Bank xisobi va audit


-rasm. Mamlakatimiz tijorat banklarida birinchi darajali



Yüklə 250,02 Kb.
səhifə5/11
tarix30.01.2023
ölçüsü250,02 Kb.
#81788
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
KBIS 61 guruh Иброхимов Мансурбек kurs ishi 22

2-rasm. Mamlakatimiz tijorat banklarida birinchi darajali
kapitalining miqdori10 (mlrd.so’m
Bunda ham biz asosan oxirgi uch yillik ma’lumotni va joriy yil I-choragi ma’lumotlaridan foydalangan holda tahlil qilib chiqdik. Banklarning birinchi darajali kapitali yillar davomida o’sish tendensiyasiga ega bo’lgan.
Rasm ma’lumotlariga qaraydigan bo’lsak, tijorat banklarining I-darajali kapital yetarliligi 2015-yil 1-yanvar holatiga 5896,5 mlrd.so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2016-yil 1-yanvar holatiga 7179,4 mlrd.so’mni, 2017-yil esa 17627,1 mlrd.so’mni tashkil etib, 2015-yilga nisbatan 3 barobarga, 2016-yilga nisbatan esa 2,5 barobarga oshganligini ko’rishimiz mumkin. 2018-yilning birinchi choragida esa 20620 mlrd.so’mni tashkil qilgan. Yil oxirida esa o’tgan yillarga nisbatan yanada o’sish hajmiga ega bo’lishini qo’rqmasdan taxmin qila olamiz. Bu esa, Bazel talablaridan deyarli ancha ko’proq deganidir.
Demak, bank tizimida tijorat banklarining barqaror manbalar hisobidan kapitallashuviga e’tibor qaratilgan. Tijorat banklari II-darajali kapital yetarliligining ham bu darajasi ularning kapitallashuv darajasini yanada oshirish istiqboli mavjud ekanligini belgilaydi. Chunki banklarning sof foydasi ikkinchi darajali kapital tarkibida turadi.11

3-rasm. Mamlakatimiz tijorat banklarida ikkinchi darajali kapitalning miqdori (mlrd.so’m)

Biz yuqoridagi rasm orqali banklarning ikkinchi darajali kapitalini tahlil qilamiz va baho beramiz.


Rasm ma’lumotlaridan ko’rinmoqdaki, mamlakatimiz barcha tijorat banklari ikkinchi darajali kapitali ham yil sayin ortib bormoqda. Xususan 2015-yil 1024,6 mlrd.so’mni tashkil qilgan qilgan bo’lsa, 2017-yilda 2365,7 mlrd.so’mni tashkil qilib 2015-yilga nisbatan 1341,1 mlrd.so’mga oshgan. 2018-yil birinchi chorakda 1921,7 mlrd.so’mni tashkil qilgan.
2018-yil I-chorakda 2017-yil yakuniga nisbatan kam ekanligiga e’tibor qaratish lozim. II-darajali kapitalning kamayishi joriy yilning sof foydasi hisobiga yuz bergan. Ya’ni 2017-yil yakunida II-darajali kapital tarkibida mavjud bo’lgan joriy yilning sof foydasi 2018-yilda I-darajali kapital tarkibiga taqsimlanmagan foyda ko’rinishida qo’shilgan. Demak, banklar kapitali yildan yilga o’sish tendensiyasiga ega bo’lib bormoqda.
Tijorat banklarining kapitallashuvi jarayonini tahlil qilishda, ularning tarkibiy tuzilmasi va manbalariga e’tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Quyidagi jadvalda respublikamiz tijorat banklari kapitali tarkibi va ularning manbalari keltirilgan.


Yüklə 250,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin