Bank reytingini aniqlash usullari «camel» omillari tavsifi «Axbor-reyting» agentligi


Aktiv va passivlarni boshqarish sifati



Yüklə 54,95 Kb.
səhifə7/12
tarix16.11.2022
ölçüsü54,95 Kb.
#69398
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Banklarni kreditlash reytingini aniqlash

Aktiv va passivlarni boshqarish sifati bankning pul fondlarini tashkil etish, ular narxlarini shakllantirish va joylashtirish jarayonlariga taalluqlidir. Ushbu jarayon asosan balans hisobotida aks ettiriladi. Aktiv va passivlarni boshqarishning eng maqbul yo‘li qisqa muddatli likvidlikni past bo‘lgan instrumentlarga joylashtirish orqali yuqori foyda olish orasidagi muvozanatni ta’minlashdan iborat.
Depozitlar bazasi holatiga, ya’ni depozitlarning doimiyligiga jahon amaliyotida juda katta ahamiyat beriladi. Bundan tashqari, likvidlikni tahlil qilishda banklarning tashqi manbalarga chiqish imkoniyatlari alohida o‘rin tutadi. Ayniqsa, likvidlikni baholashda aktivlarning naqdlikka aylanish darajalari ham tahlil qilib chiqiladi.

Shuni ta’kidlash lozimki, likvidlik darajasi bankning likvidlik holatini to‘laligicha yoritib bera olmaydi va unga umumiy bahoning bir qismi sifatida qaraladi. Shunday ekan, likvidlik koeffitsiyenti boshqa ko‘rsatkichlar bilan qiyoslangan va to‘ldirilgan holda tahlil qilinishi maqsadga muvofiq.


Likvidlik holati tekshiruvining yakuniy bosqichlarida bank tomonidan qonunchilikning buzilish holatlari ro‘yxati tuzilishi hamda ularga tegishli qonun va nizomlar ilova qilinishi ko‘zda tutiladi.
CAMEL tizimining yuqoridagi to‘rtta ko‘rsatkichi aniqlan-ganidan so‘ng mazkur reyting tizimining beshinchi baholash ko‘rsat-kichi – menejment, ya’ni bankni boshqarish darajasi tahlil etiladi. Bu ko‘rsatkich bank ishonchliligini baholashning oxirgi ko‘rsatkichidir.
Mazkur ko‘rsatkich oldingi ko‘rsatkichlar natijalariga bog‘liq bo‘ladi. Chunki kapitalning yetarliligi, aktivlar sifati, daromadliligi va yuqori likvidlik darajasiga ega bo‘lgan banklarning, xususan, menejment ham yuqori bo‘ladi. Bunda:

  • kadrlarning bilim darajasi;

  • me’yoriy hujjatlarga amal qilinishi;

  • bank, kadr, kredit, investitsiya, foiz siyosatlarining mukammalligi va to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi tahlil qilinadi.

Bankni boshqarish darajasi ko‘pincha bank siyosatining qay darajada maqsadga muvofiq shakllantirilganligi, uning yozma ravishda belgilangan tartibda hujjatlashtirilganligi va unga rioya qilinishi bilan xarakterlanadi. Ma’muriyat faoliyatiga baho berishda esa quyidagilarga alohida e’tibor beriladi:

  • sardorlik va rahbarlik qilish qobiliyati;

  • bank faoliyati qoidalariga rioya qilish darajasi;

  • o‘zgaruvchan vaziyat va holatlarda to‘g‘ri qarorlarni qabul qila olish va unga tez moslasha olish qobiliyati;

  • muvaffaqiyat qozonish;

  • bank xizmatlariga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga intilish va boshqa ko‘rsatkichlar.

Shunday qilib, bankni boshqaruv sifati bank rahbariyati tomonidan olib borgan siyosatning samaradorlik darajagani ifodalovchi ko‘rsatkich bo‘lib, qator omillar va ko‘rsatkichlar orqali aniqlanadi.

Yüklə 54,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin