Daromad keltiruvchi aktivlarga ishlayotgan aktivlar (barcha kredit qo‘yilmalar va qimmatli qog‘ozlar) kiradi. Daromad keltirmaydigan aktivlarga nomoddiy xarajatlar, binolar, kapital xarajatlar va to‘lov muddati 90 kundan oshgan kreditlar, shuningdek, kreditlar va amal qilmaydigan deb tan olingan kreditlar bo‘yicha foizlar taalluqlidir.
Daromad keltiruvchi aktivlar kredit salohiyatining asogani va bankning ssuda portfelini tashkil etadi. Shu bois bank kapitalini oshirish va kredit potensialini mustahkamlash ham uning daromadliligiga bog‘liq. Bankning daromadi, asosan, kreditlar bo‘yicha foiz stavkasi, kredit qo‘yilmalar hajmi va bank likvidliligiga bog‘liq.
Bank daromadlarni quyidagi manbalardan oladi:
«CAMEL» tizimi daromadlarni miqdor va sifat tomonlarini hisobga olgan holda baholashni tavsiya etadi. Daromadlilik darajasi quyidagi ikki ko‘rsatkichni tahlil qilishni taqozo etadi:
aktivlar va passivlar asosiy kategoriyalarining o‘sish koef-fitsiyenti;
daromadning asosiy manbalari;
xarajatlarning barcha asosiy kategoriyalari.
Qayd qilingan barcha ko‘rsatkichlar boshqa o‘xshash banklarga taqqoslangan holda qiyosiy tahlil qilinadi.
Likvidlik ko‘rsatkichi to‘rtinchi tahlil qilinadigan omil hisoblanadi. CAMEL tizimiga muvofiq, likvidlik bankning majburiyatlar bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida bajarish layoqati va xizmat ko‘rsatilayotgan mijozlarning kreditga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga tayyorlik darajagani ifodalaydi. Likvidlik darajasi ham shular orqali baholanadi.
Baholashda likvidlikka ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, ya’ni:
aktiv va passivlarning tarkibi;
aktiv va passivlarni boshqarish sifati;
depozit bazaganing holati kabi ko‘rsatkichlar tahlil qilinadi.
Bankning majburiyatlar bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida bjarish layoqati, pul mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojning qondirilishi ko‘p jihatdan aktiv va passivlar tarkibiy tuzilishining muvofiqlik darajasiga bog‘liq. Bank tomonidan likvidlikni yetarli darajada saqlab turish foyda olishga qaratilgan harakat bilan muvozanatlashgan holda amalga oshirilishi darkor, ya’ni ko‘proq foyda olish maqsadida aktivlarning samarasiz joylashtirilishi likvidlik holatining yomonlashuviga olib keladi.