Bank va kasbiy faoliyat asoslari” fanidan O‘quv-uslubiy majmua


O’zbekiston bank tizimining zamonaviy holati



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə24/95
tarix21.07.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#62860
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   95
Fakulteti

3.O’zbekiston bank tizimining zamonaviy holati.

Bank tijorati "Hamma narsa mijoz uchun hamma narsa uning foydali faoliyatini ta’minlash uchun" qoidasi asosida harakat qilishi lozim. Bankning amaliy faoliyatida eng muhimi mijozning foyda ko’rishi, undan keyingina bankning foydasi, chunki pirovard natijada mijoz foyda olib faoliyat ko’rsatgandagina bank ham foyda olgan bo’ladi, sababi-kreditlar bo’yicha foizlar faqat mijoz olgan foyda hisobidan to’lanadi. Bank mijozning foyda olishi uchun shart-sharoit yaratar ekan, demak o’zining manfaatini ham amalga oshirgan bo’ladi. Banklarning kelajakdagi yangi xizmat turlarini kengaytirish va mijozlarni yanada jalb qilish maqsadi yuzasidan; “Zamonaviy bank xizmatlari bu tarmoqni kengayishida turtki bo’ladi”,- deydi amerikalik taxlilshunos olima Keyt Stalter.7 Shunday ekan, tijorat bankning mijozlarga nisbatan sheriklik munosabati o’zaro manfaatdorlik qoidasiga asoslanishi lozim. Bank uchun ham mijoz uchun ham hamkorlik tufayli kozonilgan ishonch ular o’rtasidagi sheriklik munosabatlarini mustahkamlaydigan jiddiy omilga aylanadi. Yaxshi sherik bo’lishni istagan bank o’z mijozlarini xizmatlar "majmuasi"bilan ta’minlashi zarur. Tijorat banklari xizmatining an’anaviy turlari qatorida, jumladan, xar-hil kreditlar berish barobarida valyuta, trast operatsiyalarini ham bajaradilar, ayni paytda o’z mijozlarining iqtisodiyotini to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalashi mumkin.


Bozor iqtisodiyoti va jahon ho’jaligi rivojlanishi bilan bank tizimi ham rivojlana bordi. Hozirgi sharoitda banklar tobora ko’proq faqat sof bank operatsiyalarini bajaradigan emas, shu bilan birga moliyaviy xizmatlar ko’rsatadigan moliyaviy muassasalarga aylanmokda, bu bank balansida aks ettirilmaydi, lekin juda katta daromad keltiradi. Masalan: banklar valyuta operatsiyalarini bajarganda sarroflar-brokerlar sifatida maydonga chiqadilar va katta miqdorda vositachilik haqi oladilar. Lekin bu operatsiyalar bank balansida aks ettirilmaydi. Hozirgi paytda yirik tijorat banklari kariyib 350 turdagi moliyaviy xizmat ko’rsatmoqda. Kayd etish joizki, bank tizimi ikki bosqichlidir. Birinchi bosqichda dunyo bank amaliyotida bo’lganidayok Markaziy bank turadi, u banklar banki, davlat banki, emissiya banki va oltin-valyuta zaxiralarini boshqaruvchi bankdir.
Bozor munosabatlariga o’tish bilan iqtisodiyotga ko’p ukladlik shakllanishi tijorat banklarini tashkil etishga to’rtki bo’ldi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish munosabati bilan birinchi navbatda bank ishini tashkil etish mazmuni o’zgartirishga kirishildi. Ko’p tomli intsruktsiyalar o’rniga bank ishlarini yuritish metodik ko’rsatmalari tayerlandi, kreditlashni kredit shartnomasi asosida amalga oshirish yo’lga ko’yildi, bir operatsiyalaridan bank nazorati olib tashlandi.
Tijorat banklari xo’jalik tashkiloti kabi korxonaning alohida hisoblanadi. Mustaqil ravishda xo’jalik faoliyati yuritib o’zlarining konkret natijalaridan hamda jihozlarining ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdan manfaatdordir.
Jamiyatning ijtimoiy bazasini ifoda etib, tijorat banklari iqtisodiyotni boshqarishda tizim sifatida katnashib, Markaziy bankning pul, kredit va foizlar sohasidagi siyosatini tadbik etuvchi sifatida faoliyat ko’rsatadi.
Tijorat banklarini rivojlanishi tor ma’noda bo’lsa ham ijtimoiy maxsulotning jami summasiga bo’ladi.
Yuqorida keltirilgan fikirlarimizni tahlil etadigan bo’lsak, tijorat banklarining mohiyatini ularning milliy iqtisodiyotda bajaradigan roli va funktsiyalari ochib beradi.
Pul, kredit va iqtisodiy kategoriyalar esa mohiyatini oshishida asos bo’lib hizmat qiladi. Bu kategoriyalarining harakatida banklar katnashadi, ya’ni banklar pul muomalasini aniqlaydi, kredit milliy iqtisodiyotni kreditlovchi sifatida, kredit esa foiz siyosatini amalga oshiradi.
Banklar korxonalar sifatida o’z funktsiyasini ko’pchilik qismi ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash va ist’emol bilan.
Bozor munosabatlariga o’tish bilan tijorat banklari o’z manfaatlari doirasida bo’sh pul resurslarini xarakatga keltiruvchi infratuzilmasining muhim tarkibiy qismiga aylanadi.
Banklarning ikki pogonali tizimi paydo bo’lishi pul muomalasi barqarorligini ta’minlash zaruratining okibati bo’ldi, iqtisodiyoening "sog’lomligi" ko’p jihatdan ana shunga edi. Pul aylanishini umumilliy darajada tartibga solish huquqini olgan banklar keyinchalik yoki to’la davlat banklariga yohud davlat bilan mutsaxkam bog’liq bo’lgan banklarga aylanadi bu esa ularga davlat pul-kredit siyosatini amalga oshirish imkonini beradi.
Banklarning bajaradigan operatsiyalariga qarab emissiya va tijorat banklariga bo’linadi. “Banklarning eng muhim vazifalaridan biri bu “pulni yaratish”. Pulni yaratish bu pulni “ishlab chiqarish” bilan cheklanmasdan, buning o’rniga bank rezervlaridan “tomchilanma” usulida ham pulni ko’paytirish mumkin”,- deydi xorijlik olim Stefan D.Simpson.8
Har qanday mamlakatda emissiya banklari kredit tizimining markazi hisoblanadi, ularga davlat banknotalar chiqarish, emissiya uchun monopoliyalik huquqini beradi. Ular boshqa banklarni kreditlaydi va shu ma’noda banklarning banki sanaladi.Bizning mamlakatimizda kredit tizimining markazi, emissiya banki va banklarning bankiO’zbekiston Respublikasining Markaziy banki hisoblanadi.
Tijorat banklari bank tizimining quyi bo’lib, mijozlarga tijorat tomoyillarida kredit, hisob-kitob xizmatlari ko’rsatish yuzasidan bevosita vazifalarini bajaradigan mutsaqil bank muassasa tarmoqlaridan tarkib topgan. Tijorat banklari amalda o’z mijozining xo’jalik faoliyati xizmati bilan bogliq kredit, hisob-kitob va moliya operatsiyalarini barcha turlarini bajaradi.
Tijorat banklari sanoat, savdo va boshqa hil korxonalarini asosan omonat tarzida jalb etilgan pul mablag’lari hisobidan kreditlaydi, korxonalar o’rtasida hisob kitoblarini amalga oshiradi, shunindek fond, vositachilik va valyuta operatsiyalari bilan shug’ulanadi.
O’zbekistonda bozor bank tizimini shakllantirishda vujudga kelayotgan boshqa bir muhim muammo-bu tijorat banklarining vujudga kelishi va rivojlanishida davlatning rolidir.
Odatda ishlab chiqarishning pasayishi va pulning kadrsizlanishiga olib keladigan, butun xo’jalik tizimi qayta ko’riladigan bozor munosabatlariga o’tish chog’ida bozor infratuzilmasining tarkib topishida davlat tomonidan ko’mak berilishi zarur hisoblanadi. Davlatning roli ishlab chiqarishdagi jamg’arishni jadallashtirishdan, moliyaviy resurslarni jalb etish hamda iqtisodiyotni rivojlantirish uchun ulardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida iqtisodiy va moliyaviy muxitni yaratishan iboratdir. O’zbekistonda davlat ishtirokida ixtisoslashtirilgan moliya muassasalari tashkil etilmokda, ularning maqsadi uzoq davr mobaynida iqtisodiyoening sarmoyasiga bo’lgan ehtiyojini ta’minlashdan iborat bo’ladi. Ularning faoliyati asosan xususiy sektorning dastavval kichik va o’rta tadbirkorlikning mavqeyini rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan.
Markaziy bank tijorat banklarining faoliyati ustidan samarali nazorat qilish, omonatchilar va aktsiyadorlarning manfaatlarini himoyalash maqsadida bank nazorati tizimini mustahkamlash yuzasidan muntazam ish olib bormoqda.
Tijorat banklari ko’payib bormoqda. Markaziy bank tijorat banklari o’rtasidagi raqobatni rivojlantirish, ular faoliyatini diversifikatsiyalash va universallashtirish maqsadida bunday ko’payishga ko’maklashmoqda. Biroq bu borada hali ko’p ish qilish lozim.
Tijorat banki mohiyatini uning maqsad va vazifalarini yaxshi tushunmaslik tijorat banklari faoliyatida eng ko’p tashvish uyg’otmoqda.
Bu holat aniq shakllantirilgan va puxta belgilangan rivojlanish strategiyasi yo’qligida o’z aksini topayapti. Bu banklar faqat shu kungi foydani o’ylamokda.
Tijorat banklari faoliyatining asosiy maqsadini umumiy ko’rinishda moliya xizmatlari taklif etish va ko’rsatish sifatida ifodalash mumkin.
Tijorat banklari bozorlarida qarz mablag’larini shakllantiruvchi, tartibga soluvchi va boshqaruvchi eng muhim elementlaridan biridir. Shu munosabat bilan ular zimmasiga sarmoyalar saqlanishi va ko’paytirilishini, pullar samarali ishga solinishini, demak zarur daromadlar olinishini ta’minlash vazifasi yuklatiladi.
Tijorat banklari o’z mijozlarining asosiy agenti ishonch bildirgan shaxsi, topshiriqlarni bajaruvchisi, ular mablag’larining bosh tasarrufchisi, aktsiyalar hamda bankdagi hisob varaqlar egalari aksariyat ko’pchiligi uchun eng yaqin maslaxatchi va ekspert hisoblanadi. Bizning uchun ular asosiy iqtisodiy, moliyaviy masalalar hamda shu bilan bogliq yuridik muammolarni chuqur va juda yaxshi bilishi, rivojlangan axborot-tahlil bazasiga ega bo’lishi va ayni paytda o’z vazifalariga taalluqli har qanday so’rov bo’yicha konkret yordam bera olishi lozim.
Hozirgi paytda qishloqda ssuda jamg’arma shirkatlari tusidagi kredit kooperatsiyalarini va shaharlarda o’zaro kreditlar jamiyatlarini tashkil etish muhim vazifa hisoblanadi. Bu hozirgi paytda uydagi "paypoqqa" yashirib saqlayotgan pul mablag’larini jalb etish va ularni kreditlar shaklida kredit kooperatsiyasi a’zolari o’rtasida joylashtirish imkonini beradi. Tuman markazlaridagi kredit uyushmalari kredit kooperatsiyalariga moliyaviy yordam ko’rsatishi, shuningdek ularning a’zolariga texnika, o’g’itlar sotib olish va mahsulotni sotishda ko’maklashishi kerak. Jahon tajribasining dalolat berishicha ishlab chiqarish kooperatsiyalari ham iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning g’oyat muhim sharti hisoblanadi.
Bugungi kunga kelib tijorat banklari qimmatbaho qog’ozlar bozorida aktsiyalardan tashqari depozit va jamg’arma sertifikatlar bilan ishlashni ham yo’lga qo’ymoqdalar.
Bundan tashqari banklar o’z mijozlariga moliyaviy broker sifatida ham xizmat ko’rsatmoqda. Banklarning bunday funktsiyalarni bajarishlari korxona tashkilotlarning qimmatli qogozlar bozori operatsiyalarida qatnashishlari uchun qo’lay sharoit yaratmokda.
Respublika iqtisodiyotiga kirib kelayotgan «Lizing» jarayonlari bugungi kunda ishlab chiqarishni texnika va texnologiya ta’minlash hamda qayta mijozlashda muhimligini ko’rsatmoqda. Agar biz lizing xizmatlariga to’lanadigan foiz bilan bank krediti bo’yicha to’lanadigan foiz o’rtasidagi bog’liqlikga e’tibor beradigan bo’lsak, u holda lizing xizmatlarini bugungi kunda tijorat banklari tomonidan amalga oshirilishini yo’lga qo’yish qo’lay hamda muhimdir. Chunki tijorat banklari lizing xizmatlari uchun boshqa lizing tashkilotiga kredit berishidan ko’ra bank krediti foizi darajasida mijozlarga xizmat ko’rsatishi va shu bilan lizing xizmatlari bahosini kamaytirish mumkin.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin