Bank xisobi va audit


Bank regulativ kapitalining tarkibi va uning nazariy-huquqiy asoslar



Yüklə 250,02 Kb.
səhifə3/11
tarix30.01.2023
ölçüsü250,02 Kb.
#81788
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
KBIS 61 guruh Иброхимов Мансурбек kurs ishi 22

1. Bank regulativ kapitalining tarkibi va uning nazariy-huquqiy asoslari.

Bank amaliyoti tajribasi shuni ko’rsatadiki, bozor munosabatlari sharoitida tijorat banklari kapitalining samaradorligini va uning yetarliligini ta’minlamasdan turib, banklarning to’lov qobiliyatini mustahkamlash va aholining bank tizimiga bo’lgan ishonchini qozonish mushkul vazifalardan hisoblanadi. Ma’lumki, bank kapitalining mavjudligi bankni tashkil topishi va faoliyat ko’rsatishi uchun eng asosiy zaruriyatdan biridir.


Iqtisodiy islohotlar va bozor munosabatlarining samaradorligini ta’minlashda tijorat banklari kapitalini shakllantirish va uning muvofiqligini ta’minlashga erishish muhim o’rin tutadi.
Bank kapitali murakkab kategoriya sifatida “Bank ishi”da muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, u bank faoliyatining boshlang’ich moliyaviy asosi va keyinchalik uning rivojlanishi, barqarorligi hamda xavfsizligini ta’minlovchi manba bo’lib hisoblanadi.
Ko’rinib turibdiki, bu yerda kapital bank resurslarining muhim va tarkibiy qismi sifatida qaralishi natijasida uning asosiy vazifalari (himoya va tartibga solish) e’tibordan chetda qolgan.
Shu bilan birga, tijorat banki kapitali Markaziy bank tomonidan, uning faoliyatini iqtisodiy jihatdan baholash va tegishli operatsiyalarning amalga oshirilishini maqsadga muvofiq ekanligi haqida xulosalar chiqarish uchun asosiy iqtisodiy ko’rsatkich bo’lib hisoblanadi. Bundan ko’rinib turibdiki, tijorat banklari kapitali Markaziy bank uchun ham muhim omil hisoblanadi.
Iqtisodchi olim R.G.Olxova bank kapitalining iqtisodiy mohiyatini ochib berishda “himoya yostig’i” degan iqtisodiy tushunchani oldinga suradi va bank kutilmaganda zarar ko’rsa kapital himoya yostig’i sifatida ko’rilayotgan zarar oqibatlarini engillashtiradi va bankning iqtisodiy jihatdan to’lov qobiliyatini tiklab olish imkoniyatini yaratadi deb hisoblaydi. Ushbu ta’rifda bank kapitalining bir jihati, ya’ni himoya vazifasiga urg’u berilgan. Vaholanki, bank uchun kapital moliyalashtirishning manbasi vazifasini ham bajaradi.
Amerikalik iqtisodchilar Kris Dj. Barltron va Diana Mak Notonning fikricha, bank kapitali bank foliyatida yuzaga keladigan ko’zda tutilmagan turli xil holatlarning oldini olish uchun etarli rezerv bo’lishi bilan birga, o’zgaruvchan sharoitga moslashishda yuzaga keladigan to’lovga qobiliyatsizlikni bartaraf qilishga yordam beradi va bank kapitalining hajmi har bir mamlakat bank tizimi hamda iqtisodiyotining rivojlanishiga qarab turlicha bo’lishini ta’kidlashgan3.
Shuningdek, Amerikalik iqtisodchi Kris Barltron bank kapitaliga “qimmatli” manba4 sifatida ham ta’rif bergan.
Kapitalning “qimmatliligi” shundan iboratki, bank o’z kapitalini shakllantirish va uning miqdorini oshirib borish maqsadida oddiy aksiyalarni chiqarish, ularni moliyaviy bozorlarda joylashtirish va ushbu jarayon bilan bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlarni amalga oshiradi. Ushbu jarayon tijorat banki xarajatlarining oshishiga va foydasining kamayishiga olib keladi. Agar, xarajatlar evaziga moliya bozoriga sotish uchun taklif etilgan qimmaili qog’ozlar xaridorini topmasa, ularning bahosi nominal qiymati miqdoridan ham tushib ketishi, bu esa o’z o’zidan bank kapitali miqdorining oshishiga emas, balki iqtisodiy qiyinchiliklarga duchor bo’lishiga xizmat qiladi.
Rossiyalik iqtisodchi V.P. Ivanovning fikricha “Bank kapitali - bir tomondan bozor iqtisodiyoti mahsuli, ikkinchi tomondan esa, u taraqqiyotning zaruriy shartidir”.
Shu bilan birga, bank kapitalining mavjudligi nafaqat bozor iqtisodiyotining mahsuli, balki qaysi tizimdan bo’lishidan qat’iy nazar bank faoliyatini olib borishning asosi hisoblanadi. Shu bois bank kapitaliga berilgan ta’rif unga ta’lluqli bo’lgan barcha funksiya va xususiyatlarni o’zida to’liq aks ettirmagan.
Rus iqtisodchisi G.G. Korobovo bank kapitaliga bankning iqtisodiy mustaqilligi, barqarorligi va ishonchliligini ta’minlovchi, mohiyatiga ko’ra to’liq to’langan element (fond)lar majmui sifatida qaraydi.
Haqiqatda, bank kapitalining miqdori, uning moliyaviy barqarorligi va mustaqilligini tavsiflaydi.
Albatta, bankda uning faoliyati davomida to’lovga layoqatlilik (likvidlik) riski doimo saqlanib qoladi, ya’ni bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklari uchun kutilmagan holatda etarli darajada likvid mablag’isiz qolish xavfi mavjud.
Ushbu xavf bank omonatchilari mablag’ini o’z vaqtida berolmaganda, ishonchli mijozlarning vaqtinchalik kredit resurslariga bo’lgan ehtiyojini qondira olmaganda vujudga keladi. Bu esa Respublikamiz tijorat banklariga va butun bir bank tizimiga bo’lgan mijozlar ishonchini pasayishiga olib kelishi mumkin ekanligi hech birimizga sir emas.
Agar bank, omonatchilarning naqd pulga vaqtinchalik kredit resurslariga bo’lgan ehtiyojini o’z vaqtida qondira olmasa, mijozlarda boshqa banklarga ketib qolish moyilligi tug’iladi, ya’ni Respublikamiz tijorat banklarida o’z mijozlarining shu tijorat bankiga bo’lgan ishonchini yo’qotishi xavfi yuzaga keladi bu esa, o’z navbatida, bank kapitalini ko’paytirishning asosiy manbalaridan biri bo’lgan foydaning oshishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Respublikamiz iqtisodchi olimlaridan A.Omonov bank kapitalining iqtisodiy mazmuniga quyidagicha ta’rif bergan: “Tijorat banklarining kapitali barqaror manba bo’lib, bankning operasion jarayonida kutilmaganda yuzaga keladigan zararlarni qoplash imkonini beruvchi o’ziga xos himoya vositasidir”6.
Darhaqiqat, bank kapitali barqaror moliyalashtirish manbai va o’ziga xos himoya vositasidir. Yuqoridagilardan kelib chiqib bank kapitali mohiyatini quyidagicha izohlash mumkin:

  • huquqiy kategoriya sifatida, qonunchilik me’yorlariga muvofiq hisoblanuvchi bank faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishga, bank faoliyatidagi risklarni cheklashga mo’ljallangan kattalik (ko’rsatkich)dir.

  • moddiy kategoriya sifatida, bankning o’ziga tegishli, majburiyatlardan holi bo’lgan, doimiy - barqaror xarakterdagi mablag’lari manbalari hamda uzoq muddatli, o’zgarmas shartlardagi qarzlari tushuniladi.

  • iqtisodiy kategoriya sifatida, bank to’lovga qobilligi, mustaqilligini ta’minlash va faoliyat ko’lamini kengaytirish imkonini beruvchi bank moliyaviy resurslari hisoblanadi.

Fikrimizcha, tijorat banki kapitali - bu bank faoliyatini moliyalashtirishning barqaror manbasi bo’lib, bankning operasion jarayonida kutilmaganda yuzaga keladigan zararlarni qoplash, bank faoliyatini tartibga solish, bank to’lovga qobilligi, mustaqilligini ta’minlash va faoliyat ko’lamini kengaytirish imkonini beruvchi o’ziga xos majburiyatlardan holi bo’lgan himoya vositasidir.
Bank kapitalining iqtisodiy mazmuni yanada to’liqroq u bajaradigan funksiyalarda namoyon bo’ladi.
Bank kapitalining quyidagi ikkita funksiyasini ajratib ko’rsatish mumkin:

  1. Himoya funksiyasi. Bank omonatchilari manfaatlarini himoya qilish bank kapitalining asosiy funksiyasi bo’lib xizmat qiladi. Chunki bank aktivlarining asosiy qismi omonatchilar hisobiga shakllantiriladi.

Himoya funksiyasi zarar ko’rish xavfi tug’ilganda aktiv rezervlar shakllantirish yo’li orqali bankning to’lov qobiliyatini saqlab qolish, agarda bank tugatilganda omonatchilarga kompensatsiya to’lash imkoniyatini beradi. Bu esa, o’z navbatida, bankning keyingi faoliyatiga keng yo’l ochib beradi.
Kapital o’ziga xos himoya yostig’i rolini o’ynab, yirik ko’zda tutilmagan xarajatlar sharoitida bank operatsiyalarini davom ettirish imkoniyatini beradi. Bank kapitalining mavjudligi uning ishonchliligi va likvidliligining birinchi shartidir.

  1. Bank kapitali tartibga soluvchi funksiyani ham bajaradi. Bank kapitalini tartibga soluvchi funksiyasi bankning ssuda va investistion operatsiyalarini chegaralashni nazarda tutadi.

Bank kapitali yuqorida keltirilgan vazifalarni bajarishi uchun quyidagi uchta xususiyatga ega bo’lishi lozim7:

  1. Uzoq muddatli bo’lishi zarur (doimiy). Tijorat banklarining kapitali uzoq muddatli bo’lishi zarurligida, asosiy e’tibor kapital egasining ushbu mablag’ni istalgan paytda talab qilish imkoniyatining chegaralanganligi nazarda tutiladi. Agar bank aksiyadori istalgan paytda bank kapitalini shakllantirish uchun yo’naltirilgan mablag’ni to’liq yoki qisman qaytarib olsa, bank iqtisodiy jihatdan tang ahvolga tushib qolishi tabiiy.

  2. Bank kapitali majburiy to’lovlarga tobe bo’lmasligi kerak. Tijorat banklari kapitalining majburiy to’lovlardan ozodligi bankning barqaror faoliyat yuritishiga keng imkoniyat yaratadi. Aksincha, bank kapitali soliq, penya va boshqa to’lovlar, shuningdek, bankning majburiyatlari bo’yicha tobe bo’lsa, uning iqtisodiy barqarorligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi va kapital doimo iqtisodiy jihatdan xavf ostida bo’ladi. Mazkur holat banklarga o’z nomidan moliya bozorlarida operatsiyalarni amalga oshirishda, shuningdek omonatchilar va investorlarni bankka jalb qilishda hamda aholining ishonchini ta’minlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.

  3. Bank kapitali omonatchilar va kreditorlarning huquqiy manfaatidan mustaqil bo’lishi lozim. Tijorat banklari moliyaviy vositachi sifatida omonatchilar va kreditorlardan juda katta miqdorda mablag’larni jalb etadi. Bank kapitali jalb qilingan mablag’larni qaytarish bilan bog’liq bo’lgan holatlar bo’yicha omonatchilar va kreditorlarning manfaatiga bevosita bog’liq bo’lmasligi zarur. Ya’ni omonatchilar va kreditorlarning bank kapitaliga nisbatan hech qanday qonuniy yoki bilvosita da’volari mavjud bo’lmasligi zarur.

Tijorat banklari kapitali tarkibini oqilona shakllantirilishi bank kapitalining mustahkamligiga va uning yetarliligiga ijobiy ta’sir qiladi.
Bugungi kunda dunyoning ko’pchilik mamlakatlarida tijorat banklari kapitalining tarkibini shakllantirishda xalqaro Bazel qo’mitasi tomonidan ishlab chiqilgan standartlardan asos sifatida foydalanilmoqda.
Xalqaro Bazel qo’mitasining standartlariga asosan bankning jami kapitali asosiy va qo’shimcha kapitalga ajratiladi. Ushbu standartlar birinchi marta 1988 yilda ishlab chiqilib, jahon iqtisodiyotida amaliyotga 1993 yildan boshlab joriy etilgan.
Bazel standartlariga ko’ra asosiy kapital quyidagi elementlardan tashkil topadi:

  1. Ustav kapitalining to’langan qismi (oddiy aksiyalar qiymati);

  2. Muddatsiz nokumulyativ imtiyozli aksiyalar;

  3. Emission daromad;

  4. Sof foyda hisobidan shakllantirilgan zahira summalari;

  5. O’tgan yillarning taqsimlanmagan foydasi.

Shunisi e’tiborga molikki, xorijiy bank amaliyotida banklarda audit tekshiruvi o’tkazilib, audit xulosasi tasdiqlangunga qaqar joriy yilning foydasi asosiy kapital tarkibiga kiritiladi. Audit xulosasidan keyin esa faqat taqsimlanmagan foyda kiritiladi.
Xalqaro Bazel standartlar bo’yicha banklarning qo’shimcha kapitali tarkibiga quyidagi asosiy elementlar kiritiladi:

  1. Kreditlardan ko’riladigan zararlarni qoplashga mo’ljallangan zahiraning riskka tortilgan aktivlar miqdorining 1,25 foizidan oshib ketmaydigan qismi;

  2. Qayta baholash zahirasi. Bunda bankka tegishli bino va inshootlar hamda erning qiymatini qayta baholash natijasida yuzaga keladigan zaxira miqdori tushuniladi;

  3. Subordinatsiyalashgan qarz majburiyatlari;

  4. Konsolidatsiyalashgan sho’ba korxonalarini tashkil etish maqsadiga yo’naltirilgan qo’yilmalar.

Bazel andozalari bo’yicha konsolidatsiyalashgan sho’ba korxonalari deganda bank qoshida tashkil etilgan, mustaqil balansga ega bo’lmagan kredit muassasalari (lizing, faktoring, trast, forfeyting kompaniyalari) ko’zda tutiladi.
Respublikamiz tijorat banklarining kapital tarkibi Markaziy bankning 2015 yil 13 iyunda tasdiqlangan 14/3-sonli “Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo’yiladigan talablar to’g’risida”gi Nizomida quyidagicha keltirilgan:
Bank regulyativ kapitali I-darajali kapital va II-darajali kapitalning yig’indasidan iborat.
I-darajali kapital I-darajali asosiy kapital va I-darajali qo’shimcha kapitalni o’z ichiga oladi.
I-darajali asosiy kapital bank regulyativ kapitalining 60 foizidan kam bo’lmasligi va o’z ichiga quyidagilarni olishi zarur:

  1. bankning to’liq to’langan oddiy aksiyalari;

  2. qo’shilgan kapital - oddiy aksiyalarni birinchi marta joylashtirilishida ularning nominal narxidan yuqori to’langan summa;

v) taqsimlanmagan foyda:

  • bank balansidagi avvalgi yillarning taqsimlanmagan foydasi hisobidan shakllangan kapital zaxiralar va boshqa zaxiralar (tekinga olingan mulklar (30905) va boshlang’ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi (30908) bundan mustasno);

  • to’lanmagan summasidan tashqari o’tgan yillardan qolgan taqsimlanmagan foyda;

  • joriy yil zararlari;

g) ozchilik ulush egalarining bank yig’ma balansiga birlashadigan korxonalardagi ulushlari. Bu ulush sho’ba korxonalari hisobvaraqlari bank moliyaviy hisobotlarida birlashtirilganda va bank ulushi bunday korxonalar kapitalining 100 foizdan kam qismini tashkil qilganda vujudga keladi;
d) devalvatsiya zaxirasi.
I-darajali qo’shimcha kapital o’z ichiga quyidagilarni oladi:

  1. nokumulyativ muddatsiz imtiyozli aksiyalar. Bunday aksiyalar quyidagi shartlarni qanoatlantirishi lozim:

  • muayyan sotib olish sanasi yoki shartlariga ega emas;

  • egasining xohishiga ko’ra sotib olinishi mumkin emas;

  • bank aksiyadorlari umumiy yig’ilishi qaroriga muvofiq ularga doir dividendlar to’lanmasligi mumkin;

  • ular bo’yicha o’tgan davrdagi olinmagan dividendlar to’lanmaydi;

  • bank faqat O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan oldindan olingan ruxsati bilan va chiqarilganiga 10 yildan kam bo’lmagan aksiyalar va sotib olinadigan summani kapitalning o’sha turi yoki boshqa undan yuqoriroq turiga almashtirgandan so’ng yoxud bank kapitalining monandligi kapitalga qo’yilgan minimal talabdan yuqori ekanligini ko’rsatgandan so’ng, ularni sotib olishi mumkin bo’lgan.

  1. qo’shilgan kapital - imtiyozli aksiyalarni birinchi marta joylashtirilishida ularning nominal narxidan yuqori to’langan summa;

v) I-darajali qo’shimcha kapitalga qo’shilish shartlariga javob beruvchi sho’ba korxonalarning ishtirok etish ulushi (sho’ba korxonalari tomonidan chiqarilgan va uchinchi shaxslar ixtiyorida bo’lgan kapitalga tenglashtirilgan vositalar).
Bankning II-darajali kapitali esa quyidagilarni o’z ichiga oladi:8

  1. joriy yildagi sof foydasi, agarda bankning oraliq moliyaviy hisoboti auditorlik tekshiruvidan o’tgan bo’lsa - tasdiqlangan moliyaviy natijalaridan ko’p bo’lmagan miqdorda, bu holat ko’zda tutilmagan bo’lsa, bank hisobotidagi sof foydaning 50 foizi;

  2. chegirmalardan so’ng tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlar summasining 1,25 foizidan yuqori bo’lmagan miqdordagi standart kreditlarga (aktivlar) yaratiladigan zaxiralar;

v) chegirmalardan so’ng I-darajali kapitalning uchdan bir qismidan oshmagan miqdorda aralash turdagi majburiyatlar (aksiyadorlik va qarz kapitali xususiyatlariga ega bo’lgan vositalar). Aralash turdagi majburiyatlar, shuningdek I-darajali kapitalga kiritilmagan imtiyozli aksiyalar, agar ular quyidagi shartlarga javob bersa, II-darajali kapitalga kiritiladi:

  • to’liq to’langan;

  • garov bilan ta’minlanmagan;

  • bank tugatilganda ularga doir talablar bank depozitorlari va bank boshqa kreditorlari talablari bajarilgandan so’ng qondiriladigan;

  • aksiya egasining tashabbusi bilan va O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining oldindan berilgan roziligisiz to’lanishi mumkin bo’lmagan;

  • bankning barcha zaxiralarini qoplashi va bankni to’lovga qobiliyatsiz deb e’lon qilish huquqini bermaydigan;

  • agar bank oxirgi 3 ta chorak mobaynida foyda olmagan bo’lsa yoxud oddiy yoki imtiyozli aksiyalar bo’yicha dividendlar (foizlar) to’lamaslik to’g’risidagi

  • qaror qabul qilishda ushbu majburiyatlarga doir dividendlar (foizlar)ni to’lash muddati emitent xohishiga ko’ra kechiktirilishi munikin bo’lgan aksiyalar;

  • g) subordinar qarz, bu bankning qarz majburiyatlari shakli bo’lib, bank kapitalini aniqlash maqsadida hisob-kitoblardan so’ng I-darajali kapitalning uchdan bir qismidan oshmasligi kerak. II-darajali kapitalga kiruvchi subordinar qarz summasi to’lash muddati etib kelgunga qadar oxirgi 5 yil davomida yiliga 20 foizga kamayib borishi shart. II-darajali kapital tarkibiga kiruvchi subordinar qarz quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • garov ta’minotjo’lmasligi;

  • bank tugatilayotganda ushbu majburiyatlar bo’yicha talablar depozitorlar va bankning boshqa kreditorlari talablari qondirilganidan so’ng amalga oshirilishi;

  • boshlang’ich to’lov muddati 5 yildan keyin bo’lishi;

  • muddatidan avval O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankning ruxsati bilan qaytarilishi.

d) aktivlarning boshlang’ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasining 45 foizi miqdori.
Bank kapitalining bosh maqsadi - riskni kamaytirish, “himoya devori” sifatida zararlarni qoplab, bank to’lovga qobilligini saqlash imkonini berishdir. Shu bilan birga kapital bankni likvidlik muommasidan himoya qiladi va moliyaviy resurslar bozoriga kirish imkonini ta’minlaydi.
Zero, yirik kapital bankka barqaror obro’, omonatchilar ishonchini beradi. Bank kapitali mijozlarning bankka ishonchini mustahkamlaydi va kreditorlarni uning moliyaviy kuchiga ishontiradi. Bank kapitali bankning har qanday holatda mijozlarning kreditga bo’lgan talabini qondira olishiga ishontirish uchun yetarlicha katta bo’lishi kerak.
Tijorat banklari kapital miqdori (Markaziy bank talabidan oshgan qismi) ularning o’zi tomonidan mustaqil belgilansada, u ko’p omillarga bog’liq:
Birinchidan, bank uchun zarur bo’lgan kapital miqdori uning mijozlari xususiyatlariga bog’liq. Ya’ni mijozlar ichida yirik kreditga muhtoj korxonalar ko’p bo’lishi bank kapitali miqdorining ko’p bo’lishini talab qiladi.
Ikkinchidan, tijorat banki kapitali miqdori uning aktiv operatsiyalariga bog’liq. Bank operatsiyalari ko’proq yuqori tavakkalchilik operatsiyalariga bog’liq ravishda yuzaga kelayotgan bo’lsa u holda bankning kapitali ham ko’p bo’lishi kerak.
Uchinchidan, bank kapitali miqdori Markaziy bank yuritayotgan pul - kredit siyosati va kredit resurslari bozori rivojlanishiga bog’liq bo’ladi.
Bank kapitali bankning uzoq vaqt samarali va barqaror faoliyat ko’rsatishining asosiy omili hisoblanadi. Chunki:
Birinchidan, bank kapitali “Qora kun” uchun asosiy resurs hisoblanadi, bank joriy yo’qotishlarni kapital hisobidan qoplash yo’li bilan yuzaga kelgan muammolarni hal qilish, bankni bankrotlikdan saqlab qolishi mumkin.
Ikkinchidan, bank kapital bank o’z faoliyatini keng qamrovli olib borib mablag’larni jalb qilish, resurs bazasini tashkil qilguncha uning faoliyatini asosiy manbasi hisoblanadi.
Uchinchidan, bank kapitali bank faoliyatining muhim ko’rsatkichi bo’lib, bankning obro’sini oshirib, mijozlarning bankka bo’lgan ishonchini mustahkamlaydi.
To’rtinchidan, kapital bankning tashkiliy jihatdan o’sishiga, yangi xizmatlar ko’rsatishga imkon beruvchi manba shaklida namoyon bo’ladi.
Bank kapitali bankning uzoq muddatdagi kelajagini, hayotiyligini va o’sishini bir maromga keltirib turuvchi regulyator hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, bank kapitali - bu bank tijorat faoliyatining asosi bo’lib, uning mustaqilligini ta’minlaydi va moliyaviy barqarorligini kafolatlaydi hamda bank risklarining salbiy oqibatlarini yengillashtiradi.
Bank kapitali bank balansining passivida joylashgan bo’lib, bank bankrot holatiga tushganda da’volarni qoplashning muhim qoplash (zahira) fondi hamda bank operatsiyalarini rivojlanishi uchun moliyalashtirish manbasi bo’lib hisoblanadi.
Bank barqarorligini ta’minlash, xavf-xatarli qo’yilmalarni sug’urtalash hamda aktiv va passiv operatsiyalar orasidagi chegaralarni aniqlashda bank kapitali muhim asos hisoblanadi.
Bank kapitali likvidlikning kafolatlangan manbasi bo’lib, u maksimal jalb qilish mumkin bo’lgan resurslarni aniqlaydi va kredit operatsiyalarini bajarishda maksimum qo’yish mumkin bo’lgan xatarni belgilaydi. Xullas, Mamlakatimiz moliya-bank tizimi barqaror va ishonchli faoliyat yuritib, yuqori ko’rsatkichlarni namoyon etib kelmoqda. Bank tizimi barqarorligining asosiy mezonlaridan biri, bu banklarning o’z mablag’lari bilan ta’minlanganlik darajasi, ya’ni ularning kapital - lashuv darajasining yuqoriligi hisoblanadi.



Yüklə 250,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin