Bank va kasbiy faoliyat asoslari” fanidan O‘quv-uslubiy majmua


Mustaqil ta’limnining shakl va mazmuni



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə65/95
tarix21.07.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#62860
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   95
Fakulteti

Mustaqil ta’limnining shakl va mazmuni

Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli bo’lib quyidagilar hisoblanadi:



  • mazkur fan mavzulari bo’yicha tarqatma materiallar tayyorlash;

  • tegishli mavzular bo’yicha referatlar yozish; fan mazmunini boyitish va uning ma’lumotlarini yangilab borishda axborot resurslaridan foydalanishni yo’lga qo’yish;

  • fanning mazmunini yanada takomillashtirish maqsadida tavsiya etilgan chet el adabiyotlari ma’lumotlarini tarjima qilish va fanga tadbiq etish;

  • talabalar fanni mukammal o’zlashtirish maqsadida mazkur fanga oid muammolarni hal qilish yo’llarini izlab topish va muammolarni maqolalar orqali yoritish.

Mustaqil ta’limni tashkil etishning mazmuni: talabalar mustaqil ta’lim mavzulari kelgusida bajariladigan kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishlari mavzulari bilan uzviylikda bajariladi
Mustaqil ta’lim uchun o`quv va ishchi o’quv rejada II semetrda barcha ta`lim yo`nalishida 24 soat, ajratilgan. Ushbu soat talabaning amaliy mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rishi, oraliq nazoratlarda, yakuniy nazoratda va boshqa mustaqil shug’ulanishini o’z ichiga oladi.


Fanning “Bank va kasbiy faoliyat asoslari” moduli bo‘yicha talabalar bilimini baholash va nazorat qilish me’zonlari
Fandan talabaning bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi.
Fandan nazorat turlari. Fandan talaba(lar)ning bilimini nazorat qilish oraliq va yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Fandan nazorat turlari bo‘yicha topshiriqlarning mazmuni talabaning bilimini xolis, ob’ektiv va aniq baholash imkoniyatini ta’minlaydi.
Oraliq nazorat (ON) semestr davomida o‘quv jarayoni jadvaliga muvofiq o‘quv mashg‘ulotlari davomida 2 martagacha o‘tkaziladi. (O‘quv semestri davomida haftasiga 2 akademik soatdan kam bo‘lgan fanlar bo‘yicha ON o‘tkazilmaydi).
ON bo‘yicha talabaning bilimini baholash fandan o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Talaba fandan yakuniy nazorat turi o‘tkaziladigan muddatga qadar ONni topshirgan bo‘lishi shart. ONni topshirmagan, shuningdek undan “2”(qoniqarsiz) baholangan talaba yakuniy nazoratga kiritilmaydi.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin