Nazorat uchun savollar
1.Banklarning paydo bo’lishi to’g’risida nimalar bilasiz?
2.Banklarning qaday turlari mavjud?
3.Tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditlar to’g’risida nimalar bilasiz?
4. Ipoteka krediti nima?
5.Iste’mol kreditini tushuntiring.
6.Beriladigan kreditlarning iqtisodiyotdagi o’rni va ahamiyati qanday?
5-MAVZU. . BANKLARINING MAMLAKATNI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISHDAGI O’RNI
1. O’zbekiston bank tizimining yuzaga kelishi.
2. O’zbekiston bank tizimini isloh qilish va ikki pog’onali bank tizimining yaratilishi.
3.O’zbekiston bank tizimining zamonaviy holati.
1. O’zbekiston bank tizimining yuzaga kelishi.
Bank tizimining shakllanishi va rivojlanishi - iqtisodiy islohatlarni amalga oshirilishining ajralmas belgilaridan (xususiyatlaridan) biri kreditdir. Bu shu bilan ta’kidlanadiki, bank tizimi har qanday turdagi iqtisodiyotning markaziy tizimini tashkil qiluvchi unsurlaridan hisoblanadi. Bank tizimi vaqtinchalik bo’sh turgan pul mablag’larini akkumulyatsiya qilish funktsiyasini amalga oshiradi. Bank tizimining muvaffaqiyatli ishidan iqtisodiyotni samarali faoliyat ko’rsatishi, umuman olganda mamlakatdagi iqtisodiy o’sish bog’liq bo’ladi. Bank deb pul mablag’larini yig’uvchi, saqlab beruvchi, kredit-hisob va boshqa xar-xil vositachilik operatsiyalarini bajaruvchi muassasalarga aytiladi.
Agar mamlakatda etarli darajadi bank faoliyatini ko’rsatayotgan banklar, kredit tashkilotlar hamda iqtisodiy tashkilotlar mavjud bo’lsa u holda bank tizimi mavjudligi to’g’risida gap yuritsa bo’ladi. Ushbu sharoitda banklar va kredit tashkilotlari turli shakllarida xamda doimo o’z mijozlari- iqtisodiyot sub’ektlari, Markaziy bank, boshka organlar, davlat xokimiyatlari va davlat boshqaruv organlari, o’zaro yoki yordamchi tashkilotlar bilan muloqotda (munosabatda) bo’lib turadilar.
Bank tizimi - tashkiliy to’zilma sifatida yirik tizim bo’lib – mamlakatning iqtisodiy tizimiga kiradi. Bu shuni bildiradiki, banklarning faoliyati va rivojlanishini moddiy va nomoddiy ne’matlarni ishlab chiqarish, muomala va iste’mol qilish bilan bog’liq xolda ko’rib chiqish zarurdir. O’zining amaliy faoliyatida banklar xo’jalik xayotini tartibga solish mexanizmi bilan o’zviy ravishda bog’liq.
Bozor munosabatlariga o’tish bilan iqtisodiyotga ko’p ukladlik shakllanishi tijorat banklarini tashkil etishga to’rtki bo’ldi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish munosabati bilan birinchi navbatda bank ishini tashkil etish mazmuni o’zgartirishga kirishildi. Ko’p tomli instruktsiyalar o’rniga bank ishlarini yuritish metodik ko’rsatmalari tayyorlandi, kreditlashni kredit shartnomasi asosida amalga oshirish yo’lga ko’yildi, bir operatsiyalaridan bank nazorati olib tashlandi.
Tijorat banklari xo’jalik tashkiloti kabi korxonaning alohida hisoblanadi. Mustaqil ravishda xo’jalik faoliyati yuritib o’zlarining konkret natijalaridan hamda jihozlarining ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdan manfaatdordir.
Jamiyatning ijtimoiy bazasini ifoda etib, tijorat banklari iqtisodiyotni boshqarishda tizim sifatida qatnashib, Markaziy bankning pul, kredit va foizlar sohasidagi siyosatini tadbiq etuvchi sifatida faoliyat ko’rsatadi.
Tijorat banklarini rivojlanishi tor ma’noda bo’lsa ham ijtimoiy mahsulotning jami summasiga bo’ladi.
Yuqorida keltirilgan fikirlarimizni tahlil etadigan bo’lsak, tijorat banklarining mohiyatini ularning milliy iqtisodiyotda bajaradigan roli va funktsiyalari ochib beradi.
Pul, kredit va iqtisodiy kategoriyalar esa mohiyatini oshishida asos bo’lib hizmat qiladi. Bu kategoriyalarining harakatida banklar katnashadi, ya’ni banklar pul muomalasini aniqlaydi, kredit milliy iqtisodiyotni kreditlovchi sifatida, kredit esa foiz siyosatini amalga oshiradi.
Bozor munosabatlariga o’tish bilan tijorat banklari o’z manfaatlari doirasida bo’sh pul resurslarini xarakatga keltiruvchi infratuzilmasining muhim tarkibiy qismiga aylanadi.
Banklarning bajaradigan operatsiyalariga qarab emissiya va tijorat banklariga bo’linadi. “Banklarning eng muhim vazifalaridan biri bu “pulni yaratish”. Pulni yaratish bu pulni “ishlab chiqarish” bilan cheklanmasdan, buning o’rniga bank rezervlaridan “tomchilanma” usulida ham pulni ko’paytirish mumkin”,- deydi xorijlik olim Stefan D.Simpson.6
Har qanday mamlakatda emissiya banklari kredit tizimining markazi hisoblanadi, ularga davlat banknotalar chiqarish, emissiya uchun monopoliyalik huquqini beradi. Ular boshqa banklarni kreditlaydi va shu ma’noda banklarning banki sanaladi. Bizning mamlakatimizda kredit tizimining markazi, emissiya banki va banklarning bankiO’zbekiston Respublikasining Markaziy banki hisoblanadi.
Tijorat banklari bank tizimining quyi bo’lib, mijozlarga tijorat tomoyillarida kredit, hisob-kitob xizmatlari ko’rsatish yuzasidan bevosita vazifalarini bajaradigan mustaqil bank muassasa tarmoqlaridan tarkib topgan. Tijorat banklari amalda o’z mijozining xo’jalik faoliyati xizmati bilan bog’liq kredit, hisob-kitob va moliya operatsiyalarini barcha turlarini bajaradi.
Tijorat banklari sanoat, savdo va boshqa hil korxonalarini asosan omonat tarzida jalb etilgan pul mablag’lari hisobidan kreditlaydi, korxonalar o’rtasida hisob kitoblarini amalga oshiradi, shunindek fond, vositachilik va valyuta operatsiyalari bilan shug’ulanadi.
O’zbekistonda bozor bank tizimini shakllantirishda vujudga kelayotgan boshqa bir muhim muammo-bu tijorat banklarining vujudga kelishi va rivojlanishida davlatning rolidir.
Dostları ilə paylaş: |