Reyting – bu muayyan obyekt yoki subyekt to‘g‘risidagi natijaviy baho bo‘lib, qaror qabul qilish bo‘yicha g‘oyat muhim vosita hisob-lana-di. Chunki u, aytaylik, bankirga bankning taraqqiy etish yo‘nalishini, ishbilarmonlikning jonlanishini, demak, foyda olish imkoniyatlarini ham hech shubhasiz ko‘rsatib beradi.
Shuningdek, reyting tizimi:
banklar faoliyatini xalqaro amaliyotda qabul qilingan me’yorlar asosida qiyosiy tahlil qilishda;
mazkur bankning moliyaviy bozordagi o‘rnini, nufuzini, shuning-dek, muammoli banklarni aniqlashda;
banklar taraqqiyotidagi mayl (tendensiya)larni kuzatish, umum-lashtiruvchi va xususiy ko‘rsatkichlarning dinamikagani tahlil qilishda;
banklar samaradorligiga baho berishda juda ham zarur.
Barcha manfaatdor tomonlarning xohish va istaklarini inobatga oluvchi reyting usuli yordamida aholi omonatlari qayerlarda ko‘proq, qaysi banklarda qanday foizlarda joylashtirilyapti, depozitlar bo‘yicha ahvol qanday, sertifikat va aksiyalarning sotib olinishi qay darajada kabi savollarga ham javob olish mumkin.
Xalqaro amaliyotda bank reytinglarini baholashning juda ko‘p turlari mavjud. Ular ichida quyidagi ikki usul eng ko‘p tarqalgan:
miqdoriy ko‘rsatkichlar orqali baholash;
sifat ko‘rsatkichlari orqali baholash.
Miqdoriy ko‘rsatkichlar orqali baholash usuli asosan banklar faoliyatining rivojlanishini tahlil qilish maqsadida qo‘llanilib, ularga quyidagilar kiradi:
aktivlar summasi;
depozitlar;
kreditlar;
o‘z kapitalining summasi;
daromad summasi.
Bu ko‘rsatkichlar orqali banklar faoliyati ommalashtiriladi.
Baholashning ommaviy axborot vositalari yordamida ikkinchi turi sifat ko‘rsatkichlari bo‘lib, ular bankning ishonchlilik darajagani ifodalaydi. Bu ko‘rsatkichlar turkumiga quyidagilar kiradi:
kapitalning yetarliligi;
aktivlar sifati;
daromadlilik darajasi;
bank likvidligi.
Chet el mamlakatlarida bank ishonchliligi hukumat tomonidan nazorat qilinadi. Banklar ishonchliligini ta’minlash bo‘yicha bir qator me’yoriy hujjatlarga amal qilinishi nazoratda bo‘ladi.
Jahon amaliyotida tijorat banklari faoliyatini baholashning bir necha tizimi mavjud. Masalan, qator mamlakatlarda riskni baholash va diagnostika uchun bir nechta tizimlardan foydalaniladi. Ularning ayrim-lari mavjud muammolarni aniqlab bersa, ayrimlari joriy tavakkal-chiliklar asosida kelgusida ehtimoliy yondashuvlar haqida ma’lumot olish imkonini beradi.
Umuman bunday tizimlar quyidagi vazifalarni hal etadi:
kredit tashkilotlarini inspeksiya va masofadan monitoring doirasida bir tizimga keltirilgan tarzda rasman baholash;
banklarni va muammolar mavjud bo‘lgan yoki paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan yo‘nalishlarni identifikatsiya qilish;
nazorat idoralari resurslarini maqbul taqsimlash uchun tekshiruvlarning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash;
nazorat organining o‘z vaqtida ish boshlashini uyushtirish.
1-jadvalda turli rivojlangan mamlakatlarda foydalanilayotgan tizimlarni keltiramiz.
Tizimlar quyidagi xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi:
tekshiruvlarning chuqurligi va davriyligi;
hisobotlar xususiyati;
boshqa haqqoniy manbalardan foydalana olish imkoniyatining mavjudligi;
o‘tgan davrlardagi tanazzullar va bankrotlik holatlari haqidagi statistik axborotlar;