Bank xisobi va audit


(Tegishli moliyaviy yilning 1-yanvar holatiga)16



Yüklə 250,02 Kb.
səhifə9/11
tarix30.01.2023
ölçüsü250,02 Kb.
#81788
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
KBIS 61 guruh Иброхимов Мансурбек kurs ishi 22

(Tegishli moliyaviy yilning 1-yanvar holatiga)16

Ko’rsatkich nomi

2016

2017

2018

2019

2020

2021

2022

Bazaviy I darajali kapital (Oddiy aksiyalar + taqsimlanmagan foyda) ga minimal talab

3,5%

4,0%

4,5%

4,5%

4,5%

4,5%

4,5%

Maxsus zaxira kapitali










0,625%

1,25%

1,875%

2,50%

Bazaviy I darajali kapitalga minimal talab + Maxsus zaxira kapitali

3,5%

4,0%

4,5%

5,125%

5,75%

6,375%

7,0%

I-darajali kapitalga minimal talab

4,5%

5,5%

6,0%

6,0%

6,0%

6,0%

6,0%

Umumiy kapitalga minimal talab

8,0%

8,0%

8,0%

8,0%

8,0%

8,0%

8,0%

Umumiy kapitalga minimal talab + Maxsus zaxira kapitali

8,0%

8,0%

8,0%

8,625%

9,25%

9,875%

10,5%

Yuqoridagi jadvalda Xalqaro Bazel qo’mitasining kapital yetarliligiga qo’yilgan yangi talablarini ko’rishimiz mumkin.


Jadvaldan ma’lum bo’ladiki I-darajali kapitalga minimal talab amaldagi 4 %dan 2016-yil 1-yanvarga kelib 4,5 foizga, 2017-yil 1-yanvarga kelib esa 6 %ga yetdi. Bazaviy I darajali kapital esa (oddiy aksiyalar + taqsimlanmagan foyda)ga nisbatan talab 2016-yildan boshlab 3,5%, 2017-yildan buyon esa 4,5 % darajasida belgilanadi. Favqulodda holatlar uchun maxsus zaxira kapitali (Capital Conservation Buffer) shakllantirilib, uning me’yoriy darajasi 2022-yilga kelib 2,5% etib belgilanadi. Kontrosiklik zaxira kapitali (Countercyclical Capital Buffer) milliy sharoitlardan kelib chiqqan holda bosqichma-bosqich 2022-yilga kelib bazaviy I-darajali kapitalning 2,5 %i miqdorida belgilandi.
Hozirgi kunda kapitalning yetarliligi darajasini nazorat qilishning quyidagi (jahon bank amaliyotida keng qo’llaniladigan) ikki usuli mavjud:

  1. Bazel kelishuvi asosida taklif etilayotgan usul;

  2. AQSH FZT tomonidan taklif etilgan “CAMELS” reyting tizimi.

Bazel kelishuviga ko’ra kapitalning yetarlilik darajasiga talablar quyidagi ko’rsatkichlar asosida ifodalanadi:

  1. 1-darajali (asosiy) va 2-darajali (qo’shimcha) kapital o’rtasidagi nisbat;

  2. Bankning asosiy va umumiy kapitali miqdorining risk darajasiga ko’ra hisoblangan aktivlarga bo’lgan nisbatini belgilovchi, kapitalning yetarlilik koeffitsiyentlari. Birinchi ko’rsatkich uchun qo’yilgan talab - asosiy va qo’shimcha kapital o’rtasidagi nisbat 1:1 doirasida bo’lishi belgilangan, ya’ni qo’shimcha kapital summasi asosiy kapital summasidan oshib ketmasligi kerak. Ikkinchi ko’rsatkich bo’yicha qo’yilgan talab - asosiy kapital summasi risk darajasiga ko’ra hisoblangan aktivlar summasiga nisbatan 4% dan (Bazel III ga muvofiq, 2013- yildan 4.5%, 2019-yildan esa 6%) kam bo’lmasligi, umumiy kapital summasi esa 8% dan (Bazel III ga muvofiq, 2019-yildan 14.5%) kam bo’lmasligi kerak.

Yuqorida ko’rsatib o’tilgan talablardan kelib chiqqan holda kapitalining ikki qirrasini ko’rsatish zarur. Bular, birinchidan kaptalning statik qirrasi, ikkinchidan kapitalning dinamik qirrasidir. Kapitalning statik qirrasini juda oddiy tushuntirsa bo’ladi. Unga asosan, depozitlarni jalb qiluvchi va kreditlovchi, har qanday bank 5 mln. EKYU dan kam bo’lmagan miqdordagi ustav kapitaliga ega bo’lishi zarur. Mazkur talabni bajarmagan bank o’z faoliyatini boshlashi mumkin emas. Amalda faoliyat ko’rsatuvchi banklarga kapitalning yetmagan qismini to’ldirish uchun ma’lum vaqt beriladi.
Bu ko’rsatma (direktiva) Bazel kelishuviga a’zo davlatlar tomonidan 1993 yilning 1-yanvaridan boshlab kuchga kiritilgan. Kapitalning minimal darajasi bank tomonidan barcha majburiyatlarni to’lagan holda olishi mumkin bo’lgan zarar summasiga teng bo’lishi kerak. Bu mijozlar tomonidan bankga ishonib topshirilgan mablag’larning saqlanishi garovidir. Kapitalning dinamik qirrasini tasniflash birmuncha og’irroq. U Bazel kelishuviga ko’ra o’rnatilgan normativlarga rioya qilinishi bilan bog’liqdir. Bank ishonchliligining asosiy ko’rsatkichi bo’lib “Kuk” koeffitsienti (bank kapitalining risk darajasiga ko’ra hisoblangan aktivlarga nisbati) xizmat qiladi.
Bank nazorati bo’yicha Bazel qo’mitasining yangi tavsiyalariga muvofiq tijorat banklarining kapital etarliligiga nisbatan talablarni oshirish, tijorat banklari tarkibida ularning inqiroz holatlari ta’siriga barqarorligini ta’minlaydigan barqarorlashtirish zaxiralarini yaratish maqsadida Markaziy bank tomonidan Jahon banki va Xalqaro valuta jamg’armasining xalqaro ekspertlari bilan birgalikda bank nazoratiga oid me’yoriy hujjatlarni xalqaro standartlar asosida takomillashtirish ishlari olib borildi.
Xususan, yangi tartibga asosan bank balansi aktivlari tavakkalchilik darajasi besh guruhga bo’linib, 150 foizlik tavakkalchilik koeffitsienti qo’shimcha joriy qilindi. Ya’ni, sud jarayonidagi va belgilangan tartibda undirilmagan aktivlarga 150 foizli tavakkalchilik darajasi qo’llaniladi.
Amaliyotimizda tijorat banklarimiz qonunchilikka muvofiq faqat kreditlarni tasniflash va ularga ehtimoliy yuqotishlar uchun maxsus zaxirani shakllantirilmoqda. Maxsus zaxira bank xarajatlari hisobidan shakllantirilib, ularning hisobi kontr-aktiv hisobvaraqlarda yuritiladi. Tijorat banklari tomonidan boshqa aktivlarni (investistiya, qimmatli-qog’ozlar va boshqalar) tasniflanmasligi va ular bo’yicha majburiy ravishda ehtimoliy yo’qotishlar uchun zaxiralar shakllantirilmasligi bank aktivlari tarkibida sifatsiz aktivlarning yashirinishiga, bank tomonidan zararli va foydasiz aktivlarni o’z vaqtida hisobdan chiqarilmasligiga hamda bank moliyaviy ahvolini noto’g’ri baholanishiga sabab bo’ladi.
Xorij amaliyotida balansdan tashqari aktivlar uchun qayta baholash hamda ehtimoliy yo’qotishlar zaxirasini shakllantirilishini ko’rish mumkin. Ular II darajali kapitalning elementlari sanaladi. Respublikamiz tijorat banklari balansdan tashqari aktivlarida zaxiralar shakllantirilmaydi va moliyaviy hisobotlar chop etilganda balansdan tashqari moddalar ko’rsatilmaydi. Bu ham bank balansdan tashqari aktivlarining noto’g’ri tasniflanishiga sabab bo’ladi.
Qisqa qilib aytganda, ayrim olingan mamlakatlarda bank tizimi xususiyatiga qarab Xalqaro Bazel qo’mitasi tomonidcn ishlab chiqilgan standartlarda ko’zda tutilgan bank kapitali yetarliligiga qo’yilgan talablar ma’lum jihatdan farqlanishi mumkin.
Bank kapitali bank faoliyatini tashkil etish hamda keyinchalik uning faoliyatini rivojlanti aytirish uchun birlamchi zaruriy asos hisoblanadi. Tijorat banklarining etarli miqdorda bank kapitaliga ega bo’lishi, ularning to’lovga qobilligi va likvidligini ta’minlash, shuningdek, faoliyati davomida duch keladigan risklardan zarar ko’rmay chiqib ketish imkoniyatini beradi.
Bugungi kunda xalqaro bank amaliyotida bank kapitali tarkibini shakllantirish va uning yetarlilik darajasini belgilashda Xalqaro Bazel qo’mitasi tomonidan ishlab chiqilgan standartlardan asos sifatida foydalanib kelinmoqda.
Tijorat banklarining yuqori darajada kapitallashuvi mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishiga ijobiy ta’sir etish bilan birga, milliy valyutaning barqarorligi va aholining bank tizimiga bo’lgan ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

  • Tijorat banklari kapitallashuv darajasiga quyidagi omillar ta’sir qiladi:

  • Tijorat banklari oddiy va imtiyozli aksiyalarining bozor bahosining o’zgarish omili.

Tijorat banklarining oddiy va imtiyozli aksiyalarining bozor bahosining o’sishi ularni sotish jarayonini tezlashtiradi va sotilish koeffitsientining yuqori darajasiga erishish imkoniyatini beradi. Buning natijasida ustav kapitalining haqiqatda to’langan qismi oshadi. Aksincha, bankning oddiy va imtiyozli aksiyalarining bozor bahosining pasayishi ularni sotishdan olinadigan tushumlari miqdoriga va emissiyaviy daromadlari hajmiga salbiy ta’sir qiladi.
Shunisi xarakterliki, ko’pchilik rivojlanayotgan davlatlarda moliya bozorining rivojlanmaganligi oqibatida oddiy va imtiyozli aksiyalarning bozor bahosini aniqlash imkoniyati mavjud emas. Buning ustiga, banklarning moliyaviy barqarorligi va to’lovga qobilligi to’g’risida ishonchli ma’lumotlarning mavjud emasligi investorlarda qimmatli qog’ozlarni sotib olishga bo’lgan ishonchni pasayishiga sabab bo’ladi.
Rivojlanayotgan davlatlarda inflyastiya darajasining yuqori ekanligi bank aksiyalarining bozor bahosiga salbiy ta’sir qiluvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Inflyastiyaning yuqori darajasi investorlar tomonidan bank aksiyalarini sotib olishga qilingan qo’yilmalarning va ulardan olinadigan daromadlarning real qiymatini pasayishiga olib keladi.

  • Aksiyadorlarning ustav kapitalini shakllantirish bo’yicha majburiyatlarini o’z vaqtida bajarish omili.

Ma’lumki, aksiyadorlik tijorat banklarining ustav kapitali ikki qismdan iborat bo’ladi:

  1. Ustav kapitalining e’lon qilingan qismi.

  2. Ustav kapitalining haqiqatda to’langan qismi.

Aksiyadorlarning ma’lum qismi ayrim hollarda o’zlarining ustav kapitalini shakllantirish yuzasidan olgan majburiyatlarini bajarishdan bosh tortadilar yoki bajarish muddatini juda cho’zib yuboradilar. Buning natijasida ustav kapitalini shakllanishiga nisbatan salbiy ta’sir yuzaga keladi.

  • Bank aktivlarini riskka tortilgan miqdorining o’zgarish omili.

Bu omilning juda katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega ekanligini shundan ham bilsa bo’ladiki, xalqaro bazel andozalari bo’yicha jami kapitalning ham, asosiy kapitalning ham yetarlilik darajasi aktivlarning riskka tortilgan miqdoriga nisbatan belgilangan.
Shunisi e’tiborga molikki, xalqaro bank amaliyotida tijorat banklarining iqtisodiy jihatdan inqirozga uchramasliklari uchun qancha miqdorda kapital mablag’i zarur bo’ladi degan savolga aniq javob mavjud emas. Chunki katta miqdordagi kapitalga ega bo’lgan Yaponiya, G’arbiy evropa mamlakatlarida ko’zga ko’ringan banklar iqtisodiy jinatdan tanazzulga yuz tutganligi tarixdan ma’lum. Demak, Bazel andozalariga ko’ra bank kapitalining yetarliligi tijorat banklarining riskka tortilgan aktivlarining sifatiga bog’liqligi mantiqan to’g’ri. Ya’ni riskka tortilgan aktivlarning sifati qanchalik yomon bo’lsa bank kapitalining miqdori ham shunga nisbatan yuqori bo’lishi va tegishli zaxiralarni yaratish lozim va aksincha.

  • Bank kapitalining yetarliligi sharoitida uning likvidligini ta’minlash uchun zarur bo’lgan likvidli aktivlarning mavjudligi omili.

Ushbu omilning ahamiyati shundaki, ayrim tijorat banklari yuqori foyda olish maqsadida resurslarning, shu jumladan, kapiitalning asosiy qismini yuqori riskli aktiv operastiyalarga yo’naltiradilar. Bunday sharoitda banklarning likvidligi xavf ostida qoladi. Shuning uchun bank aktivlari tarkibida uning likvidligini ta’minlash maqsadida ma’lum miqdordagi likvidli aktivlarini saqlab turish maqsadga muvofiqdir.
Ta’kidlash lozimki, keyingi yillarda Markaziy bankning talabi asosida tijorat banklarining sa’y harakatlari natijasida respublikamiz tijorat banklari jami kapitalining hajmi ortib bormoqda.
Tijorat banklarining kapitallashuv darajasini oshirish yuzasidan quyidagilarni amalga oshirish lozim deb o’ylaymiz:
Birinchidan, Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga uzoq muddatli subordinar kreditlarni berishni yo’lga qo’yish lozim. Markaziy bank tomonidan tijorat banklari kapitalini oshirish maqsadida berilgan subordinar kreditlar quyidagi ijobiy natijalarni beradi:

  • respublikamizda monetizastiya koeffitsientining oshishiga olib keladi;

  • tijorat banklarida nisbatan arzon manbalar hisobidan kapitallashuv darjasini oshirish imkoniyati tug’iladi. Bu esa o’z navbatida, ularning real sektorni kreditlashga yo’naltirayotgan mablag’lari hajmining ortishiga olib keladi;

  • Markaziy bank iqtisodiyotdagi pul va tovar massasi o’rtasida muvozanatlikni ta’minlashi bilan birga, yuqori miqdorda bo’lmasada qo’shimcha daromad manbaiga ega bo’ladi.

Ikkinchidan, moliyaviy yilning yakunida tashkil topgan foydasidan bank kapitalini ko’paytirishga yo’naltirilgan hajmini soliqqa tortish bazasidan chegirib tashlash maqsadga muvofiq. E’tirof etish lozimki, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 19-dekabrdagi PF-3831-sonli Farmoni va 2007-yil 12-iyuldagi PQ-670-sonli hamda 2007-yil 07-noyabrdagi “Bank tizimini yanada rivojlantirish va bo’sh pul mablag’larini bank aylanmasiga jalb etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-726-sonli Qarorlari asosida tijorat banklarining kapitallashuv darajasini oshirish bo’yicha qator soliq imtiyozlari berilgan.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 28-iyuldagi PQ-1166-son “Tijorat banklarining investistiya loyihalarini moliyalashtirishga yo’naltiriladigan uzoq muddatli kreditlari ulushini ko’paytirishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi va 2015-yil 06-maydagi PQ- 2344-son “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorlariga muvofiq banklarning foyda solig’iga bir qator imtiyozlar joriy etilgan.
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining “Dividendlar va foizlar tarzidagi daromadlarga hamda oddiy shirkat ishtirokchilarining daromadlariga soliq solishning o’ziga xos xususiyatlari” deb nomlanuvchi 26-bobining “Dividendlar va foizlarga soliq solishning o’ziga xos xususiyatlari” deb nomlangan 156-moddasida Yuridik shaxsdan olinib, uning ustav fondiga (ustav kapitaliga) yo’naltirilgan dividendlar tarzidagi daromadlarga soliq solinmasligi belgilab qo’yilgan.
2016-yilda “Qimmatli qog’ozlar bozori to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 16-moddasi uchinchi qismiga qonun hujjatlarini muvofiqlashtirish maqsadida, Soliq kodeksining 58-moddasi ikkinchi qismi 6-band bilan to’ldirilib, unga ko’ra yuridik shaxslarning fond birjasida emissiyaviy qimmatli qog’ozlarni realizastiya qilishdan olingan foydasi yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ini to’lashdan ozod qilinadi.
Lekin taklif etilayotgan masala ushbu hujjatlarda o’zining ijobiy echimini topmagan. Fikrimizcha, mazkur tartibning joriy etilishi ham tijorat banklarining kapitallashuv jarayoniga bevosita ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Xulosa qilib aytganda, bugungi iqtisodiy beqarorlik sharoitida tijorat banklarining kapitalini oshirishga erishish milliy iqtisodiyotning rivojlanishiga va mamlakatning iqtisodiy jihatdan barqarorligiga bevosita xizmat qiladi.
Yuqorida keltirilgan muammolarni bartaraf etishda va tijorat banklarining kapitallashuv darajasini oshirishni takomillashtirib borishda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq, deb o’ylaymiz:

  1. Tijorat banklarida “kapital riski”ni kamaytirish.

Ma’lumki, kapital riski deganda, bank aktivlarining bozor narxi yoki sifatining o’zgarishi natijasida kapital tarkibidagi ayrim manbalar kamayish natijasida bank kapitali miqdorining kamayish xavfi tushuniladi. Kapital riski bank kapitali tarkibida qayta baholash zaxiralari qanchalik yuqori salmoqqa ega bo’lsa, shunchalik yuqori bo’ladi.
Odatda, kapitallashtirish ustav kapitalining 20 foizigacha amalga oshiriladi. Bonusli emissiya summasi ustav kapitalining 5 foizigacha bo’lsa, aksiyalar bozor bahosida va 5 foizdan 20 foizgacha bo’lgan qismi nominal qiymatida aksiyalar tarqatiladi. Bunda aksiyalar bozor bahosining yuqori bo’lishi bonusli emissiyadan aksiyadorlarning manfaatdorligini oshiradi. Xorij amaliyotiga muvofiq devalvatsiya zaxirasining 15 foizidan oshmagan miqdorda uch yilda bir marotaba, besh yildan ortiq muddatga ega bo’lgan qismini kapitallashtirish maqsadga muvofiq bo’ladi.

  1. Tijorat banklari jami kapitali tarkibida qo’shimcha kapital salmog’ini oshirish lozim. Buning uchun tijorat banklari qoshida lizing, faktoring va boshqa kompaniyalarni ochish va ko’paytirish lozim. Ya’ni bank kapitalining konsolidatsiyalashuviga erishish lozim.

  2. Tijorat banklari aksiyalarini ikkilamchi qimmatli qog’ozlar bozorida keng ko’lamda oldi-sotdi qilinishini ta’minlash lozim.

Buning uchun avvalo tijorat banklari tomonidan oddiy aksiyalarga to’lanadigan dividendlar darajasini investorlar manfaatiga maqbul keladigan darajaga yetkazish lozim. Bunda hukumatning qisqa muddatli obligatsiyalarga to’lanadigan foizlardan asos sifatida foydalanish, investorlarning bank aksiyalariga qilgan qo’yilmalari va ulardan oladigan daromadlariga inflyatsiya darajasi va valuta kursi ta’sirini hisobga olish zarur. Ko’pgina tijorat banklari ustav kapitalini oshirish maqsadida sof foydani asosiy qismining bir necha yil ketma-ket kapitallashtirishlari ularning to’laydigan dividendlarini kamayishiga olib kelmoqda. Sof foydaning kapitallashtirilishida kapitalni shakllantirish matritsasidan foydalanish va dividendlaming doimiy o’sish tendensiyasini ushlab turish lozim. Aks holda ikkilamchi qimmatli qog’ozlar bozorida aksiyalarga bo’lgan barqaror talabni yuzaga keltirish va bank aksiyalarining bozor bahosini aniqlash imkoni bo’lmaydi.

  1. Tijorat banklari kapitali yetarliligini haqqoniy tarzda aks ettirishni ta’minlash lozim.

Ma’lumki, amaliyotda tijorat banklariga kapital yetarliligini sifat ko’rsatkichlarini buzib ko’rsatish imkoniyati mavjud. Ayniqsa, kreditlarni noto’g’ri tasniflash orqali muammoli kreditlar uchun ehtimoliy yo’qotishlarga doir maxsus zaxira xarajatlarini kamaytirish bilan bank sof foydasini asossiz oshirish mumkin. Tijorat banklari xarajatlarini bu yo’l bilan kamaytirish ma’lum davr ijobiy natija berishi mumkin. Lekin kelgusida bank inqirozga uchrashi uchun zamin yaratadi.
Mazkur muammoni bartaraf etish va kapital yetarliligini haqqoniy tarzda baholanishini ta’minlash uchun kapital yetarliligini hisob-kitob qilishda umumiy kapitaldan chegirmalar tarkibiga kreditlar bo’yicha ehtimoliy yo’qotishlar uchun yaratilmagan maxsus zaxiralar summasini kiritish lozim. Bu tijorat banklariga bank sof foydasini asossiz oshirish orqali kapitalni o’stirishga qaratilgan harakatlarini samarasiz qilib qo’yadi.

  1. Bank kapitali monandliligiga qo’yilgan talab Nizomiga kiritilgan o’zgartirish, ayniqsa riskka tortilgan aktivlarni hisob-kitob qilishda operatsion riskni hisobga olishni bosqichma-bosqich amalga oshirish lozim. Chunki, operatsion risk kredit risklaridan keyingi o’rinda turib, ushbu ko’rsatkichning birdaniga amaliyotga joriy qilinishi kapital yetarliligi ko’rsatkichining birdaniga keskin tushib ketishiga olib keladi. Bu esa milliy bank tizimimizda bir qancha muaommolar paydo bo’lishiga, tijorat baknlarining xalqaro reyting ko’rsatkichlarining tushib ketishiga, natijada esa xorijiy va milliy investorlarning bank timiziga bo’lgan ishonchining yo’qolishiga olib keladi.

  2. Bank aksionerlari ustav kapitaliga to’laydigan mablag’larni ko’paytiradilar, ya’ni qo’shimcha mablag’larni kiritadi;

  3. Mahalliy investorlar orasida ancha rivoj topgan, moliyaviy barqaror bo’lgan bank aksiyalarini sotib olishga qiziquvchilarni ko’paytirish;

  4. Taqsimlanmagan foyda qismini saqlash hisobiga bank kapitalizatsiyasini amalga oshirishga harakat qilish;

  5. Ustav kapitallarini birlashtirgan holda bir necha banklarni qo’shish va birlashtirish shaklida qayta tashkil etish;

  6. Respublikamiz tijorat banklari kapitali tarkibida uning nobarqaror elementi hisoblangan aktivlar bo’yicha ehtimoliy yo’qotishlar zaxirasi ulushini keskin kamayishiga va kamaygan mablag’lar miqdorida kapitalning nisbatan barqaror elementi hisoblangan sof yoki taqsimlanmagan foyda miqdorining o’stirilishiga erishmog’imiz lozim. Buning uchun albatta birinchi navbatda bank aktivlari tarkibida muammoli aktivlar miqdorini minimal darajagacha qisqartirilishiga e’tibor qaratilishi lozim

  7. Tijorat banklari daromadlari tarkibini diversifikatsiyalashga e’tibor qaratilmog’i lozim. Kelgusida bozor munosabatlarining chuqurlashuvi iqtisodiyotning pulga bo’lgan extiyojlarini to’laroq qondirish uchun qayta moliyalash stavkasi darajasining pasayishi, banklararo raqobatning kuchayishi ularning foizli daromadlari va ko’rsatiladigan an’anaviy xizmatlar uchun olinadigan vositachilak xaqlarining pasayib borishiga sabab bo’lishi mumkin. Shuning uchun banklar tomonidan boshqa xizmat turlarini rivojlantirish orqali daromadlar diversifikatsiyasini amalga oshirishlari talab etiladi.

  8. Taklif etilgan bankning yillik moliyaviy siyosatini tuzishda keyingi yilda bank daromadlari, xarajatlari, foydasi va kapitallashuv darajalari ko’rsatkichlari o’rtasida to’g’ri proporsionallilik darajalari ko’zda tutilishi, oqibatda yillar davomida bank kapitalining, barqaror ravishda ko’payib borishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

XULOSA

Respublika bank tizimi kapitalining etarlilik darajasi 23,4 foizni tashkil qilib, qabul qilingan xalqaro me’yorga nisbatan 3 barobar yuqori hamda bank tizimi likvidligi 64,4 foizni tashkil qilib, talab etiladigan eng kam darajadan 2 barobar yuqori bo’lishining ta’minlanganligi xalqaro moliya tashkilotlari va hamjamiyatning yuqori e’tirofiga sazovor bo’lmoqda17.


Bank faoliyatida eng asosiy o’rinni egallaydigan, eng barqaror manba sifatida qaraladigan elementi bu shubhasiz, bank kapitalidir. Tijorat banki kapitali - bu bank faoliyatini moliyalashtirishning barqaror manbasi bo’lib, bankning operatsion jarayonida kutilmaganda yuzaga keladigan zararlarning qoplash imkonini beruvchi o’ziga xos himoya vositasidir.
Bugungi kunda dunyoning ko’pchilik mamlakatlarida tijorat banklari kapitalining tarkibini shakllantirishda xalqaro Bazel qo’mitasi tomonidan ishlab chiqilgan standartlardan asos sifatida foydalanilmoqda. Unga ko’ra bank kapitali asosiy va qo’shimcha yoki I darajali va II kapitaldan iborat. Xalqaro talablardan kelib chiqib, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki ham bank kapitalining etarliligi va bank kapitali tarkibiga qo’yilgan talablar, ya’ni bank kapitali tarkibida II darajali, qo’shimcha kapital ulushi I darajali asosiy kapital ulushidan oshib ketmasligi bo’yicha iqtisodiy me’yorlar o’rnatgan.
Asosiy kapitalning etarlilik darajasi minimum 4 foiz, umumiy kapital etarlilik darajasi 8 foiz miqdorida qilib belgilangan. O’zbekiston Respublikasida esa ushbu ko’rsatkichlar mos ravishda 5 foiz va 10 foizni tashkil etadi.
Yuqoridagi tahlil natijalariga asoslangan holda quyidagi xulosani shakllantirdik:

  1. Mamlakatimiz tijorat banklari kapitalining etarliligi Xalqaro tashkilotlar talablariga javob beradi va Markaziy bank normativlaridan yuqori sur’atlarda saqlanib kelinmaqda. Tijorat banklarining regulyativ kapitaliga va asosiy kapitaliga o’rnatilgan talablar yuqori darajada bajarilib kelinmoqda.

  2. Olingan tahlil natijalariga ko’ra, tijorat banklari ustav kapitalining o’z mablag’lariga nisbati oxirgi yillarda pasayish tendentsiyani ko’rsatmoqda. Tijorat banklari ustav kapitali o’z mablag’lari tarkibida oxirgi 3 yilda 55-65 foiz oralig’ida bo’lgan. Xalqaro bank amaliyotida bank balansining passividagi ustav kapitali salmog’ining ijobiy o’zgarishi bankning to’lovga qobilligining mustahkamligini belgilovchi birlamchi omil hisoblanadi.

  3. Tijorat banklarimiz tomonidan chiqarilgan subordinarqarzlar hahmi 2016-yilda 45,8 mlrd.so’mni tashkil qilgan bo’lsa, 2019-yilga kelib bu ko’rsatkich eng yuqori nuqtaga chiqqan. Ya’ni 2014-yilda 93,6 mlrd.so’mga ko’tarilgan. 2021yilga kelib esa 84,3 mlrd.so’mni tashkil etib kamayish tendentsiyasini ko’rsatmoqda.

  4. Tijorat banklari qo’shimcha kapitali asosan, joriy yilning sof foydasi hisobidan shakllanmoqda. Masalan, tahlil qilingan davrda joriy yilning sof foydasi qo’shimcha kapitalning 84-94 forzini tashkil qilmoqda.

Yuqoridagilardan xulosalardan kelib chiqib, tijorat banklarning kapitali tarkibi, ayniqsa qo’shimcha kapitali bo’yicha quyidagi takliflarni ishlab chiqdik:

  1. Tijorat banklari aksiyalarini ikkilamchi qimmatli qog’ozlar bozorida keng ko’lamda oldi-sotdi qilinishini ta’minlash zarur.

Bunda tijorat banklari tomonidan oddiy aktsiyalarga to’lanadigan dividendlar darajasini investorlar manfaatiga maqbul keladigan darajaga etkazish va aholining qimmatli qog’ozlar bozori haqidagi ma’lumotlarini oshirish lozim.

  1. Tijorat banklari jami kapitali tarkibida qo’shimcha kapital salmog ‘ini oshirish lozim.

Tijorat banklarining qoэshimcha kapitali tarkibida: subordinatsiyalashgan qarz majburiyatlari, konsolidatsiyalashgan sho’ba korxonalariga qilingan quyilmalarning mavjudligini ta’minlash lozim.
Buning uchun tijorat banklari qoshida lizing, faktoring va boshqa kompaniyalarni ochish va ko’paytirish lozim. Ya’ni bank kapitalining konsolidatsiyalashuviga erishish lozim.

  1. Subordinatsiyalashgan qarz majburiyatlarining amaliyotda kam qo’llanilishi va bu tijorat banklarida qo’shimcha kapitalning etarli emasligiga olib kelishi.

Yuqoridagi tahlil ma’lumotlaridan ko’rinadiki banklarimizda subordinar qarz majburiyatlaridan deyarli foydalanmay kelishmoqda. Buni jalb qilingan mablag’lardagi ulushining 1 foizga ham etmaslidan ko’rish mumkin. Bu turdagi qarzning ustunlik tomoni shundaki u muddat bo’yicha barqaror resurs bo’lib, aktiv va passivlarni boshqarishda qiyinchilik tug’dirmaydi.

  1. Bazel III kapital etarliligi bo’yicha taklif qilayotgan ko’rsatgichlarni mamlakatimiz bank tizimi xususiyatlaridan kelib chiqqan holda bosqichma-bosqich amaliyotga tadbiq qilib borish lozim.

Bazel qo’mitasining konsultativ hujjatlaridagi yangi tavsiyalar inqiroz saboqlarini hisobga olgan holda banklarda nazorat va xatarni boshqarishni takomillashtirishga qaratilgan. Ushbu konsultativ hujjatlardagi tavsiyalarni mamlakatimiz bank tizimi xususiyatlaridan kelib chiqqan holda amaliyotga kiritib borish zarur.
Yuqoridagi takliflarni amaliyotga tadbiq etilishi bank kapitali tarkibi va uni etarliligini ta’minlashda muxim ahamiyatga ega hisoblanadi.



Yüklə 250,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin