Bank va kasbiy faoliyat asoslari” fanidan O‘quv-uslubiy majmua


I. O’quv fanning dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə82/95
tarix21.07.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#62860
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   95
Fakulteti

I. O’quv fanning dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni

Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan bank tizimi, ularining bajarayotgan operatsiyalari va ko’rsatayotgan xizmat turlari hamda ajratayotgan kreditlari iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim ahamiyatiga ega. O’z navbatida, iqtisodiyotda tarmoqlarini rivojlantirishda bank tizimi asosiy bo’g’indir. Shunga ko’ra, bank ishi faoliyatida ish yuritadigan mutaxassislarga alohida talablar qo’yiladi. Bank va kasbiy faoliyat asoslari fani mutaxassislik fanlarining nazariy va uslubiy asosini tashkil qilib, o’z rivojida aniq yo’nalishdagi iqtisodiy fanlar uchun zamin bo’lib xizmat qiladi.




II. O’quv fanning maqsadi va vazifasi

“Bank ishi” fanidagi “Bank va kasbiy faoliyat asoslari” modulining maqsadi bakalavr talabalariga, bank ishi mutaxassisligi bo’yicha o’qishga qabul qilingan talabalarni O’zbekiston Respublikasi bank tizimi, uning tuzilishi, faoliyat yuritishi, shuningdek, tijorat banklarining faoliyati, operatsiyalari hamda mamlakatimiz iqtisodiyotida tutgan o’rni haqida chuqur nazariy va amaliy bilimlar berishdan iborat.


“Bank ishi” fanidagi “Bank va kasbiy faoliyat asoslari” modulining vazifalari quyidagilardan iborat:

  • “Bank ishi” yo’nalishida mutaxassislikka qo’yilgan talablar va fanlar mazmuni;

  • bank xodimining kasb odob-axloqi kodeksi;

  • tijorat banklarining tarkibiy tuzilishi, vazifalari va bank hujjatlarining turlari;

  • Markaziy banklarning vujudga kelish va rivojlanish shart-sharoitlari;

  • jahon bank amaliyotida sodir bo’layotgan o’zgarishlar;

  • xalqaro bank ishini tartibga solish;

  • kurs ishi, malakaviy amaliyot va bitiruv malakaviy ishiga qo’yiladigan talablar

bo‘yicha talabalarda chuqur bilim va ko‘nikmalar hosil qilish.
Talaba:

  • “Bank ishi” fanidagi “Bank va kasbiy faoliyat asoslari” modulining ob’ekti, predmeti;

  • bank tizimi;

  • banklar faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari;

  • O’zbekiston bank tizimining shakllanishi va mamlakat iqtisodiyotida tutgan o'rni;

  • xalqaro bank amaliyotidagi o’zgarishlar haqida tasavvurga ega bo‘lishi;

  • “Bank ishi” yo’nalishida mutaxassislikka qo’yilgan talablar va fanlar mazmunini;

  • bank xodimining kasb odob-axloqi kodeksi va uning mazmun mohiyatini;

  • banklarining tarkibiy tuzilishi, vazifalari va bank hujjatlarining turlarini;

  • banklarining mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi o’rnini;

  • jahon bank amaliyotida sodir bo’layotgan o’zgarishlar;

  • kurs ishi, malakaviy amaliyot va bitiruv malakaviy ishiga qo’yiladigan talablar ni bilishi va ulardan foydalana olishi;

  • banklarining mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi o’rni;

  • bank xodimining kasb odob-axloq kodeksi;

  • bank xodimining majburiyatlari;

  • rivojlangan mamlakatlar banklarining faoliyati va asosiy yo‘nalishlari;

  • kurs ishi va bitiruv malakaviy ishiga qo’yiladigan talablar hamda uni yozish tartibi, tadqiqot ob’ekti to’g’risida umumiy ma’lumotga, shuningdek, malakaviy ishini yozish bo’yicha ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.




Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin