Bank xisobi va audit


Tijorat banklarni 1 darajali kapitalini joriy holati tahlili



Yüklə 250,02 Kb.
səhifə4/11
tarix30.01.2023
ölçüsü250,02 Kb.
#81788
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
KBIS 61 guruh Иброхимов Мансурбек kurs ishi 22

2. Tijorat banklarni 1 darajali kapitalini joriy holati tahlili
2017 - 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo’yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risida”gi 5177-sonli Farmoni, shuningdek, bank tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlash, xalqaro tajribani hisobga olgan holda, bank tavakkalchiligini baholashni takomillashtirish, tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishning zamonaviy tamoyillari hamda mexanizmlarini joriy etish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil
12-sentabrdagi 3270-sonli “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida” Qarori qabul qilindi. Ushbu qaror asosida 2017-yilning 1-oktabridan ustav kapitalining (fondining) minimal miqdori yangi tashkil etiladigan:tijorat banklariga 100,0 mlrd.so’m; mikrokredit tashkilotlariga 2,0 mlrd.so’m; lombardlarga 500 mln.so’m etib belgilandi. Tijorat banklari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar 2019-yilning 1-yanvarigacha ustav kapitallarining minimal miqdorlarini mazkur bandga muvofiq belgilangan minimal talablar darajasiga keltirilishi ko’zda tutilgan.
Tijorat banklari kapitalini oshirish yuzasidan qisqa muddat ichida respublika ahamiyatiga molik bo’lgan yuqoridagi qarorning qabul qilinishi mazkur masalaning naqadar dolzarb ekanligidan dalolat beradi va ularning bajarilishi banklar kapitalining sezilarli darajada oshishiga sabab bo’ladi deb o’ylaymiz.
Aytib o’tish joizki, hozirgi kunda mamlakatimizda tijorat banklari kapitalining yuqori sur’atlar bilan o’sishi jarayoni kechmoqda. Bunday o’sishga nafaqat davlat ulushi bor banklar, balki boshqa tijorat banklarining ham erishayotgani bank biznesi uchun mamlakatimizda qulay muhit yaratilganligini ko’rsatadi. Bank tizatkichlari nafaqat xalqaro umum qabul qilingan me’yorlarga javob beradi, balki ayrim yo’nalishlar bo’yicha undan ham yuqori baholarga erishmoqda. Xususan, bank kapitali bo’yicha qo’yilgan minimal talablar bo’yicha tijorat banklarimizni aksariyati, bank kapital yetarliligini me’yordan ham yuqori darajada bajarib kelmoqda.
Biz quyidagi rasm orqali mamlakatimizda tijorat banklarining regulyativ kapitalining dinamikasini ko’rib chiqamiz. Chunki regulyativ kapital tijorat banklari uchun kapital yetarlirlilik ko’rsatkichini hisoblashda asosiy ko’rsatkich hisoblanadi va bu orqali banklarning moliyaviy holatiga baho beriladi.
Biz quyida tijorat banklari regulyativ kapitalining miqdorini o’zgarish dinamikasini tahlil qilamiz. Tahlil jarayonida biz, asosan oxirgi uch yillik ma’lumotlardan va 2018-yil I chorak ma’lumotidan foydalandik. Rasm ma’lumoti orqali umumiy kapitali yetarliligi tahlili 2015-2017-yillar oralig’ida bu ko’rsatgichning Bazel talablaridan 2-3 barovar yuqori bo’lgani ko’rishimiz mumkin.



1-rasm. Mamlakatimiz tijorat banklari regulyativ kapitalining miqdori9(mlrd.so’m)

2020-yilda 6921,1 mlrd.so’mni tashkil qilgan, 2021yilda 8460,1 mlrd.so’m bo’lgan. 2021-yakunida eng yuqori ko’rsatkichga erishilib 19992,8 mlrd.so’mni tashkil etib, 2020-yilga nisbatan 2,9 barobarga, 2021-yilga nisbatan esa 2,3 barobarga oshgan. 2021-yil I-choragida esa 23248 mlrd.so’mni, 2022-yil I-choragida 28292 mlrd.so’mni tashkil qilgan. Tahlil natijalaridan ko’rinib turibdiki, respublikamiz tijorat banklarida kapital yetarliligiga qo’yilgan talablar yuqori darajada ta’minlangan va yil sayin yuqori o’sish tempiga ega bo’lib bormoqda. Bu esa banklarning kapitali muntazam oshirilib borishidan dalolat beradi.


Bank tizimining moliyaviy holatiga baho berishda banklarning birinchi darajli kapitali ham muhim ahamiyatga ega. Chunki bankning umumiy kapitali tarkibida asosiy qismini I-darajali kapital tashkil qiladi va barqarorligi bilan ajralib turadi. Mamlakatimiz tijorat banklarining birinchi darajali kapitali xalqaro me’yorlardan ancha yuqoriligini quyidagi rasmni tahlil qilib ko’rishimiz mumkin.




Yüklə 250,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin