishtirok etish;

  • har bir amaliyot o’tilgan bo’lim bo’yicha alohida hisobot yuritish;

  • ishlab chiqarish amaliyoti tugashi bilan amaliyot bo’yicha hisobotni kafedraga taqdim etish;

  • dasturda ko’rsatilgan barcha vazifalar bo’yicha yozma hisobot tayyorlash hamda amaliyoti o’talgan bank boshqaruvchisi (o’rinbosari) tomonidan yozilgan tavsifnomani ilova qilgan holda, hisobotni komissiya oldida himoya qilish.

Amaliyot jarayonida talaba amaliyot dasturi bo’yicha amaliy ma’lumotlarni yig’ishga alohida e’tibor qaratishi lozim. To’plangan material hajmi hisobotning nazariy xulosalarini amaliy asoslash uchun yetarli bo’lishi kerak.
V. MALAKAVIY AMALIYOT BO‘YICHA BANK VA INSTITUTDAN TAYINLANGAN RAHBARLARNING MAJBURIYATLARI

“Bank hisobi va audit” kafedrasi pedagog-xodimlari talabalarning ishlab chiqarish amaliyotlarini o’rnatilgan talablar asosida bajarilishini va tashkil etilishini nazorat qiladi.


Ishlab chiqarish amaliyotiga rahbarlik qilish kafedraning asosiy va o’rindosh shtatidagi pedagog-xodim tomonidan o’quv yilidagi umumiy o’quv yuklamasi doirasida amalga oshiriladi. U har haftada bir marta kafedrada (imkoniyatlar doirasida – amaliyot bazasida) talabalar bilan uchrashib, amaliyotning borishi, amaliyot kundaligining yuritilishi, vazifalarning bajarilishi, hisobotning rasmiylashtirilishi kabilar yuzasidan maslahatlar beradi, zarur hollarda amaliyotni o’tashga oid mavjud muammolarning sababini aniqlab, ularning hal etilishiga yordam beradi.
Kafedradan ishlab chiqarish amaliyotiga biriktirilgan rahbarning vazifalari:

  • amaliyot davomida talabalarga zaruriy bo’lgan nazariy, uslubiy va amaliy yordam ko’rsatadi;

  • ishlab chiqarish amaliyotini dastur bilan mos ravishda o’tishini, yuqori darajada bo’lishini ta’minlaydi;

  • talabalarni amaliyot ob’yektining ichki tartib-qoidalarga rioya qilishini nazorat qiladi;

  • talabalar tomonidan ishlab chiqarish amaliyoti dasturini to’la bajarilishini, amaliyot natijalari bo’yicha hisobot tuzilishini nazorat qilishni amalga oshiradi;

  • amaliyot yakunida talabaning olgan amaliy ko’nikmasi haqida amaliyot kundaligining tegishli qismida o’z fikri va xulosasini bildiradi;

  • talabalar tomonidan tanishuv amaliyoti bo’yicha tayyorlangan, kafedradan ro’yxatdan o’tkazilgan hisobotlarga 3 kun ichida taqriz yozadi.


Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin