1-jadval. Tijorat banklari kapitali tarkibi va ularning manbalari12
T/r
|
Bank kapitali tarkibi
|
Ulushi %
|
Manbasi
|
1
|
Ustav kapitali
|
27
|
Bank ta’sischilari va aksiyadorlari mablag’i
|
2
|
Qo’shimcha kapital
|
2
|
Bank aksiyalarining bozor va real qiymatlari o’rtasidagi farq
|
3
|
Zaxira kapitali
|
50
|
Bank daromadi
|
4
|
Taqsimlanmagan foyda
|
11
|
Bank daromadi
|
5
|
Joriy yilning sof foydasi
|
10
|
Bank daromadi
|
6
|
Subordinatsiyalashgan qarz majburiyatlari
|
-
|
Bank kreditorlari mablag’lari
|
7
|
Konsolidatsiyalashgan sho’ba korxonalariga qilingan qo’yilmalar
|
-
|
Bank daromadi
|
Jami
|
100
|
|
Yuqoridagi ma’lumotlar tahlili shuni ko’rsatadiki, respublikamiz tijorat banklari kapitalining 71 foiz bank daromadlari hisobiga tashkil etilgan, qolgan 29 foiz aksionerlar mablag’lari va aksiya oldi-sotdisida hosil bo’lgan daromad hisobiga shakllangan. Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, mamlakatimizda subordinatsiyalashgan qarz majburiyatlari mavjud emas.
Shunday ekan, bankning kapitallashuv jarayonida uning daromadlari miqdori muhim o’rin egallaydi. Kapitalning asosiy qismi to’g’ridan-to’g’ri bank daromadlari hisobidan shakllanadi. Bundan tashqari, yana shuni e’tirof etish lozimki, bank ustav kapitalining oshib borishida ham uning daromadlari ko’lami muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki bank yuqori daromad olsa va aksionerlarga dividend tariqasida ko’proq daromad to’lasa, o’sha bankning aksiyalari jozibador hisoblanadi va fond bozorlarida unga talab oshib boradi.
Tijorat banklarida subordinatsiyalashgan qarz majburiyatlarining mavjud emasligi tijorat banklarining uzoq muddatli kreditlar bozoridagi mavqeining zaifligidan dalolat beradi. Chunki subordinatsiyalashgan qarz majburiyatlari tijorat banklariga uzoq muddatli resurslarni jalb qilishning qulay va kam xarajatli vositasi hisoblanadi.
Yuqoridagi tahlillar natijasi shuni ko’rsatmoqdaki, tijorat banklari kapitallashuv jarayonlarini yuksaltirish uchun albatta birinchi navbatda ularning aksiyalari jozibadorligini oshirish, shuningdek faoliyat samaradorligini, daromadliligini orttirish, olingan sof daromadlarning bir qismini doimiy ravishda bank kapitalini ko’paytirishga qaratishlari maqsadga muvofiqdir. Yuqorida tahlil qilingan O’zbekiston Respublikasi yirik banklari kapital tarkibini ko’rib chiqdik, banklarning yildan yilg kapitali o’sib borayotganini ko’rishimiz mumkin. Kapitalning
o’sishiga asosan bank foydasining yo’naltirilishi ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. Buni esa O’zbekiston bank tizimiga ijobiy ta’sir ko’rsatayotgan deb baholasak bo’ladi.
Buning uchun, albatta, birinchi navbatda bank aktivlari tarkibida muammoli aktivlar miqdorini minimal darajaga qisqartirishga e’tibor qaratish lozim. Tijorat banklari tomonidan mavjud muammoli aktivlarni tezda bartaraf etilishini ta’minlovchi chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va kelgusida muammoli aktivlarning yuzaga kelishiga yo’l qo’ymaslik siyosati qat’iy ravishda belgilab olinishi kerak bo’ladi.
Bugungi kun talabidan kelib chiqib, iqtisodiyotimizning barcha tarmoqlari qatorida bank tizimining chuqur va samarali isloh etilishi, milliy iqtisodiyotimizning yanada taraqqiy etishida katta ahamiyat kasb etmoqda.
Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini belgilovchi asosiy ko’rsatkichlardan biri, ular kapitalining yetarlirliligi va uni barqaror manbalar hisobidan shakllantirilganligidir.
Ko’pchilik rivojlangan mamlakatlardagi singari, respublikamizda ham iqtisodiy islohotlarning tobora chuqurlashuvi tijorat banklari kapitali barqarorligini ta’minlash va uni doimiy ravishda takomillashtirib borish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 6-maydagi PQ-2344-son ‘Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga muvofiq va Markaziy bank tomonidan “Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo’yiladigan talablar to’g’risida”gi 2693-sonli Nizom ishlab chiqildi. Ushbu nizom tijorat banklari kapitalining monandligiga qo’yiladigan talablarni belgilaydi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentabrdagi 3270-sonli “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida” Qarori asosida 2018-yil 27-mayda ushbu nizomga o’zgartirish kiritildi. Bunga ko’ra biz tijorat banklari kapitalining yetarlirliligini tahlil qilishda to’rtta asosiy ko’rsatkich dinamikasini ko’rib chiqamiz. (3-jadval).
Regulyativ kapitalning tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlarning umumiy summasiga nisbati 12,5 foizdan kam bo’lmasligi kerak. Regulyativ kapitalning monandlik koeffitsienti K1 quyidagi tarzda hisoblanadi:
K1 = RK / TAUS (1)
2019-yil 1-yanvardan boshlab banklar tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlarning 3,0 foiz miqdoridagi kapitalni konservatsiya qilish buferini hisobga olgan holda K1 ning eng kichik darajasini 0,13 (13,0 foiz) miqdorida ta’minlashlari shart.
Dostları ilə paylaş: |