O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki mamlakatimiz Prezidenti I.Karimov 1991 yil sentabr oyida chiqargan Farmon bilan tashkil etilgan. Bank oldiga mamlakatimiz kompaniyalarining tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha xalqaro andozalar darajasida xizmat ko‘rsata oladigan, O‘zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni, ilg‘or texnologiyalarni jalb etishga qodir bo‘lgan moliya muassasasi yaratish vazifasi qo‘yilgan.
Mohiyatan, bugungi kunda O‘zmilliybank mamlakatimiz bank tizimining xalqaro
moliya bozorlaridagi “tashrifnoma”si bo‘lib qoldi. Konservativ, puxta o‘ylangan
siyosatga tayanib, Bankni boshqarishning samarali exanizmlarini, o‘sish
strategiyasini ishlab chiqdi. Bu holat unga dadil va jo‘shqin rivojlanib, professional
moliya muassasasi, o‘z mijozlarining ishonchli sherigi sifatida
mustahkam obro‘ga ega bo‘lish imkonini berdi.
Bank bozor o‘zgartishlarini amalga oshirishda faol yetakchilik qilib kelmoqda.
Loyihalarni moliyalash, universal tijorat, investitsiya va jamg‘arma banklari
funksiyalarini eng maqbul tarzda uyg‘unlashtirib ishlayotgan O‘zmilliybank
O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga muvaffaqiyatli kirib borishiga yordam bermoqda.
Mamlakatimiz mustaqillik yillarida iqtisodiy rivojlanishi dinamikasi Bank tarixida
aks etgan. O‘zmilliybank mamlakatimiz bank xizmatlari bozorida peshqadamlik
qilayotgani, barqaror rivojlanayotgani, uning depozit bazasi beto‘xtov o‘sib
borayotgani, xorijiy kredit yo‘nalishlari keng ko‘lamda jalb etilayotgani O‘zmilliybank
O‘zbekiston iqtisodiyotining amalda barcha tarmoqlariga mansub investitsiya loyihalarini moliyalashda faol qatnashishida yordam berdi.
Mustaqillik yillarida Bank iqtisodiyot tarkiban chuqur qayta qurilishini ta’minlovchi loyihalarni moliyaladi. Bular, neft va metallarni qazib olish hamda qayta ishlash, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, kimyo sanoati hamda mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish, to‘qimachilik sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, sayyohlik, havo va temir yo‘l transporti, aloqa, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish loyihalari va O‘zbekiston iqtisodiyotining yangi qiyofasini shakllantiruvchi boshqa ko‘plab loyihalardir.
Bank bozor o‘zgartishlarini amalga oshirishda faol yetakchilik qilib kelmoqda. Loyihalarni moliyalash, universal tijorat, investitsiya va jamg‘arma banklari funksiyalarini eng maqbul tarzda uyg‘unlashtirib ishlayotgan O‘zmilliybank O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga muvaffaqiyatli kirib borishiga yordam bermoqda.
O‘zmilliybank “Reyter”, “Telereyt”, “Svift” kabi nufuzli xalqaro moliya kommunikatsiyalari tarmoqlariga, “VIZA” hisob-kitob tizimiga a’zo bo‘lgan, jahondagi eng katta emitentlar chiqargan, jumladan “Ameriken Ekspress” yo‘l cheklarini to‘lovga qabul qilayapti va sotayapti.
Hozirgi vaqtda Milliy bank oldida quyidagi asosiy vazifalar turibdi:
mavjud va potensial mijozlar maqsad guruhlarining ehtiyojlari hamda talablariga javob beruvchi faol marketing siyosatini shakllantirish;
korporativ mijozlar bilan ishlarni kuchaytirish. Mumkin qadar ko‘proq birinchi darajali mijozlarni bankka jalb etish va uzoq muddatli asosda biriktirib olish;
mijozlar bilan ishlashning andozaviy texnologiyalarni har bir mijozga alohida yondashuv bilan uyg‘unlashtirishga asoslangan yangi ideologiyasini joriy etish;
investitsiya dasturini, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish dasturini amalga oshirishda davlatga maksimal darajada yordam berilishini, respublikamiz eksporti qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlash;
mijozlar keng doirasiga tayanib, aktivlar va passivlar strukturasining muvozanatli holatini ta’minlash, ularni boshqarishning zamonaviy usullarini joriy etish;
resurs bazasini diversifikatsiyalash, jumladan bunda tashqi moliyalashdan foydalanish;
bankning xorijiy investorlar oldidagi katta obro‘sidan, xalqaro andozalar bo‘yicha bank ishonchliligining yuqori ko‘rsatkichlaridan foydalanib, xalqaro bozorlarda bank uchun maqbul narxlarda sarmoya jalb etish borasidagi ishlarni faollashtirish;
daromadlilik, likvidlikni oshirish, valuta va bozorga oid xatarlarni kamaytirish maqsadida investitsiya portfeli tuzilishini maqbullashtirish;
bankni boshqarishning moslashuvchan tuzilishini barpo etish. Bunda boshqaruvning iqtisodiy vositalariga hamda vakolatlarni taqsimlashning maqbul tizimiga asoslanish.