Bank xisobi va audit


-jadval. Kapitalning monandligiga qo’yilgan minimal talablar (%)13



Yüklə 250,02 Kb.
səhifə7/11
tarix30.01.2023
ölçüsü250,02 Kb.
#81788
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
KBIS 61 guruh Иброхимов Мансурбек kurs ishi 22

3-jadval. Kapitalning monandligiga qo’yilgan minimal talablar (%)13

Talab kuchga kirish sanasi

Regulyativ kapitalga, (K1)

I darajali kapitalga, (K2)

I darajali asosiy kapitalga, (K3)

Leveraj, (K4)

01.01.2017

12,5

9,5

7,5

6

01.01.2019

13

10

8

6

Kapitalning konservatsiya buferi tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlarning 3,0 foiz miqdoridagi qo’shimcha zaxiradan iborat. Bunday zaxiradan maqsad banklar tomonidan moliyaviy va iqtisodiy qiyinchilik davrlarida zararlarni qoplash uchun ishlatilishi mumkin bo’lgan kapital zaxirasining ta’minlanishini kafolatlash hisoblanadi.


Tavakkalchilikni hisobga olgan holda aktivlarning umumiy miqdori (TAUS) quyidagi tarzda hisoblanadi:
TAUS = Chegirmalar chiqarilgan tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi balans va balansdan tashqari aktivlar summasi + Operatsion tavakkalchiliklar summasi (OT) + Bozor tavakkalchiliklari summasi (BT);
OT = (100 / belgilangan K1 ning eng kichik darajasi) X (Bankning oxirgi uch yildagi yalpi daromadining o’rtacha summasi X 15 foiz);
Yalpi daromad = (foizli daromadlar - foizli xarajatlar) + (foizsiz daromadlar - foizsiz xarajatlar).
Agar yalpi daromad qaysidir yilda nolga teng yoki salbiy ko’rinishda bo’lganda, o’rtacha ko’rsatkichni hisoblashda u maxrajdan va suratdan chiqarib tashlanishi lozim.
BT = (100 / belgilangan K1 ning eng kichik darajasi) X (Ochiq valuta pozitsiyalarining jami miqdori X 10 foiz).
Ochiq valuta pozitsiyalarining umumiy summasini hisoblashda xorijiy valutalarning umumiy uzun yoki umumiy qisqa ko’rsatkichlari yighndisining mutloq ko’rsatkichining eng kattasi olinadi.
I-darajali kapitalning monandlik koeffitsienti K2 = I-darajali kapital/TAUS sifatida aniqlanadi.
Kapitalning konservatsiya buferi tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi barcha aktivlarning 3,0 foiz sifatli I-darajali kapital bo’lishini hisobga olgan holda K2 koeffitsienti 2017-yilning 1-yanvaridan 0,095 (9,5 foiz) va 2019 -yilning 1-yanvaridan 0,10 (10,0 foiz) miqdoridan kam bo’lmasligi lozim.
I-darajali asosiy kapitalning monandlik koeffitsienti K3 = I-darajali asosiy kapital/TAUS sifatida aniqlanib, uning eng kichik miqdori 0,075 (7,5 foiz) dan kam bo’lmasligi kerak.
2019-yil 1-yanvardan boshlab K3 ning eng kichik darajasini 0,08 (8,0 foiz) miqdoridan kam bo’lmasligi lozim.
Kapitalning monandlik darajasi talablari bilan bir qatorda banklar leveraj koeffitsientiga rioya etishlari kerak.
K4 = I-darajali kapital (Umumiy aktivlar + balansdan tashqari moddalar + hosilaviy vositalar – I-darajali kapitaldan chegirmalar). Leveraj koeffitsientining eng kichik darajasi 0,06 (6 foiz) ga teng bo’lishi belgilangan.
Mazkur nizom talablaridan kelib chiqqan holda har bir ko’rsatkich tahlilini ko’rib chiqamiz.
Hozirgi kunda mamlakatimizda tijorat banklari kapitalining yuqori sur’atlar bilan o’sish jarayoni kechmoqda. Bunday o’sishga nafaqat davlat ulushi bor banklar, balki boshqa tijorat banklarining ham erishayotgani bank biznesi uchun mamlakatimizda qulay muhit yaratilganligini ko’rsatadi.

4-rasm. Tijorat banklarining regulyativ kapitalining tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlarning umumiy summasiga nisbati, foizda.14

Rasm ma’lumotlari asosida, mamlakatimiz tijorat banklarining regulyativ kapitali yetarlirliligini tahlil qiladigan bo’lsak, ushbu ko’rsatkichni yil sayin o’sib borayotganligini kuzatishimiz mumkin. 2015-yilcla 14,72 foizni tashkil qilgan bo’lsa, 2016-yilda 0,1 foizga oshib 14,73 foizni tashkil qilgan. 2017-yilda esa 18,77 foizni tashkil qilib, 2015-yilga nisbatan 1,3 martaga oshgan. 2018-yil 1-choragida bu ko’rsatkich 19,55 foizni tashkil qildi.


Biz bilamizki, Bazel qo’mitasining talabiga ko’ra, regulyativ kapitalining yetarlirliligi ko’rsatkichiga nisbatan talabi 8 % ni tashkil qiladi. Bizda esa 19,55 % ni tashkil qilmoqda, ya’ni Bazelning talabidan 2,4 marta yuqori, demak bu ijobiy holat.
Shu bilan birgalikca tijorat banklarining birinchi carajali kapitali yetarlililigini hisoblab, oxirgi yillarcagi cinamikasini va Bazel talablari bilan taqqoslasak maqsadga muvofiq bo’ladi.
Chunki, hozirgi kunda ko’plab rivojlangan davlatlar ham Bazel tavsiyalarini o’z amaliyotlariga joriy qilishmoqca. Ayniqsa kuzatilgan jahon moliyaviy-iqtisociy inqirozi yuz bergan paytca banklarca yuzaga kelacigan risklar muammosining paydo bo’lishi buni ahamiyatini yanada oshirdi.

5-rasm. Tijorat banklarining I-darajali kapitalning tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlarning umumiy summasiga nisbati, foizda15.


Rasm ma’lumotlariga qaraydigan bo’lsak, tijorat banklarining I-darajali kapital yetarlirliligi 2015-yil holatiga 12,55 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2016-yil 12,50 foizni tashkil etib, bazis yilga nisbatan 0,5 foizga kamaygan. 2017-yilda 16,55 foizni tashkil qilib, 2016-yilga nisbatan 4,05 foizga, 2015-yilga nisbatan esa 4,0 foizga yoki 1,3 marta oshgan 2016-yilda 0,5 foizga kamayganini salbiy baholab bo’lmaydi. Chunki ushbu yilda bu ko’rsatkich kamaygani bilan Bazel talabidan yuqori bo’lmoqda. 2018-yil I-choragida esa 17,89 foizni tashkil qilgan. Umuman olganda I-darajali kapital yetarlirliligi ham Bazel talablaridan 4 barobardan ortiqni tashkil qilmoqda.


Demak, bank tizimida tijorat banklarining barqaror manbalar hisobidan kapitallashuviga e’tibor qaratilgan deb aytishimiz mumkin. Tijorat banklari I-darajali kapital yetarliligining bu darajasi ularning kapitallashuv darajasini yanada oshirish istiqboli mavjud ekanligini belgilaydi.

Bizga ma’lumki, tijorat banklarining asosiy kapitali regulyativ kapitalning 60 foizdan kam bo’lmasligi va uning yetarliligi 7,5 foiz bo’lishi kerak.


Ta’kidlash lozimki, hozirgi kunda mamlakatimizda tijorat banklari kapitalining yuqori sur’atlar bilan o’sishi jarayoni kechmoqda. Bunday o’sishga nafaqat davlat ulushi bor banklar, balki boshqa tijorat banklarining ham erishayotgani bank biznesi uchun mamlakatimizda qulay muhit yaratilganligini ko’rsatadi.


Yüklə 250,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin