Bank va kasbiy faoliyat asoslari” fanidan O‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə26/95
tarix21.07.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#62860
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   95
Fakulteti

2. Markaziy bankning funktsiyalari: emission funktsiya; “banklarning banki” funktsiyasi; “davlatning banki” funktsiyasi; rasmiy oltin-valyuta zahiralarini boshqarish funktsiyasi.

Markaziy bank “tor” va “keng” ma’noda pul -kredat siyosatini olib borishi mumkin. “Tor” siyosatda valyuta bozorida investitsiya, xisob stavkasi va qisqa muddatli kreditlar buyicha foiz stavkalariga ta’sir qiluvchi boshqa instrumentlar yordamida valyuta kursini maqbulliliga erishish tushuniladi. “Keng” siyosatda muomaladagi pul massasiga ta’sir qilish orqali inflyatsiyaga qarshi kurash olib borish tushuniladi. Pul-kredit siyosatining xalqaro jihatlari valyuta kursi, valyuta rezervlari va to’lov balansi kabi masalalarning echimiga qaratilgan bo’ladi. Markaziy bank ruxsat etilgan instrumentlar yordamida pul muomalasini boshqarib boradi. Markaziy bankning pul-kredit siyosatining asosiy instrumentlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:


-minimal majburiy rezerv normalarini o’rnatish,
-foiz (diskont) siyosati ,
-tijorat banklarini qayta moliyalashtirish,
-ochiq bozor siyosati,
-targetlash va boshqalar.
Markaziy bank banknotalarni muomalaga chiqarish bo’yicha monopol mavqeiga ega. Bu «banknota yakka hokimligi», deb ham ataladi. Banknotalar mamlakat hududidagi hisob-kitoblarda cheklanmagan miqdorda qabul qilinuvchi yagona to’lov vositasidir. Markaziy bankning naqd pullarni berish jarayonidagi monopol mavqei, uning barcha pul massasining hajmini, shu jumladan, tijorat banklarining hisob-raqamlaridagi pul mablag’larini ham nazorat qilishiga imkon beradi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki xaqidagi qonunning 34-38- chi moddalarida Markaziy bank mamlakatda muomalaga pul chiqarish huquqiga ega bo’lgan monopol bank ekanligi qayd etilgan. Shu nuqtai nazardan, u muomaladagi pul massasining barqaror ravishda aylanishiga javobgardir.
Markaziy bank uchun banknotalarning xarid qobiliyatini barqaror darajada saqlab turish muhim ahamiyatga ega. Bu esa, eng avvalo, muomaladagi banknotalar miqdorining o’zgarishiga bog’liq. Bu holatni hisobga olgan bir qator markaziy banklar, xususan, Germaniya Markaziy banki rahbariyati muomaladagi naqd pul massasini tartibga solishni, kreditlash hajmini nazorat qilish bilan bir qatorda, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashning muhim sharti, deb hisoblaydi.
«Banklarning banki» funktsiyasi.
Markaziy bankning «banklarning banki» sifatidagi funktsiyasi, bizning fikrimizcha, asosan, quyidagi to’rt yo’nalishda namoyon bo’ladi:
Barcha tijorat banklari o’z mablag’larining ma’lum qismini Markaziy bankdagi foizsiz hisob-raqamlarida minimal rezervlar sifatida saqlashga majburdirlar.
Xususan, Germaniya Federativ respublikasida 1984 yildan boshlab, asosan, barcha tijorat banklari bilan bir qatorda uzoq muddatli qo’yilmalar bilan shug’ullanuvchi kredit institutlari va qurilish jamg’arma kassalari ham minimal rezervlarini Markaziy bankda saqlashga majbur bo’ldilar.101
Bank mijozlari o’zjamg’armalarining yoki kreditlarining ma’lum qismini Markaziy bank biletlarida, ya’ni naqd pullarda oladilar. Mijozlarning bu talabini tijorat banklari Markaziy bankdagi muddatsiz jamg’armalarining istalgan paytda naqd pulga almashtiriladigan qismi hisobidan qondiradilar. Markaziy bank ana shunday yo’l bilan butun bank tizimining to’lovga qobilligiga ta’sir qiladi. Ammo, bundan har bir tijorat banki o’zining naqd pullarga bo’lgan talabini faqatgina ikki muhim vazifani hal qilish imkoniyatiga ega bo’lib turibdi. Birinchidan, minimal emission bank mablag’lari hisobidangina qondira oladi, degan xulosa kelib chiqmaydi. Ayrim banklarda banknotalarning ortiqcha zaxirasi mavjud bo’ladi va ular boshqa banklarga bu pullarni kreditga berishi mumkin. Pul bozori rivojlangan mamlakatlarda bu jarayon texnik jihatdan juda silliq ko’chadi. Shunisi xarakterliki, tijorat banklaridagi ortiqcha naqd pullar miqdori emission bank yaratgan pullar miqdoriga tengdir. Demak, tijorat banklarining banknotalarni kreditga berish imkoniyati cheklangan. Bu esa, ularning banknota emissiyasi sohasida Markaziy bankka bog’liqligini saqlab qoladi.
Shunday qilib, Markaziy bank rezervlar tizimi orqali bank tizimining to’lovga qobilligini ta’minlayotgan bo’lsa, ikkinchidan, pul bozoridagi naqd pullarga bo’lgan talabni boshqarish orqali tijorat banklarining pul va kredit ekspansiyasini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo’layapti.
2. Markaziy bank barcha tijorat banklari va boshqa kredit institutlari uchun «so’nggi kreditor»dir.
Tijorat banklari vaqtinchalik likvidli kredit oladilar. Bu kreditlar, albatta, tijorat veksellari bilan, davlatning qimmatbaho qog’ozlari bilan yoki bankning boshqa qarz majburiyatlari bilan ta’minlangan bo’lishi kerak.
Markaziy bankning tijorat banklarini qayta moliyalashtirish bo’yicha amalga oshiradigan doimiy operatsiyalari tufayli pul bozorining mq’tadil faoliyati ta’minlanadi. Bu esa, o’znavbatida, tijorat banklariga mijozlarga qulay bo’lgan foiz stavkalarida kreditlar berish imkoniyatini yuzaga keltiradi.
Ayni vaqtda, Markaziy bank, tijorat banklariga bergan kreditlari uchun belgilaydigan foiz stavkalarini qzgartirish yo’li bilan kredit resurslariga bo’lgan talabni tartibga solish imkoniyatiga ega bo’ladi.
3. Markaziy bankning ushbu funktsiyasi doirasidagi uchinchi yo’nalish, asosan, ikki holatda namoyon bo’ladi. Markaziy bank mamlakat hududida amalga oshiriladigan hisob-kitoblar shakllarini, ularni qo’llash tartibini va muddatini belgilab beradi. Xususan, Nemis Federal banki to’g’risidagi qonunda Bundesbankning «hisob-kitoblar tizimining banklar tomonidan mamlakatda va xorij bilan bo’lgan aloqalarda ijro etilishi to’g’risida g’amxo’rlik qilishi» belgilab qo’yilgan.
Haddan ziyod katta miqdordagi zaxiralarni tijorat banklari tomonidan saqlab turilishi xazina va tijorat veksellari kabi pul bozori vositalariga bo’lgan talabni qisqarishiga olib keladi. Shu bilan birga, tqlovning kechikishi yuqori inflyatsiya sharoitida kelib tushadigan pul mablag’lari real qiymatining pasayishiga, davlat va korxonalar tomonidan kreditga bo’lgan talabning kuchayishiga olib keladi. Bunday sharoitda restriktsiyaviy pul-kredit siyosatining amalga oshirilishi, shubhasiz, mablag’lar etishmovchiligi natijasida ijro etilmagan to’lov topshiriqnomalarining to’planib qolishiga va korxonalarning o’zaro qarzdorlik summalarining sezilarli darajada o’sishiga olib keladi.
4. Mamlakat bank tizimining mo’’tadil faoliyat ko’rsatishida Markaziy bankning qanday usullar yordamida va qay darajada tijorat banklari faoliyatini nazorat qilishi muhim ahamiyatga ega.
Hozirgi kunga kelib banklar faoliyatini nazorat qilish rivojlangan xorijiy davlatlarda markaziy banklarning muhim faoliyatiga aylandi. Faqat Buyuk Britaniya Markaziy bankigina nisbatan kech, ya’ni 1979 yilda rasman, qonuniy asosda banklar faoliyatini nazorat qilish huquqiga ega bo’ldi.
Markaziy bank, davlat banki sifatida, Davlat byudjetining kassali bajarilishini amalga oshiradi, davlat organlarining naqd pulsiz operatsiyalarini ma’lum qismini amalga oshiradi, xukumatning tashqi qarzlarini to’lashga xizmat qiladi, byudjet defitsitining ma’lum qismini qoplashga va boshqa davlat muassasalarining xarajatlarini moliyalashtirish maqsadlariga qisqa muddatli kreditlar beradi. Hamda xukumatga pul-kredit va valyuta masalalari bo’yicha maslahatlar beradi.
Masalan, Bundesbank davlat banki sifatida Federatsiyaga, ma’muriy-hududiy bo’linmalarga hamda Federatsiyaning parabyudjet fondlariga kreditlar berish huquqiga ega. Bu kreditlar hajmi cheklangan bo’lib, qisqa muddatli xarakterga egadir.
Davlat banki sifatida Bundesbank, xukumat nomidan uning obligatsiyalarini, moliyaviy veksellarini sotadi va ularni sotish uchun e’lon qiladi. U federal zayomlar kursini barqaror darajada saqlanishi uchun javobgar hisoblanadi.
Markaziy bank davlatning asosiy bankiri va xukumatning moliyaviy maslahatchisi bo’lib hisoblanadi. Bu borada:

  • xukumat miqyosidagi tashkilotlarning hisob raqamlarini yuritadi;

  • davlat zayomlarini chiqarish, saqlash va ular bilan tegishli operatsiyalarni amalga oshiradi;

  • xukumatga kredit beradi;

  • davlatning oltin-valyuta va qimmatbaho toshlardan iborat rezervini o’zida saqlaydi va boshqaradi;

  • mamlakat miqyosida valyuta kursini o’rnatadi, foiz siyosatini yurgizadi va davlatning boshqa davlatlar oldidagi majburiyatlariga javob beradi. Ular bilan korrespondentlik munosabatlarini o’rnatadi va olib boradi.

Markaziy bankning davlat banki sifatidagi funktsiyasining muhim kqrinishlaridan biri xukumatning tashqi qarzlarini to’lash jarayonida namoyon bo’ladi.
Oltin-valyuta zaxiralarini boshqarish funktsiyasi.
Rivojlangan davlatlarda xukumatning odatda, chet el valyutalarida hisob-raqamlari bo’lmaydi. Mamlakatning oltin-valyuta zaxiralarini boshqarish Markaziy bank zimmasida bo’lib, ularning summasi Markaziy bank balansida aks etadi. Xukumatning esa, chet el valyutalarida tashqi qarzlari mavjud bo’ladi. Qarzni to’lash muddati kelishi bilan xukumat Markaziy bankka to’lov topshiriqnomasi yozadi. Bank qarzining valyuta zaxiralari hisobidan xukumatning tashqi qarzini to’laydi va to’langan summaning milliy valyutadagi ekvivalentini xukumatning hisob raqamlaridan chegirib oladi.
Rivojlangan industrial davlatlarda Markaziy bank bajaradigan an’anaviy funktsiyalardan biri - valyuta zaxiralarini boshqarishda Markaziy bankning monopol mavqeiga ega ekanligidir. Xususan, Avstriya, Buyuk Britaniya, Germaniya, AQSh kabi davlatlarning markaziy banklari mamlakat valyuta zaxiralarini boshqarishda ana shunday huquqqa egadirlar.
Markaziy banklarning maslahatlar berish va ma’lumotlar bilan ta’minlash funktsiyasini uning davlat banki sifatidagi funktsiyasiga kiritish mumkin.
Markaziy bankning ma’lumotlar talab qilish huquqi to’g’risida tijorat banklari uchun hisobotlar shaklini va topshirish muddatini belgilab berishligini Markaziy bankning ma’lumot - tadqiqot funktsiyasining bir ko’rinishi sifatida ko’rsatadi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Markaziy bankning funktsiyalari qo’yilgan maqsadlarga erishishni ta’minlash uchun xizmat qiladi. Shu sababli asosiy maqsadga erishish yqlida belgilangan u yoki bu vazifani hal etish Markaziy bank funktsiyalarining ayrimlarini boshqalariga nisbatan faolroq jalb qilinishini talab etadi.
Yuqorida qayd etib qtilgan Markaziy bankning asosiy an’anaviy funktsiyalari xalqaro bank tizimida an’anaviy ko’rinish sifatida keng tarqalgan, ya’ni har bir rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar Markaziy banklarining funktsiyalari bir-biriga o’xshab ketadi. Bundesbankning bu sohadagi o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, u bevosita banklar faoliyatini nazorat qilish bilan shug’ullanmaydi. Balki nazoratni Federal nazorat mahkamasi amalga oshiradi. Ammo Bundesbank nazorat mahkamasiga yaqindan ko’maklashadi. Xususan, ushbu mahkamaning joylarda bo’linmalari mavjud emas va u to’liq Federal bankning joylardagi muassasalaridan foydalanadi. Bundan tashqari, qarorlar qabul qilishda nazorat mahkamasi bir qator masalalar bo’yicha Markaziy bankning roziligini olishi kerak. Masalan, banklarning o’zkapitali va to’lovga layoqatliligi xususida qaror qabul qilinishi uchun albatta, Bundesbankning roziligi bo’lishi shart.
Markaziy bankning banklar faoliyatini nazorat qilishining eng asosiy sababi mamlakatda bank tizimiga bo’lgan yuksak ishonchni ta’minlash. Bu ishonch tijorat banklarining o’z mijozlari - huquqiy va jismoniy shaxslar oldidagi majburiyatlarini to’liq va o’z vaqtida bajara olishi orqali ta’minlanadi.



Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin